Annotatsiya Аnnоtаtsiya bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir. Annotatsiya qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot


Download 207.79 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi207.79 Kb.
#1058312
1   2   3   4
Bog'liq
4-amaliy

Taqriz namunasi:
Тоshkent axborot texnologiyalari universiteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchilari К.А.Gayubova, N.D.Yulanovalar tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili fanidan uslubiy qo‘llanma”ga Т А Q R I Z
Ushbu qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligi, matnlarning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, telekommunikatsiya, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar va topshiriqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlar barchasi, bizningcha har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, boshqacha fikrlay boshlaydi. Matnlarning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim Talabalar uchun mo‘ljallangan qo‘llanma ta’lim olishda, qo‘shimcha shug‘ullanishda talablarga bemalol javob beradi. Uni nashr qilish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘llanma hozirgi talablarga to‘la javob beradi va o‘zbek tili mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi mumkin.
Referat

Referat (lot. refero — axborot beryapman) — biror ilmiy asar, maqola, oʻqilgan kitob va sh.k. mazmunining qisqacha yozma yoki ogʻzaki bayoni; oʻrganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot; tegishli adabiyot va boshqa manbalarning qisqartirilgan sharhli tahlilini oʻz ichiga olgan maʼlum mavzudagi maʼruza. Referat, odatda, ilmiy axborot vazifasini oʻtaydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, tegishli ilmiy nazariyalar, ilmiy xulosalar tahlil etilishi va tanqid qilinishi mumkin. Oʻzbekistonda referat ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, umumiy taʼlim maktablarida koʻp qoʻllaniladigan didaktik vositadir. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar oʻquvchilari hamda oliy oʻquv yurtlari talabalarining fakultativ mashgʻulotlardagi maxsus axborotlari ham referat deyiladi. Dissertatsiya yuzasidan tayyorlanadigan referat (avtoreferat)da dissertatsiyaning asosiy mazmuni va xulosalari ifodalanadi.
Referat - bir yoki bir necha manbalarda mavjud bo'lgan g‘oyalarning qisqacha yozuvi, u har xil nuqtai nazarlarni qiyoslash va tahlil qilish mahoratini taqozo etadi. Referat - asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri.Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozitsiyasini nazarda tutadi.
Referatning o'ziga xosligi:
• keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo'lmaydi,
• matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.

Download 207.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling