O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
Amaliy ish
Guruh: DI 12-22
Bajardi: Xasanov karim
Annotatsiya
Аnnоtаtsiya - bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir.
Annotatsiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o'ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi.
Annotatsiya turlari
Mazmuni va maqsadli vazifasi bo'yicha:
- bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz tavsifnomasini beradi)
- tavsiyali (matnning o‘quvchilarning muayyan auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan tavsifini va bahosini beradi)
Mazmunni to'liq qamrab olishi bo'yicha:
- umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi)
- ihtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan jihatlardagi tavsifini beradi)
- guruhli (mavzusi bo'yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)
Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqida so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Annotatsiyani tuzishga qo'yiladigan asosiy talablar
1. Kompozitsiyasi mazmunan mantiqiy bo'ladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan farqlanishi mumkin. 2. Ma'lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotatsiya tusiga bog‘liq bo'ladi. 3. Tili lo'ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi. 4. Dissertatsiya, maqolaga annotatsiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi. 5. O'rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda - 800 - 1000.
Annotatsiyani tuzishdagi asosiy xato - axborotning ko'pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi.
Ortiqcha narsalar: kirish so'zlari va gaplari, murakkab gaplardan qoching!
Do'stlaringiz bilan baham: |