Annotatsiya mazkur bitiruv malaka ishi mavzusi “Boburnoma” asarini oʻrgatish metodikasi


Download 144 Kb.
bet20/22
Sana05.01.2022
Hajmi144 Kb.
#224587
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
КУРС1

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bobur jahonga mashhur “Boburnoma”asarini yaratdi. Unda Movarounnahr, Xuroson, Hindistonxalqlari tarixi,urf-odat va an’analarini, tarixiy shaxslarini,mamlakat tabiiy lavhalarini aks ettirdi. Bobur Xo’ja Ubaydullo Ahrorning “Volidiya”risolasini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qildi,aruz vazni va qofiya masalalariga “Mufassal”asarini yozdi.

Zahriddin Muhammad Bobur adabiyotshunos,tarixshunos olim va shoir sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida muunosib o’rin egalladi.

Bobur o’z ma’rifiy,madaniy,ijtimoiy faoliyatida ilmli kishi (ustoz),ilmni o’rganish uchun ilm talabgori bo’lish g’oyasini oldinga surdi.

Bobur deydi:

Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,

O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.

Men tolibi ilm tolibi ilm yo’q,

Men borman ilm tolibi,ilm kerak.

Bobur ilmli bo’lishni istaganlarni ilmni zo’r havas,ishtiyoq bilan egallashga da’vat etdi.

Bobur axloq-odob va insonparvarlik haqida

Bobur axloq-odob haqidagi qarashlariga yaxshilik,vafodorlikni eng go’zal fazilat sifatida ulug’laydi,yomonlikni jafo keltiruvchi

illat sifatida qarakadi:

Har kimki vafo qilsa,vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz,

Har kimki yomon bo’lsa,jazo topqusidur.

Bobur odamlarni elga yaxshilik qilib,o’zidan yaxshi nom qoldirishga chorlaydi:



Bori elga yaxshilik qilgilki,mundin yaxshi yo’q.

Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshi yo’q,.

Bobur yaxshi xulqlikni,kishilarga yaxshilik qilishni insonni oliyjanobligini hisoblaydi.Bobur mehnat ahlini qadrladiva davlat ahlini tasvirida “mehnat elini”unutmaslikka da’vat etdi.



Davlatga yetib mehnat elin unutma,

Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma,

deydi Bobur.

Boburning bu insonparvarlik qarashlari “Boburnoma” asarida dehqon xo’jaliklarida ishlayotgan qullar,asrlarning achinarli ahvoli tasvirida ham o’z ifodasini topgan.


Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling