Annotatsiya Аnnоtаtsiya bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir. Annotatsiya qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot


Annotatsiya matnidagi klishelashtirilgan iboralar va so'z birikmalari


Download 207.79 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi207.79 Kb.
#1058312
1   2   3   4
Bog'liq
4-amaliy

Annotatsiya matnidagi klishelashtirilgan iboralar va so'z birikmalari:

Maqolada…lar ko'rib chiqilgan.


…ko'rsatilgan.…ning tavsifnomasi katta o'rin egallaydi.
…keng material keltirilgan.
Tadqiqot …kabi muhim muammolarni ko'rib chiqish orqali yuritiladi. … ning mohiyatini ochishda
Muallif …ning ilmiy ta'rifini birinchi marta beradi va hokazo.


Annotatsiya namunasi
Annotatsiya
Bu maqolada muallif hozirgi kunda OTM da o‘rganilayotgan “Akademik yozuv” fani haqida fikr yuritadi. Bu fanning asosiy vazifasi talabalarda ilmiy nutqni rivojlantirish, mutaxassislik tili, ixtisoslik terminologiyasi, ixtisoslik matnlari yaratish asoslarini shakllantirishdan iborat.


Taqriz va uning tuzilishi



Taqrizadabiy tanqid janri bo‘lib, arab tilida ijobiy baho degan ma’noni anglatadi. Yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi. Asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan, keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi.




Vissarion Grigoryevich Belinskiy
(1811-1848)
O‘zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda taqriz o‘zbek adabiy tanqindchiligining eng muhim janrlaridan bo‘lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G‘afur G‘ulom, O`.Hoshimov kabi yozuvchilar, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.
Taqriz 2 turga bo‘linadi:
1. Ichki taqriz
2. Tashqi taqriz
Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi,rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G.Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy san’at darajasiga ko‘tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki ma’lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko‘taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o‘ylashga o‘rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi.
Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki аsаrning хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Asar (film, teatr)da hikoya qilinadi.
Asar (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman – Я считаю…
Mening fikrimcha… - Помоему…
Mening nazarimda… - На мой взгляд…
… menga yoqdi. – Мне понравился (-лась)…
… menda katta taassurot uyg‘otdi. - Большое впечатление на меня оказала…
Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi. - Книга (фильм, театр) учит…

Download 207.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling