Annotatsiya mazkur bitiruv malaka ishi mavzusi “Boburnoma” asarini oʻrgatish metodikasi


Download 144 Kb.
bet5/22
Sana05.01.2022
Hajmi144 Kb.
#224587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
КУРС1

Bitiruv malaka ishining predmeti umumta’lim makablarida o’quvchilarda badiiy estetik didni shakllantirishga xizmat qiladigan adabiyotning nodir namunalarini tushuntirishda interfaol metodlarning o’rni va ahamiyati, o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga ko’maklashuvchi unsurlarni tadqiq qilishdir.

Bitiruv malaka ishining tuzilishi: Kirish, Asosiy qism, Xulosa va tavsiyalar, Foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

II ASOSIY QISM:

Bobur ijodini o’qitishda interfaol “T chizmasi” va “SWOT- universal tahlil” metodlaridan foydalanish

Mumtoz adabiyot namunalarini o’qitishda interfaol ta’limning bahs-munozara, muammoli vaziyat, trening, rolli o’yin, debat, inter o’yin, video-tahlil, taqdimot yoki himoya kabi metodlardan foydalanish ko’zlangan samara omili bo’lib xizmat qiladi, qo’yida “SWOT”, “T” chizmasi, “Tushunchalar tahlili”, “Bumerang”, “Blits so’rov”, “FSMU” kabi interfaol usullarni qo’llash bilan bog’liq jihatlarga to’xtalib o’tamiz.

“SWOT” (Strengths-kuchli jihatlar, Weakness-zaif tomonlar yoki zaiflik, Opportunities-imkoniyatlar, Threats-tashqi muhitda mavjud xavf-xatarlar) metodida o’quv topshiriqlarni ishlab-chiqish, ishtirokchilarda birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlarni ajratish malakasini shakillantirish talab etiladi. Bu metodni amalgaь oshirish uchun kichik guruhlar faoliyati tashkil etiladi.

Guruhlarga mavzular berilib, aynan mavzudagi muammoning kuchli va kuchsiz tomonlari hamda uni rivojlantiruvchi ichki imkoniyatlar bilan birga unga to’siq bo’luvchi tashqi xavf-xatarlar aks ettiriladi. Masalan adabiyot darslarida mavzudagi asar qahramoni yoki voqealik tahlil qilinganda ushbu metoddan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda obrazning kuchli tomonlari, xarakterilagi zaiflik jihatlarini o’quvchilar tahlil qilar ekan, qahramonning imkoniyatlari hamda uning ojizligiga ta’sir qiluvchi xavf-xatar va oqibatlarini o’rganib chiqadilar. Asosan bu metod quyidagi shaklda asar mohiyatini tahlil qilishda, uni strategik rivojlantirishga qo’l keladi.

Bu metodni qo’llashda bir dars oldin mazkur abberviaturani tashkil etuvchi, so’zlarning inglizcha shakli yozib ko’rsatiladi va yozdirib qo’yiladi. Ularning o’zbek tilida tarjimasi so’raladi. Agar tarjima qilishni umuman yoki qisman bilishmasa, shu metod qo’llaniladigan keyingi darsga bu inglizcha to’rf so’zning ma’nosini bilib kelish topshirig’ini berish mumkin. Bu fanlararo aloqa-integratsiyaning kichik bir ko’rinishi bo’ladi.

Shu metod qo’llanishi ko’zlangan mashg’ulot avvalida inglizcha qisqartma so’zni (ya’ni metodning nomini) o’zbek tilida qanday ifodalash mumkinligi haqidagi murakkab bo’lmagan, ayni paytda o’quvchilarni ijodiy fikrlashga yetolovchi muammoli savol qo’yish o’rinli bo’ladi. Bir tajriba o’tkazgan-sinflarning barchasida o’quvchilar qiyinchiliksiz, eng muhimi, ko’tarinki kayfiyat bilan inglizcha “SWOT” ni o’zbekcha, “KZIX” kuchli jihatlar, zaif tomonlar, imkoniyatlar, xavf-xatarlar) tarzida ifodalash mumkinligini topa bildilar va shakliy ko’rinishi qo’yidagicha taklif qildilar.

Bu narsa barcha tajriba-sinflarida mashg’ulot avvalidanoq o’quvchilarda ijodiy fikrlashga, izlanuvchanlikka moyillik uyg’otadi.

Ushbu metod asosida guruhlarga “Farhod va SHirin” dostonidagi Xusrav va Farxod obrazlariga tavsif berish, ularga xos jihatlarni tahlil qilish topshirig’i beriladi. Birinchi guruh berilgan tahlil qolipiga qo’ra Xusravni shunday tavsiflashi mumkin:




Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling