Annotasiyasi


Download 1.41 Mb.
bet23/25
Sana19.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1626421
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
yulduz dessertatsiya ohir

3.1 -rasm


3-2-rasm

Ushbu saytimiz google drive orqali yaratildi. Ma’lumotlar yangilanib turishi bilan ahamiyatlidir. Saytning maqsadi tarbiyachilar kompetetivligini oshirishning innovativ, qulay muhitini yaratishdir.



3.3-rasm
Xulosa

Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. SHuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari etaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda Maktabgacha ta;lim tashkilotida, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy etuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar Maktabgacha ta;lim tashkilotilari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga oshirishning garovidir.


Xulosa qilib aytganda, yaqin o‘tkan yillarda zamonaviy innovatsion texnologiyasi dominant pozitsiyani egallash maktabgacha ta’limda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish uchun keng qo‘llaniladi. Tarbiyachilar, kompyuterlar savodxonligini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan, bolalar uchun keng imkoniyatlarni ochishi mumkin va bu faqat taqdimotlar va o‘qitish roliklarini namoyish etish bilan cheklanmaydi. Mahalliy rivojlanayotgan dasturlarning ulkan tanlov sharoitida ota-onalar yoshga to‘liq javob beradigan narsalarni tanlash juda qiyin va ta’lim ehtiyojlari ta’minlanadi. Umumiy fikrni olish bu masala faoliyat uchun maqbul sharoitlarni yaratishga imkon beradi yoshni rivojlantirish bolalar, bilan samarali hamkorlikni barpo etish uchun zaruriy narsalarni yaratadilar, ota-onalarning nazarida tarbiyachining nufuzini oshiradi. Pedagogik ta’limning asosiy maqsadi ham shaxsni aqliy, ma’naviy-axloqiy, estetik, jismoiy rivojlanishini ta’minlash, uning ijodiy imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqarish, unda insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, uning mazmunini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish va differentsiatsiyalash shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda muhim hiloblanadi. Shaxs individ – shaxs – inson tizimida o‘z dunyoqarashi, nuqtai nazariga ega bo‘lish, o‘z haq-huquqini hurmat qilishga o‘rganish, shaxslik xislatlarini tushunish, shuningdek, o‘z bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini namoyon etib, mehnat faoliyatiga munosabati bilan belgilanadi. Insonda yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlar rivojlanib, uning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo‘lgan munosabati muayyan bosqichga yetgandagina u barkamol shaxs darajasiga ko‘tariladi.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.Ilg‘or xorijiy tajribalarni amalda keng joriy etish orqali ko‘plab natijalarga erishish mumkin bo‘ldi.
Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda maktabgacha ta’lim yo‘nalaishidagi olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar tahili shuni ko‘rsatadiki, ta’lim sifatini boshqarish va nazorat qilish, uzluksiz ta’lim tizmini to‘la boshqarish tizmlarini boshqarish, tizmlarini shakllantirish hamda tadbiq qilish davlat ta’lim siyosati qilib belgilanib kelinmoqda. Ta’lim sifatining birinchi o‘rindaligi, ta’lim tizmida olib borilayotgan siyosatining yadrosi sifatida maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlab, ta’lim tizminig barcha bosqichlarida boshqaruvning foydali mexanizmlarini yaratish muammosini nihoyatda dolzarb bo‘lib kelmoqda. Bunda maktabgacha ta’lim tizmining o‘rni o‘zgacha bo‘lib, sifat darajasini ko‘tarish, salohiyatini oshirish boshqa sohalar kabi ko‘plab yutuqlarga erishish lozim bo‘ladi

TAVSIYA

  • Maktabgacha ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda pedagog- tarbiyachilarni bilim-salohiyatini oshirish maqsadida xorijiy mamalakatlar bilan tajriba almashish va joriy etish;

  • Maktabgacha ta’lim tizmida ilg‘or innovatsion ta’lim texnologiyasini amalda joriy etish hamda ularni dastur sifatida kiritish;

  • Ilg‘or xorijiy tajribaga ega tartbiyachilar tomonidan muhim bir joyda o‘z vaqtida mahorat darslarni tashkil etish;

  • Xorijda tajriba sinovlarni o‘tkazib yuqori malakali tarbiyachilar bilan ko‘rik tanlovlar o‘tkazish;

  • Yosh pedаgoglаrning pedаgogik-psixologik kompetentligini shаkllаntirishgа oid o‘quv pedagogik seminar treninglarni yоʻlga qоʻyish.

  • Maktabgacha ta’lim tizimi yosh kadrlar salohiyatini oshirishda ustoz-shogirt ishlarini yоʻlga qоʻyish tajribali pedagogni maqsadli rag‘batlantirish.

  • Maktabgacha ta’lim tizimida yosh pedagoglar uchun vazirlik mahaliy hokimiyat boshqarmalar tomonidan yosh kesimida innovatsion loyhalar tanlovlarini tashkil etish



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling