Annotatsiya: Maqolada ayrim noan’anaviy energiya resurslaridan samarali foydalanish usullari va Andijon sharoiti misolida quyosh suv isitgichini optimal joylashtirish hamda uning xususiyatlari yoritilgan. Kalit soʻzlar


Download 34.66 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi34.66 Kb.
#1579259
1   2
Bog'liq
Eraliyev. Nosirov

Yangiligi. Hozirda mavjud quyosh kollektorlarida tushayotgan yorug‘lik energiyasining bir qismi (30-40%) ishlatilmaydi. Ushbu ishda zamonaviy quyosh suv isitkich qurilmasining asosi va quvurlari orasiga nur qaytaruvchi taglik o‘rnatish orqali uning samaradorligini ortirishning innovatsion eksperimental texnologiyasini o’zlashtirish haqida so‘z boradi (2-rasm). Odatdagi quyosh suv-istikich qurilmalarida faqat qurilmaning ustki tomonidagi quvurlarga tushadigan yorug‘likdangina foydalaniladi. Biz taklif qilayotgan qurilmada quvurlar orasidan o‘tib ketayotgan nur taglikka urilib qaytishi natijasida quvurlarning ostki tomoniga tushadi. Bu esa uning samaradorligini oshirishga yordam beradi.

2-rasm: Takomillashtirilgan quyosh suv isitkich qurilmasi. 1) Qurilma quvurining tashqi qobig'i, 2) Qurilma quvurini ichki qobig'i, 3) Nur qaytaruvchi taglik.
Natija. Ma’lumki, quyosh Respublikamiz hududida qish oylarida kam nur sochadi. Oddiy quyosh suv isitgichi yordamida qish oylarida ham issiq suv olish imkoniyati mavjud. Tajriba sinov ishlari Andijon davlat universiteti “Qayta tiklanuvchi energiya manbaalari” laboratoriyasida bir yil mobaynida kuzatilib, natijalar tahlil qilindi. Olingan natijalardan xulosa qilsak, qish faslida havo harorati o’rtacha 10°C, havo namligi 34%, intensivlik 221 W/m2 bo’lgan vaqtda o’rtacha 35-47°C issiq suv olish mumkin ekan. Endi biz taklif etgan takomillashgan quyosh kollektorida ushbu harorat 45-63°C ni tashkil etdi. Bu esa kundalik turmushda issiq suvga bo’lgan talabning bir qismini qondirish uchun yetarli. Bahor faslida havo harorati o’rtacha 35°C, havo namligi 10%, intensivlik 887 W/m2 bo’lgan vaqtda oddiy kollektorda issiq suvning o’rtacha harorati 70-87°C ga, takomillashgan variantida esa, 90-110°C ga teng bo’ldi. Yoz faslida havo harorati yuqori bo’lganligi sabab tashqariga uzatilayotgan suv harorati har ikkala turida ham 100°C, oddiy kollektor ichidagi suv harorati 120°C gacha, takomillashgan quyosh kollektorida esa 145-150°C gacha yetdi.
Qolaversa, har ikkala (oddiy kollektorda hamda takomillashgan kollektor) kollektorlarning temperaturasini vaqt bo’yicha o’zgarishlari havo harorati o’rtacha 17°C, havo namligi 30%, intensivlik 310 W/m2 bo’lgan vaqtda o’lchandi va quyidagi natijaga erishildi.

Nomi 



0

2

4

6

8

10

12

14

16

18

20

22

24

26

28

30

Oddiy kollektor



20

21

22

24

25

26

27

28

29

30

31

31

31

31

32

32

Takomillashgan kollektor



20

22

24

26

28

30

32

33

35

36

37

37

38

39

40

41

1-jadval: Oddiy hamda takomillashgan quyosh kollektorlarini isish haroratini vaqtga bog’liqligi.
1-jadvaldan ko’rinadiki, takomillashgan quyosh kollektori suvi oddiy kollektorga nisbatan tezroq hamda yuqoriroq haroratga erishar ekan
Xulosa. Ushbu natijalardan ko’rinadiki, issiq suvga bo’lgan ehtiyojning 70-80% miqdorini an’anaviy energiya resurslaridan foydalanmasdan noan’anaviy, ekologik toza hisoblangan quyosh energiyasi yordamida suv isitgich - kollektorlar yordamida qoplash mumkin.
Natijalardan xulosa qilinsa issiq suv ishlab chiqarishning an’anaviy vositasini o’rnini bosuvchi noan’anaviy vositalarning mavjud bo’lgan samaradorlik darajasini oshirish uchun ko’proq izlanishlar va tajriba ishlari zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. Nnamdi Ogueke, Val Ekechukwu, Emmanuel E. Anyanwu, (2009) A review of solar water heating systems, Journal of Renewable and Sustainable Energy, 1, 043106. DOI: 10.1063/1.3167285

Download 34.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling