Annotasiya ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillariadagi fish\baliq


Download 25.4 Kb.
bet2/3
Sana23.10.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1716475
1   2   3
Bog'liq
Ingliz va o

Neither fish nor flesh ushbu ingliz maqoliga o’zbek tilidagi Na don na somon maqolini ekvivalent deb hisoblaymiz. Buni qo’lidan hech bir ish kelmaydigan, btfaxm, befarosat, o’quvsiz, noshud odamlarga nisbatan istehzo tarzida qo’llaydilar.
Balig’i yo’q ko’li qursin, kiyigi yo’q cho’li qursin, maqolida hech bir foydasi, manfaati, yordami tegmaydigan joyga hamda odamga nisbatan qo’llaydilar. Ko’lning otini baliq chiqoradi degan maqol ham borki bu bilan har bir yurt o’z boyliklari bilkan taniladi, shuhrat qozonadi. Baliq bersang bog’lab ber usti-boshini yog’lab ber, var: Baliq bersang boylab ber usti-boshini chaynab ber, bular birovga bir nima beradigan bo’lsang, sendan olganda foydalana oladigan qilib ber deyilmoqchi. Baliq ko;ldan sirpanib tushib ketadi, shuning uchun boylab ber: uning og’ix burnini (bosh qismini) yeb bo’lmaydi,shuning uchun chaynab olib tashlab ber deb mazkur maqolda mubolag’a qilib ko’rsatilgan.
The best fish swim near the bottom maqolini o’zbek tilidagi Baliq cho’mar yerni izlaydi, odam unar yerni izlaydi var: Baliq suvning chuqurini izlaydi, Baliq kamar joyni axtaradi, baliq xilvat joyni qidiradi majoziy ma’nosi: Baliq cho’mib, sho’ng’ib, bemalol, yuradigan va oziqlanadiagn joyni qidiradi. Shuningdek, odam ham unumdor, sersuv, serhosil yerni va umuman, bir narsa unadigan, foydasi tegadigan joyni, ishni, hunarni izlaydi. Tahlil ushbu maqollar baliq hayot tarziga ko’ra shakllanganini ko’rsatadi.
Ma’lumki maqollar o’z va ko’chma ma’nolarga ega. Maqollar o’z ma’nolaridan ko’ra ko’proq ko’chma ma’noda qo’llaniladi. Mazkur maqolning ham o’z ma’nosi ham ko’chma ma’nosi mavjud. Baliqni suv loyqalatib tutadilar maqoli Ilgari baliq tutgan da bir odam uchiga karnaysimon qilib tunika mixlangan yog’och bilan suvning labiga, bulung kamar jaoylariga shopillatib urib kelaveradi. Suvning oqimiga tomon pastroqda ikki-uch kishi katta to’t ushlab turardi. Xaligi yog’ochni urganda suv loyqab hamda uning shopillagan ovozidan baliqlar cho’chib, suvning oqimiga qarab qochar va to’rga tushaverardi. Suv loyqalanganda baliqlar odami ko’rolmay, payqay olmay qoladilar. Bu mazkur maqolning to’g’ri ma’nosi. Ma’joziy ma’noda ig’vogar, g’alamis odamlarga nisbatan qo’llaydilar. Bunday odamlar baliqchi bamisoli suvni loyqalatib, so’ng baliq tutgani kabi, o’z foydalarini ko’zlab, yo’q yerdagi ig’volar bilan ikki do’stning orasini buzadilar, bir doiraning odamlarini boshqa bir doiraning odamlariga qarama-qarshi qilib qo’yadilar, ko’pchilikning fikrini chalg’itadilar va olag’ovurdan ( suv loyqalagan paytdan) foydalanib, o’z niyatlariga yetmoqchi bo’ladilar. Bunday shaxslar ingliz jamiyatida ham ucharaydi va bu quyudagi ingliz maqolidfa o’z aksini topgan. It is a good fishing in toubled waters.
Hayvon nomlari doirasida shakllangan o’zbek xalq maqollari, odatda, hayvonlarning tabiati, fel-atvori tashqi ko’rinishi harakati, hayot kechirish tarzi biologik xususiyati asosida yuzaga kelgan. Bu esa og’zaki ijod mahsuli bo’lgan maqollarning o’sha xalq hayoti, turmush tarzi bilan chambarchas bog’liq ekanliginini yana bir karra isbotlaydi.

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling