Annotatsiya Janubi-Sharqiy Osiyo subregioni tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi Gvineyaning g’arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln km kv bo’lib, umumiy qurqlik maydoni 3% ni egallaydi


Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari Xo`jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari va ichki tafovutlari


Download 239 Kb.
bet5/8
Sana02.05.2023
Hajmi239 Kb.
#1422330
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hoshimov Zuhriddin

2.2.Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari Xo`jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari va ichki tafovutlari
Subregion mamlakatlari Osiyoning Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari, Malayya arxipelagi orollarini o‘z ichiga oladi. Bu reyonda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos. Malayziya, Myanma, Suigapur, Tailand va Filippin davlatlari joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiyalarning mustamlakalari bo'lib kelgan bu mamlakatlar o'z mustaqilliklarini, asosan. 1945-1984-yillar orasida qo'lga kiritdilar.
Hududi 4,5 mln. kv.km bo'lib, unnig yarmidan kо'pi orollardan iboratdir. Jumladan, regionning eng yirik davlati bo`lgan Indoneziya, shuningdek, Filippin davlatining hududi minglab orollarda joylashgan. Iqtisodiy-geografik o‘rni, asosan, ancha qulayligi, avvalo, Yevropadan Tinch okean havzasi mamlakatlariga olib boradigan serqatnov savdo yo'li ustida joylashganligi bilan belgilanadi. Zero, Laosdan boshqa regionning barcha mamlakatlari dengiz bo`yida yoki orollarda joylashgandir. Bu holat mamlakatlar iqtisodiy hayotida ijobiy rol о ynamoqda.
Mintaqada xilma-xil qazilma boyliklar bor. Ayniqsa, qalayi, volfram kabi rangli metallarning yirik korlari bor. Shuningdek, rux, qo'rg'oshin, temir rudasi, turli nodir va asl metallar, ko'mir, neft, tabiiy gaz boyliklariga ham ega. Keyingi yillarda dengiz sayozliklaridan ancha istiqbolli neft va gaz konlari topi Imoqda. Yer osti boyliklariga, ayniqsa, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Vyetnam kabi davlatlar ancha boy.
Janubi-sharqiy Osiyonning iqlimi musson tiplidir. U, ayniqsa, materik va unga tutash orollarda yaqqol seziladi.
Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyoning aholisi 629 mln. kishidan iborat. Mintaqada aholi tabiiy o'sish hisobiga ancha tez (yiliga 8 mln. kishi) о`smoqda. Aholining o'sish sur’atlari Kambodja, Laos, Vyetnam kabi mamlakatlarda, ayniqsa, yuqori. Ularda tabiiy o'sish har 1000 kishiga 20-22 kishidan to'g'ri keladi. Nisbatan yaxshi rivojlangan Singapur, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlarda esa bu ko'rsatkich, aksincha, past. Ularda bu ko'rsatkich 5-10 kishinini tashkil qiladi.
Aholi mintaqa bo'ylab notekis joylashgan. O`rtacha har 1 kv km maydonga 140 kishidan aholi to'g'ri kelgan holda bu ko'rsatkich Vyetnam, Filippin, Tailandda 200 kishini tashkil qiladi. Indoneziyaning Yava orolida aholining o'rtacha zichligi 2,5 ming kishi va Singapurda 6,5 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, Laos, Kambodja, Bruney kabi davlatlarda anolining o'rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 50-80 kishini tashkil qiladi.
Urbanizatsiya darajasi o`rtacha 54,6% ga teng. Ushbu ko`rsatkich Singapurda 100% ni, tashkil etadi. Nisbatan yuqori darajadagi urbanizatsiya darajasi Bruney (76,1%), Malayziya (73,0%) davlatlariga xos. Eng past ko`rsatkich Laos, Vyetnam, Timor-Leshtin, Kambodja davlatlarida kuzatiladi.
Janubi-sharqiy Osiyo o`tgan asrning 70-yillargacha jahonning eng qoloq o‘lkalaridan biri bo‘lib kelgan edi.Osiyoda bir qator yangi industrial mamlakatlar shakllandi. Ana shunday mamlakatlar qatoriga Janubi-sharqiy Osiyoning dastlab Singapur, so`ngra Malayziya, Tailand, Bruney davlatlari ham qo`shildilar. Indoneziya va Filippinning ham ijtimoiy hayotida keskin jonlanishlar ko`zga tashlanmoqda.Shunday qilib, hozirgi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari xo'jaligida rivojlanish darajasiga ko'ra bir-birlaridan farq qiluvchi: a) rivojlanishda ancha ilg'or bo'lgan yangi industrial mamlakatlarda industrial-agrar; b) rivojlanayotgan mamlakatlarda agrar-industrial ishlab chiqarish shakllandi.
Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mintaqa YIM ning 40,7% i sanoatga, 24,7% i qishloq xo`jaligiga va 34,6% i xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi.
Chetdan keltiriladigan metal asosida mashinasozlik sanoati Janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlarida yaxshi rivojlangan. Elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va telemexanika, maishiy xizmat texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ayniqsa, Singapur, Malayziya va Tailandda yuqori darajada rivojlangan. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq bo'lgan agrosanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Tabiiy sharoiti har yili 2-3 martagacha turli ekinlami ekib hosil olishga imkon beradi. Shu sababli mavjud yer maydonlari doimo o'sib borayotgan millionlab ahohni zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Shu bilan birga, mintaqada chorvachilik ancha sust rivojlangan. Barcha mamlakatlarda baliq ovlash bilan shug`ullaniladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoatlari ancha ahamiyatli. Guruch mintaqadagi ko'plab mamlakatlar eksportining asosini tashkil qiladi. Bu borada Tailand, Myanma, Vetnam alohida ajralib turadi. Yog‘-moy sanoati tarmoqdagi yana bir yirik sohadir. O'simlik moyi, asosan, kokos yong‘og‘idan olinadi. Jahonda bunday moyni ishlab chiqarish va uni eksport qilishda ham Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi yetakchilik qiladi. Janubi-sharqiy Osiyoda transportning o`ziga xos tarmoqlari rivojlangan. Mamlakatlar iqtisodiyotida dengiz va daryo transportining roli, ayniqsa, katta. Temiryo`l va avtomobil transporti mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Havo transporti ko`proq xalqaro aloqalarda muhim o`rin tutadi.Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rekreatsiya resurslariga juda boy bo`lganligi sababli, xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari juda tez rivojlanmoqda.
Mintaqa mamlakatlari jahon miqyosida eksport-import aloqalarida faol qatnashib kelmoqda. Ayrim mamlakatlar ichida eksport-import hajmining kattaligi bo`yicha Singapur (45,0 %), Malayziya (17,3 %), Tailand (14,7 %) va Indoneziya (10,8%) ajralib turadi. Mintaqada 2012-yilda 3,5 trln. AQSH dollariga teng YIM ishlab chiqarildi. Mintaqa mamlakatlari bir-biridan farq qiladigan 3 guruhga bo`lish mumkin. Bular: 1. Malakka mamlakatlari – Malayziya, Singapur va Tailand. Mintaqa hududining 20 % i, aholisining 16 % ini o`zida birlashtirgan bu mamlakatlar aholi jon boshiga tabiiy kauchuk, sholi, kokos palmasi moyi yetishtirishda jahonda yetakchilik qiladi. Ular og`ir sanoat tarmoqlari (elekr stansiyasi, turli kemalar va port texnikalari, elektrotexnika va neft kimyosi), yengil va oziq-ovqat sanoatlari mahsulotlarining ko`pgina xillarini ishlab chiqarishda ham birinchi o`rinni egallaydi. Avtomobil va elektrometallurgiya korxonalari ham faqat Malakka mamlakatlarida mavjud.2. Orollar mamlakatlari – Indonaziya, Bruney, Filippin va Sharqiy Timor Janubi-sharqiy Osiyoning Tinch va Hind okeanlari oralig`idagi minglab katta-kichik orollarda joylashgan. Indoneziyada 13,6 ming va Filippinda 7 mingdan ortiq orollar hisobga olingan.
3. Hindi-Xitoy mamlakatlari – Vyetnam, Kambodja, Myanma, Laos davlatlaridir. Tipik musson iqlimli bu mamlakatlar tabiiy resurslarga boy. Bu mamlakatlar iqtisodiyotning asosini qishloq xo`jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari tashkil qiladi.
XIX asrning oxirda qariyb hamma Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlari Yevropa
va AQSh hukumatlari mustamlakasiga aylandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu
mintaqa xalqlari o‘z mustaqilliklarini qo‘lga kirita boshladi. Davlatlar o‘zlarining iqtisodiy va siyosiy rivojlanish yo‘lida mintaqaviy hamkorlik ehtiyojlari 1967 yilda Janubiy Sharqiy Osiyo Davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN)ni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Janubiy Sharqiy Osiyo Davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) 1967 yil 8 avgustda Bangkok deklaratsiyasi asosida tashkil qilindi. Bu assotsiatsiya asoschilari Indonizeya, Singapur, Malayziya, Tailand va Filippin orollari bo‘lib, o‘z oldilariga quyidagi maqsadlarni qo‘yishdi: o‘zaro hamkorlik dasturi asosida mintaqaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy rivojlanishida bir–biriga ko‘maklashish; mintaqaning siyosiy va iqtisodiy barqarorligini saqlash va himoya qilish; mintaqa ichra kelishmovchiliklarda ASEAN anjuman (forum) sifatida ishlatilishi.
Keyinchalik Bruney (1984 yil), Vetnam (1995 yil), Laos va Myanma (1997 yil),Kamboja (1999 yil) davlatlari ham kirdi. Maxsus kuzatuvchi statusiga Papua Yangi Gvineya davlati ega. Oxirgi 25 yil ichida ASEAN davlatlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘rtacha YaIM o‘sishi 7% ni tashkil qilib kelmoqda
ASEAN “sovuq urush” davrida tashqil qilingan bo‘lib, sotsialistik va
kapitalistik tizim qarama–qarshilik avj olgan vaqtga to‘g‘ri keldi. Bunday
sharoitdagi ASEANning ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy sohalardagi faoliyatining samarasi kam edi. 1960 yillar oxirlari va 1970 yillar boshlarida ASEAN faoliyatini ichki kelishmovchiliklarni bartaraf etish, siyosiy muammolarni hal qilish va

Assotsiatsiya faoliyatini saqlab qolishga qaratdi. 1971 yil Janubiy Sharqiy Osiyo o‘zining betarafligini e’lon qilinishi ASEANning birinchi yutug‘i bo‘ldi.


1992 yil Singapurda ASEAN davlatlari boshliqlari navbatdagi 4–yig‘ilishini
o‘tkazdi va Erkin savdo hududini hamda imtiyozli bojxona tizimini yaratish uchun
bitim imzolashdi. Shuningdek, bu yig‘ilishda Bosh sekretar o‘rni va sekretariat vakolati kengaytirildi. 1997 yil oxirida Kuala–Lumpur shahrida 2–norasmiy yig‘ilishida “ASEAN 2020 - yilda” konsepsiyasini olg‘a surdi. Uning maqsadi “2020 - yilga kelib ASEAN jahon hamjamiyati integratsiyasiga mo‘ljallangan barqaror, o‘zaro hamohang va hamkorlik tashkilotiga aylantirish”. Konsepsiyaga ko‘ra 2020 yil ASEAN 21-asrning Janubiy Sharqiy Osiyoning dadil va muvafaqiyatli rivojlanayotgan davlati bo‘ladi.
1998-yil dekabr oyida ASEAN o‘zining 6–yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda Xanoy
deklaratsiyasi va dasturi ishlab chiqildi. Unda Janubiy Sharqiy Osiyodagi inqirozni
bartaraf etish chora va tartiblari ishlab chiqildi. O‘tgan yillar ichida ASEAN davlatlari yuqori iqtisodiy rivojlanish darajasiga erishib kelmoqda. Ularning YaIMning o‘sish sur’ati dunyoning ko‘pgina mamlakatlari YaIM o‘sish darajasidan ikki barobar ko‘pdir. ASEAN
izchil rivojlanib borayotgan mintaqadan biriga aylandi. ASEAN asoschilari
mustaqillikka erishgach, hozirgi kunga kelib Yangi industrial mamlakatlarga
aylandi. Bular ASEAN davlatlarining ijtimoiy–siyosiy barqarorligini ta’minlashga
xizmat qiladi. ASEAN ichki birlikni qo‘llab–quvvatlovchi, mintaqa ichra va dunyo
jamiyatida siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan
tashkilot maqomiga erishdi. 1997-yilgi Osiyo inqirozi ASEAN davlatlarini jiddiy valyuta va moliyaviy krizisga olib keldi. Bu inqiroz ularning milliy vayutasining qadrsizlanishiga, ishlab chiqarishning kamayishiga, inflyatsiya, ishsizlik, ijtimoiy nobarqarorlikka olib elib, ASEANning dunyo maydonidagi tutgan o‘rniga salbiy ta’sir o‘tkazdi. XX asr oxiridagi bu inqiroz ASEAN davlatlarini iqtisodiy va ijtimoiy hayotini buzgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, rivojlanish strategiyalarini to‘g‘rilashga majbur qildi. 2004-yilning 26 dekabrida Janubiy Sharqiy Osiyoda yuz bergan zilzila va sunami natijasida qariyb 300 ming aholi hayotdan ko‘z yumdi. Sunami natijasida yetgan iqtisodiy zarar 14 mlrd. dollarni tashkil qilib insoniyat tarixida tabiyat hodisasi natijasida eng ko‘p yetgan zararlardan biri hisoblanadi. Iqtisodchilar hisob kitobiga ko‘ra, sunami natijasida Tailand YaIMning 0.7% daraja kamayishiga va eng ko‘p zarar ko‘rgan Maldiv oroli 4% ga kamayishiga olib keldi. Sunami natijasida Janubiy Sharqiy Osiyoning turizm va baliqchilik sohalariga jiddiy zarar yetdi
1997-yilgi Osiyo inqirozi va 2004-yilning oxiridagi sunami ASEAN
davlatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsada, hozirda ASEAN davlatlari dinamik ravishda rivojlanib kelayotgan davlatlardan hisoblanadi. ASEANning shungacha bo’lgan yilik faoliyatini o‘rganib, quyidagilarni
1. ASEAN tashkil qilingandan buyon, uning siyosati va yo‘nalishi
takomillashib bordi. Bu ASEANni a’zo davlatlararo turli sohalarda – siyosat,
iqtisodiyot, savdo, xavfsizlik, madaniyat, fan va texnika masalalari yuzasidan
samarali hamkorlik qilish imkoniyatini berdi. 2. ASEANning siyosiy va xavfsizlik sohalarda hamkorlik qilishi “sovuq urush” davrida iqtisodiy hamkorlikdan ko‘ra muhimroq va samaraliroq bo‘ldi. Ammo hozirga kelib iqtisodiy hamkorlik ASEAN davlatlari uchun birinchilik
statusiga aylandi. 3. Mintaqaviy va xalqaro masalalarda ASEAN davlatlari birdamlikni qo‘llab–quvvatlab kelmoqda. Vetnam Prezidenti Xo Shi Min “Birdamlik, birdamlik, birdamlik. Muvafaqiyat, muvaffaqiyat, ulkan muvaffaqiyat” – deb ta’kilagan. Kambodja davlati inqirozga uchraganda, ASEAN davlatlari Kambojaning bu inqirozdan chiqishi uchun birgalikda faoliyat olib borganligi birdamlikning yaqqol namunasidir. 4. Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchilik va ixtiloflar yuzaga kelganda, ASEAN bu muammolarni kuch ishlatmasdan tinch yo‘l bilan hal qiladi. ASEANning bunday yondashuv, ko‘pgina mintaqaviy va xalqaro muammolar (“kapuch masalasi”, ASEAN davlatlari orasidagi tortishuvlar)ni hal qilishda o‘z samara va muvaffaqiyatini ko‘rsatdi. 5. O‘tgan yillar ichida ASEAN asoschilari bu muddat ichida yuqori iqtisodiy sur’at bilan rivojlanib industrializatsiya va modernizatsiya yo‘lidan bordi. Hozirgi kunga kelib, bu davlatlar Yangi industrial mamlakatlar safiga kirdi. 6. ASEANga asoschi davlatlarning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga sabab quyidagilar: mamlakat lider va boshliqlari to‘g‘ri siyosiy–iqtisodiy rivojlanish yo‘lini olib borishi; bu davlatlarda urush bo‘lmaganligi va tinch sharoitda rivojlanganligi; ASEAN davlatlari jahonning qulay sharoitlardan to‘la foydalanganligi, ya’ni rivojlangan davlatlar tomonidan ulkan xorijiy investisiyalar kirib kelganligi; jamg‘arma normasi yuqoriligi. Ma’lumki, agar davlatning jamg‘armasi YaIMning 20% ga yetsa, davlat mustaqil rivojlanish darajasiga yetadi. 1960 yillarda YaID va ASEAN asoschi–davlatlari orasidan faqat Tayvangina ega edi. 1982 yilga kelib yuqorida keltirilgan davlatlardan Indoneziyadan boshqa hammasi jamg‘arma darajasi 20% dan oshdi. Shaxsiy jamg‘arma va xorijdan qo‘shimcha moliyalashtirish natijasida ular ommaviy investitsiya qilish imkoniyatini berdi. 7. Shunday bo‘lsada, XX asr oxirida yo‘l quyilgan xato va kamchiliklari natijasida ASEAN davlatlari ijtimoy–iqtisodiy inqirozga uchradi va ASEAN davlatlarining kamchilik va zaif tomonlarini ko‘rsatib berdi. Bu inqiroz ASEAN davlatlarini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga, faoliyatining shakl va uslubini qayta tashkil qilishga undadi. 8. Zamonaviy dunyoning ko‘plab mintaqalarda urush va kelishmovchiliklar yuz berayotgan vaqtda, ASEAN mintaqaviy va global muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qilmoqda. Bunday yondashuv ASEAN davlatlarining hamkorlik va a’zo-davlatlar huquqini himoya qilishning oqilona usulidir. Kambodja, Laos, Birma va Vetnam davlatlari aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 1000 dollardan kamligiga sabab ularning iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining ulishi ko‘pligi, sanoat va xizmat sohalarining rivojlanmaganligi hamda bu davlatlarda yaqin kunlargacha urush va iqtisodiy inqirozlar bo‘lganligidir.


Xulosa.

Bu kurs ishidan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Janubi-Sharqiy Osiyo mamalakatlari anchagina tarixiy ahamiyatga ega hudud hisoblanadi. Bu mintaqadagi barcha davlatlarda ham sivilizatsiya bir xil darajada bo’lmaganligini ko’rdik. Bu mintaqada rivojlanish bosqichlari turli darajada bolganligi bilan izohlanadi. Yavadan topilgan Pitekantrop ( “pitekus” – maymun, “antropos” – odam, ya’ni maymun odam) suyaklari anchagina e’tiborga molikdir. Bu suyak qoldiqlari Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida ham qadimgi odamlar yashaganligini ko’rsatib beradi. Pitekantroplarni miya hajmi 900 sm bo’lib, cherepi (bosh qismi) ko’p hollarda maymunlarnikiga o’xshash bo’lgan. qoshi bo’rtib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin.


Agar avstrolopitekni bosh suyagi bilan pitekantropni solishtirsak, pitekantroplarniki ancha taraqqiy etganini ko’ramiz. Aniqrogi, pitekantroplarning boshini hajmi avstrolopiteknikiga nisbatan 1,5barobar katta. (avstrolopiteklarning miya xajmi 550-600 sm. ) shuni alohida ta'kidlash keraki, pitekantroplarning suyak qoldiqlarini xammasi pereanlotennie xolatida topilgan. Buning ustiga ular tosh qurolari bilan birga topilmagan. Chunki madaniy qatlam joyidan tabiat kuchlari ta'sirida siljigan. Shuning uchun xam olimlar urtasida pitekantroplar qurollar yasashni bilganlarmi? Yoki blimaganlarmi? Deb munozara bo’lgan. Lekin shu pitekantroplarning suyak qoldiqlari topilgan joylardan uzoq bo’lmagan joylarda tosh qurollar topilgan. Ularni shu pitekantroplarga tegishli. Ular tabiat kuchlarining ta'sirida xar xil joylarga joylashgan deb xulosa qiluvchilar ham bor.

Download 239 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling