Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarni o‘rga
Download 191,49 Kb. Pdf ko'rish
|
1-jadval
Amir Temur portreti № Portret elementlari So‘zlar 1. Bo‘yi Keng 2. Qomati Yo‘g‘on 3 Kallasi Sersoqol 4. Peshonasi Yo‘g‘on 5. Yuzi Katta 6. Qo‘l-oyog‘i Oq-qizil 7. Yelkasi Semiz 8. Barmoqlari Kelishgan 9. Poychasi Qalin 10. Soqoli Baland 11. Qoshlari Keng 12. Ovozi Baquvvat 13. O‘ng qo‘li va oyog‘i Tik 14. Qaddi-qomati Zaxmdor Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 290 O‘quvchilar ko‘rgazmali vositada berilgan portret elementlari va unga mos so‘zni ikki qator qilib ko‘chirishadi. Natijada, bolalarning daftarlarida quyidagicha yozuv paydo bo‘ladi. Topshiriqni bajarish uchun matndan foydalanishga ruxsat beriladi. Bo‘yi baland. Barmoqlari yo‘g‘on. Qomati tik. Poychasi semiz. Kallasi katta. Soqoli sersoqol. Peshonasi keng Qoshlari qalin. Yuzi oq-qizil. Ovozi yo‘g‘on. Qo‘l-oyog‘i baquvvat. O‘ng qo‘li va oyog‘i zaxmdor. Yelkasi keng. Qaddi-qomati kelishgan Bolalar yuqoridagi topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan keyin Amir Temurning ko‘rinishi berilgan o‘rinni matndan qayta o‘qiydilar va uning tashqi ko‘rinishini og‘zaki tasvirlab berishga tayyorgarlik ko‘radilar. Matnda Amir Temurning tashqi ko‘rinishini tasvirlashda nechta rang ishlatilganligini aniqlash va har bir rang qaysi so‘z bilan tugatilganligiga e’tibor berish topshiriladi. O‘quvchilar to‘rt rang orqali ulug‘ bobomizning tashqi ko‘rinishi bayon qilganligini va bu gaplar “edi” so‘zi bi- lan tugaganligini aytadilar. Shundan keyin o‘qituvchi tomonidan kishining tashqi ko‘rinishi bayon qilinar ekan, bu gaplar ko‘proq ichki fe’l-atvori bilan birga bayon qilinishini tushuntiradi. Ushbu matnda bobomizning tashqi ko‘rinishi eng yaxshi fazilatlari bilan qo‘shib tasvirlanganini bayon qiladi va xattaxtaga quyidagi gaplarni yozib qo‘yadi: “U yolg‘onni yoqtirmaydigan, yutuqlardan shodlanib ketmaydigan odam edi. Qo‘rqmas, shijoatli, botir va mard kishilarni yoqtirardi”. Bu gapni o‘quv- chilar xo‘r bo‘lib o‘qishadi va daftarlariga ko‘chirib olishadi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning portret tasviri yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu tariqa portret tasviri orqali ko‘z, soch, yuz, soqol tasvirlari ham ko‘rgazma- li vositalar bilan o‘quvchilarga tushuntiriladi va Amir Temur bobomizning tashqi ko‘rinishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar. Yoshlarni jonajon O‘zbekistonimizga sodiq insonlar qilib tarbiyalash hamda ular- ga bugungi taraqqiyot talablari asosida bilim berish barcha xalq ta’limi xodimlari, maktab o‘qituvchilarining amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Biz bugungi kun o‘qituvchilari o‘z fikrini dadil himoya qiladigan va ijodiy fikrlashga qodir bo‘lgan avlodni tarbiyalab yetishtirishimiz kerak. Bu vazifani ro‘yobga chiqarish uchun, birinchi navbatda, o‘zimiz bugungi kun ilm-fan yutuqlarini o‘rganib, hayot bilan hamohang qadam tashlashimiz, o‘quvchining ko‘proq bilim olishi uchun xilma-xil samarali uslublarni izlab topib, dars jarayoniga tatbiq qilishimiz zarur. Shundagina yosh avlodning jonajon O‘zbekistonimizning munosib farzandlari bo‘lib yetishishi- ga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Download 191,49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling