Annotatsiya : Qadimda insonlar quyosh nurini faqat yorug’lik nuridan iborat deb o’ylashgan kiyinchalik esa tadqiqiotlar olib borilishi natijasida yorug’likning to’lqin xususiyatiga EGA ekanligi kelib chiqdi va olimlar bu xususiyatdan foydalanib uni o’rgana


Download 428.73 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi428.73 Kb.
#1039298
  1   2
Bog'liq
YORUG


YORUG’LIKNING TO’LQIN VA ZARRA XUSUSIYATLARI

Annotatsiya : Qadimda insonlar quyosh nurini faqat yorug’lik nuridan iborat deb o’ylashgan kiyinchalik esa tadqiqiotlar olib borilishi natijasida yorug’likning to’lqin xususiyatiga ega ekanligi kelib chiqdi va olimlar bu xususiyatdan foydalanib uni o’rgana boshlashdilar , keyinchalik tajribalar asosida yorug’likning zarra xusiyatiga ham ega ekanligini aniqlashdilar va bu zarra xususiyati orqali yorug’likning fotonlardan tashkil topganligi aniqlandi
Kirish : Youg’likni o’rganish juda ham murakkabdir . Uni 2 ta xossa orqali o’rganamiz to’lqin va zarra xususiyatlari orqali . to’lqin xossasida yorug’likning ikkita tashkil etuvchisiga ajratiladi elektr va magnit xossalariga . Zarra xossasida esa uni fotonlar oqimi sifatida o’rganiladi . 1864-yil J.Maksvell elektr va magnit maydonlarini chuqur analiz qilib elektromagnit nazariyasini ishlab chiqdi . bu nazariya asosida ko’pgina hodisalar tushuntirilib berildi . Misol uchun : difraksiya , yorug’likning sinish qonuni , dispersiya . Yorug’likning kvant nazariyasini Alber Eynshteyn ishlab chiqqan , 1923 yilda kompton o’zining tajribalarida rengten nurlari bilan rengten nurlarini qattiq jismlarda sochilishini o’rgandi va kompton effektini kashf etgan.
Tadqiqot materiallari va tajribalar : o‘z vaqtida Nyuton yorug‘lik haqida mulohaza yuritar ekan, bu haqida, "yorug‘lik - tezligi deyarli cheksiz bo‘lgan mayda zarrachalardan tashkil topadi" deb ta'kidlar edi. Nyutonning zamondoshi bo‘lgan yana bir mashhur fizik olim Xristian Gyuygens esa aksincha, yorug‘lik to‘lqin tabiatiga ega bo‘lib, u xuddi tovushning havoda, yoki, istalgan biror moddiy muhitda tarqalishi singari tarqaladi degan g‘oyani ilgari surardi. Taassufki, Gyuygensning g‘oyalari Nyutonning ilmiy nufuzi soyasida qolib ketdi va akademik doiralarda unchalik ham katta qiziqishga sabab bo‘lmadi. Hatto, odatda sermulohazaligi bilan ajralib turadigan kuchli olimlar ham, faktlarni tekshirib o‘tirmasdan, shunchaki Nyutonning ta'kidlariga ishonib qo‘ya qolishdi. Chunki, ularning fikricha, Nyuton noto‘g‘ri gapirishi ehtimoli mavjud emasdi . Biroq, yangi avlod olimlari asta-sekinlik bilan katta sahnaga chiqib kelar ekan, baribir yorug‘lik tabiatiga Nyuton g‘oyalaridagi kemtiklarga e'tibor qaratila boshladi. 1700 yilga kelib, Yung, Frenel va boshqa olimlar, yorug‘likning Nyuton ta'limoti bilan tushuntirib bo‘lmaydigan ayrim xossalarini o‘rganishga kirishdilar. Nyuton yondoshuvi bilan tushuntirib bo‘lmaydigan yorug‘lik hodisalari orasida, Nyuton halqasi deb ataladigan hodisa, shuningdek, ayrim hashoratlarning tanasida yuz beradigan murakkab yorug‘lik interferensiyasi natijasida ularning yorqin tus bilan tovlanishi kabilar mavjud edi. Nyuton halqasini fotoplyonka bilan ishlab ko‘rgan fotograflar juda yaxshi bilishdi. U diapozitiv shisha plastinkalar orasiga joylashtirilgan vaqtda hosil bo‘ladi. Yung va Frenellarning tajribalari ham yorug‘likning to‘lqin tabiatiga ega ekaniga yaqqol ishora qilib, Gyuygensning ishlarida haq gaplar keltirilganini ko‘rsatib bergan bo‘lsa-da, baribir, yorug‘likning to‘lqin tabiati haqidagi g‘oya XIX asrning ikkinchi yarmigacha ham shubha ostida qolaverdi. Buning ikkita asosiy sababi bor edi. Birinchisi - Faradeyning tajribalari bo‘lib, u magnit maydonining yorug‘likka ta'siri mavjudligini ko‘rsatib bergandi. Ikkinchi sabab esa, Maksvell olib borgan tajribalar bo‘lib, unda elektr va magnit hodisalarining o‘zagi bitta ekani ifodalab berilgan edi. Bunga ko‘ram yorug‘lik - elektromagnit tabiatiga ega bo‘lib, bu - shakl va tarkibning yorug‘lik ko‘rinishidagi ajoyib uyg‘unligiga ishora edi.. elektktr zaryadlari o’zaro tasiri elektr va magnit maydonlri orqali tushuntiriladi . J.Maksvell elektromagnit maydon nazariyasini elektromagnit hodisalarining barcha asosiy qonuniyatlarini ifodalovchi bir nechta tenglamalat tuzdi . 1860- yilda J.Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarining uzviy bog’liq ekanligini ifodalovchi 2 ta g’oya 1)vaqt davomida o’zgaruvchi har qanday magnit maydon elektr maydonini yuzaga keltiradi va 2)vaq davomida o’zgruvchi har qanday elektr maydon magnit maydonni yuzaga keltiradi . J.Maksvellning 1- g’oyasini magnit induktsiya hodisasi tasdiqladi va 2- g’oyasini G.Gerts elektromagnit to’lqinlarni kashf qilishi bilan isbotladi . bunday sharoitda elektro magnit maydon elektr maydon va magnit maydon ko’rinishida namoyon bo’ladi . Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali oʻzaro taʼsir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit oʻzaro taʼsir tabiatda mavjud uch xil fizik oʻzaro taʼsirlarning biri hisoblanadi.

rasm


Ikkita maydon ulangan (elektr maydoni (ko'k) va magnit maydon (qizil) vektorlari)
Zaryadlarning fazoda qanday taqsimlanganligi va qanday harakat qilishi maʼlum boʻlsa, bu zaryadlar hosil qilgan Elektromagnit maydon kattaliklarini aniqlash mumkin bo’ladi.
Kompton effekti — elektromagnit nurlanishlar erkin yoki kuchsiz bogʻlangan elektronlar bilan toʻqnashib sochilganda ularning toʻlqin uzunligi oʻzgarishi hodisasi. [[1922-yilda Kompton Artur Xolli kashf qilgan. Kompton effekti yorugʻlikning kvant nazariyasini tasdikdovchi dastlabki amaliy kashfiyot. Kvant nazariya bu effektni ikki zarra — foton va elektronning toʻqnashishi, deb tushuntiradi. Foton erkin qoʻzgʻalmas elektronlar bilan toʻqnashib sochilganda energiyasining bir qismini elektronlarga beradi hamda harakat yoʻnalishi va chastotasini oʻzgartiradi. Demak, toʻqnashish vaqtida foton energiyasi kamayadi, toʻlqin uzunligi esa ortadi. Foton elektron bilan toʻqnashganda toʻlqin uzunligining oʻzgarishi toʻshayotgan yorugʻlikning boshlangʻich toʻlqin uzunligiga emas, faqat zarraning sochilish burchagiga bogʻliq. Kompton effektini o'rganish uchun qurilma rentgen trubkasi (1), monoxromatik rentgen nurlanishining tor nurini chiqaradigan ikkita diafragma (2), o'rganilayotgan moddaning plyonkasi (3) va radiatsiya detektoridan iborat. (4). Detektor folga nisbatan aylantirilishi mumkin. O'tkazilgan tajribalar va ularning natijalarini sharhlash (1922) uchun Artur Kompton 1927 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.





Download 428.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling