Annotatsiya : Kalit so'zlar: Abstract: Keywords
Download 32.5 Kb.
|
1bolalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
SEHRLI MAVJUDODLAR OBRAZINING BOLALAR ADABIYOTIDAGI O’RNI Anvarova Zohida Akromjon qizi SamDu filologiya fakulteti adabiyotshunoslik yo‘nalishi 2-kurs magistranti qodirjonovazohida97@gmail.com Annotatsiya : Kalit so'zlar: Abstract: Keywords: Badiiy asarda obrazlar xilma-xilligi o’qiguvchini zeriktirib qo’ymaslik bilan bir qatorda, unga bo’lgan qiziqishni ortishini ta’minlaydi. Bu borada bolalar adabiyoti alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu adabiyot , eng avvalo, o’sib borayotgan yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishi, tafakkur olamini kengaytirishi, olam-tabiat bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni oson o’zlashtirishiga yordam berishi zarur. Bu borada magik xususiyatlarni o’zida jamlagan mavjudodlar obrazi ajralib turadi. G’ayritabiiy qudratga ega obrazlar mifologik motivlarning bolalar folkloriga kirib borishi natijasida paydo bo’lgan. Bolalar foklorining keng ko’lamli janri hisoblangan ertaklar tarkibida bunday obrazlarni ko’plab uchratishimiz mumkin. Avvalo, miflar ertaklarni yuzaga kelishida asosiy manba vazifasini bajaradi.o266 Bolalar folklorida quyidagicha mifologik obrazlarni uchratishimiz mumkin: dev, pari, ajina om367jodugar, alvasti, jin, Xizr, Simurg’, yalmog’iz kampir, ajdar, om371 Ayniqsa, sehrli-fantastik ertaklar tarkibida bunday obrazlarni ko’plab uchratamiz. Ulardan biri ajdarho obrazi hisoblanadi. Ajdarho mifologik xarakterda bo’lib, o’zbek xalq ertaklarida, asosan, yozuvlik timsoli sifatida gavdalanadi. Misol uchun, “Rustamzod va Sherzod” ertagida quyidagicha tasvirlanadi: Ajdarho kunduzi bir g’orga kirib yotar edi. Sherzod tavakkal qilib yotaverdi. Yarim kecha bo’lganda uzoqdan kuchli shamol kelib qoldi. Sherzod qarasa, uzoqdan ko’zlari yongan ajdarho kelayotir. 143-bet Ertaklarda odatda qahramonlar ajdarhoni yengib, go’zal bir qizni qutqaradi yoki biror bir shahar-mamlakatni ozod etadilar belgi sifatida tanasidan bir tasma kesib oladilar: Ajdarho zo’r shitob bilan tashlangan edi, uning sog’ qolgan ko’ziga ham o’q urib ko’r qildi. Qon ko’p ketavergach, ajdarho quvvatsizlanib, to’lqinlanmay qo’ydi. Shunda Sherzod ajdarho terisidan bir tasma tilib, beliga bog’lab oldi. 143 “Qirq kuyov” ertagida esa ajdarho odamlarga xos tarzda gapiradi: Umuman olganda, mavjudodlar obrazining ertak qahramoni darajasiga ko’tarilishi va ularning insonlarga xos tarzda gapirishi barchasi uchun birdek xos xususiyat. Lekin ularning insonlar kabi fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi g’ayritabiiy jihatlaridan biridir: Ertalab turib, yo‘lga tayyorlanib darvozadan chiqayotganlarida bir ajdarho kelib darvozaning og’zini to'sibdi. Tilga kirib: — Qani, buning haqini berib ketinglar! — debdi. Podshoh: — Pul kerakmi, dunyo kerakmi, ot kerakmi? 01! —debdi. Ajdarho: — Menga pul ham, dunyo ham kerak emas, kichik o ‘g‘lingni bersang bo‘ladi, boshqa hech narsa olmayman, — debdi. Podshoh xafa bo‘libdi.365 Darhaqiqat, o’zbek mifologik obrazlarining boshqa xalq mifologiyasidagi sehrli mavjudodlar obrazidan farqi aynan shu joyda namoyon bo’ladi. Masalan, xitoy miflarida g’ayritabiiy mavjudodlar bir qiyofadan ikkinchi bir qiyofaga o’tadi. Bir vaqtning o’zida turli mavjudodlar qiyofasini o’zida aks ettiradi: U quyon ko’z (ayrim manbalarda yo’lbars ko’z), sigir quloq, iyagining ostida echki soqol o’sadi, tangachalar qoplagan ilon tana, to’rt yo’lbars panja burgut tirnoqlari bilan qurollangan. Manglayi ustidagi g’urra unga qanotsiz uchish qudratini beradi. Ko’rinishining shakllaninishida yirik kaltakesak yoki timsoh qiyofalari asosiy o’rin tutgan. Long to’liq shakli-shamoyilini o’zgartirishi, yugurishi, suzishi, uchishi mumkin. 1Lekin o’zbek mofologik ajdar obrazi unday tasvirlardan holi. Faqat uch yoki yetti boshli bo’lib, og’zidan olov furkovchi, ko’zlari yongan bir qiyofada gavdalanadi. Shuni ta’kidlash joizki, magik qudratga ega sehrli mavjudodlar g’ayritabiiy ko’rinishga ega emas. Balki, ulardagi o’ziga xoslik insonlarga xos bo’lgan aql-idrok, fikrlash, tafakkur qilish tarzida namoyon bo’ladi. Jisman va ruhan odamlarga yaqinlashishi obrazlarning magik xususiyatlaridan biridir. Yana bir mifoligik obraz bu Simurg’dir. U ertaklarda Xizr kabi bosh qahramonga homiylik qiluvchi kuch sifatida keladi. om371 Masalan, “Kenja botir va Semurg’ “ ertagida akalaridan yomonlik ko’rgan Kenja botirni Semurg’ yer ostidan yer yuziga chiqishiga yordam beradi: Xayr, yigit, men seni yer yuziga olib chiqib qo’ydim, - debdi-da, o’z bolalari yoniga uchib ketibdi.inter Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish mumkinki, bolalar folklarida ertak janri alohida o’ringa ega. Mifologik motiv va obrazlarning janr tarkibiga singib ketishi ikki tamonlama foyda keltirgan. Avvalo, sehrli-fantastik xususiyatga ega mavjudodlar obrazi yosh avlodni olam va odam haqidagi ilk tasavvurlarini shakllantirishga xizmat qilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mifologik tasavvurlarning bugungi kunga qadar yashab qolishiga katta hissa qo’shgan. Adabiyotlar: Jo’rayev M., O’rayeva D. O’zbek mifologiyasi. –T., 2019. Musurmanov E. Xitoy adabiyoti tarixi. –S.:, 2016.25-bet. 1 Musurmanov E. Xitoy adabiyoti tarixi. –S.:, 2016.25-bet. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling