Annotatsiya mazkur bitiruv malaka ishi mavzusi “Boburnoma” asarini oʻrgatish metodikasi


Download 144 Kb.
bet6/22
Sana05.01.2022
Hajmi144 Kb.
#224587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
КУРС1

Kuchli tomoni: hamma narsani zo’rlik, boylik xal etadi deb o’ylayshi.

Imkoniyati: Kuch bilan SHiringa egalik qilish mumkinligi.



Zaif tomoni: Hamma narsani zo’rlik, boylik hal etadi deb o’ylashi.

Xavf-xatar: o’g’li Sheruyaning axloqsizligi, otasini yuz-xotir qilmasligi, qo’l ostidagilarning noroziligi va boshqalar.

Ikkinchi guruhning Farxod haqidagi fikrlari,

Kuchli tomoni: jismoniy imkoniyatlari, ko’p hunar egasi ekanligi, ma’naviy barkamolligi.

Zaif tomoni: ishonuvchanligi, soddaligi aldovni rostdan ajrata olmasligi.

Imkoniyati: jismoniy imkoniyatlari, egallagan xunarlari va muxorala qilish saloihiyati tufayli dushman qo’shinni butunlay yo’q qilishi mumkinligi.



Xavf-xatar: ishonuvchanligi va soddaligidan yovuz kuchlarning foydalanishi.

Har bir fikr mantiqiy dalillar bilan isbotlanishi, bunda, albatta matnga tayanishi shart qilib qo’yiladi. Bu orqali bugungi ta’limga qo’yilayotgan o’quvchilarga ijodiy , mustaqil va tanqidiy tafakkurni shakillantirish vazifasi amalga oshiriladi.

Bu metodni o’qituvchi ijodiy yondashib davom ettirilgan holda yakunlashi kerak. Ya’ni aytilgan tavsiflardan hayotiy, badiiy umumlashma chiqarib, hulosaga kelish topshirig’iniberish mumkin.

Masalan: Xusrav haqidagi fikrlardan insonga tegishli hammiyat, kuch-qudrat, cheksiz boylik kishining o’ziga ortiqcha baho berishga sabab bo’lib, uni ma’naviy tubanlikka yetaklashi va bu zaiflikni keltirib chiqarishi mumkin ekan. Aynan Xusravning hukumdorligi katta xazinaga egaligi uning ojizligi bo’lmish hamma narsani zo’rlik, boylik hal yetadi deb uylashiga olib kelgan.

Farhod uchun xos bo’lgan ishonuvchanlik, soddalik, beg’uborlik bir qarashda doimo simpatiya uyg’otuvchi xarakter xususiyat bo’lib ko’rinadi.

Lekin ular qahramon tushib qolgan muhitga ko’ra zaifligining atributlari tarzida namoyon bo’ldi. O’quvchilarga shuni singdirish kerakki ijodiy yoki salbiy, go’zal yoki xunuk ko’ringan narsalarning haqiqiy bahosi ba’zan inson tushib qolgan muhit, bu muhitda kichik o’zini qanday tutishi yoki unga yuzma-yuz kelgan insonlarning munosabatidan kelib chiqib, boshqacha qimmatbaho olishi mumkin. Bunday ijodiy yechim xulosa orqali o’qituvchi shogirdlarini, g’oyat murakkab, hamisha jumboq kishilik turmushiga tayyorlaydi. Ularga turli hayotiy vaziyatlar turfa sajiyali insonlar bilan yuzlashganda eng to’g’ri yo’l yoki qarorni tanlay olish mumkinligini singdiradi.

T” chizmasi metodi muammoni qo’yish va hal qilishning bir qator jihatlarini tariflash va yechishga imkon beradi. Ishtirokchilar kichik guruhlarga bo’linadi hamda quyida tavsiya etilgan. “T” chizmasi asosida asar qahramonlarning tasviri yoki tavsifini ochib berish barobarida ulargagina xos bqlgan u yoki bu xususiyatlarini ajratadilar. Mumtoz sheriyatidagi ma’shuqa va oshiq obrazlarini bu metod bo’yicha qo’yidagicha o’rganish mumkin.




MA’SHUQA



Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling