Annotatsiya: Maqolada ayrim noan’anaviy energiya resurslaridan samarali foydalanish usullari va Andijon sharoiti misolida quyosh suv isitgichini optimal joylashtirish hamda uning xususiyatlari yoritilgan. Kalit soʻzlar


Download 34.66 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi34.66 Kb.
#1579259
  1   2
Bog'liq
Eraliyev. Nosirov


QUYOSH SUV ISITGICHINI ANDIJON SHAROITIDA O’RNATISH VA TAHLILI
A.J.Eraliyev1, M.Z.Nosirov2
1. Andijon davlat universiteti 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi tayanch doktoranti
2. Andijon davlat universiteti fizika kafedrasi professori
Annotatsiya: Maqolada ayrim noan’anaviy energiya resurslaridan samarali foydalanish usullari va Andijon sharoiti misolida quyosh suv isitgichini optimal joylashtirish hamda uning xususiyatlari yoritilgan.
Kalit soʻzlar: kollektor, elektr energiya, vakuum, kolba, intensivlik, havo namligi.
Kirish. Issiq suv hozirgi kunda sanoat va uy sharoitida juda zarur. Respublikamizning ko’plab hududlarida issiq suv ta’minoti mavjud emas. Doimiy issiq suv ta’minoti ayrim shaharlardagina mavjud. Statistik ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonda har kuni bir kishiga o’rtacha 15-20 l issiq suv kerak bo’ladi. Hozirgi vaqtda issiq suv talablari asosan elektr isitgichlari va tabiiy gazdan foydalanish hisobiga qondirilmoqda. Aslida bu turdagi energiyalarga kun davomida boshqa maqsadlar uchun talab katta. Natijada issiq suvning tan narxi qimmatlashadi. Energiya narxining ko’tarilishi, atrof-muhit muammolari va ishlatilayotgan birlamchi energiya manbalarining zaxiralari tobora kamayib borishi elektr isitgichlardan kamroq foydalanishni talab etadi. Buning sababi shundaki, elektr energiyasining asosiy energiya manbalari asosan qazilma yoqilg’ilardir. Bundan tashqari aholi soni ortishi bilan elektr energiyasiga bo’lgan talab tez o’sib bormoqda. Issiq suvga talab eng yuqori bo’lgan davrlarda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari haddan tashqari zo’riqib ketadi, natijada elektr energiyasi bilan bog’liq muammolar paydo bo’ladi. Ushbu muammolarni elektr energiyasidan foydalanmasdan issiq suv olish bilan hal qilish mumkin. Buning uchun quyosh issiq suv ta’minoti tizimlaridan maishiy va tijorat maqsadlarda keng foydalanish mumkin. Ushbu tizimlar issiq suv hosil qilish uchun quyosh energiyasidan foydalanadi. Amaldagi texnologiyalar yordamida arzon narxlarda issiq suv olish imkoniyati mavjud.
Metodi. Vakuum kolbali kollektorlar yordamida normal atmosfera bosimida harorati 100°C gacha bo’lgan issiq suv olish mumkin. Bunday quyoshli issiq suv tizimi odatda ikki rejim o’rtasidagi temperaturalar farqi suzuvchanligi natijasida issiqlikni tabiiy aylanish bilan uzatadi (1-rasm). Shuning uchun ular nasoslar ishlatilishini talab qilmaydi. Ular uy sharoitida ishlatish uchun eng ko’p ishlatiladigan quyosh suv isitgichlari hisoblanadi.

1-rasm.
Quyoshdan kelayotgan nurlar miqdori doimiy ravishda kollektorga yaxshi tushishi uchun Andijon shahrining geografik joylashuviga ko’ra kollektorni gorizontga nisbatan 35-50° burchak atrofida o’rnatiladi. Quyoshdan kelayotgan nurlarni ko’p miqdorda yutilishini ta’minlash uchun vakuum kolba ichiga issiqlikni yaxshi o’tkazuvchi material joylashtiriladi.

Download 34.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling