Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarni o‘rga
Download 191.49 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- “Elim deb, yurtim deb yashagan inson”
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 288 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarni o‘rga- nishda bevosita asar matni ustida ishlashga bog‘liq bo‘lishi, matn ustida ishlashning xilma-xil usullari, ana shular orasidan obrazlarning portretini o‘rganish muhim hisoblani- shi, badiiy asarlarda qatnashuvchi qahramonlar ham bir-biridan farq qilishi, insonlar tashqi ko‘rinishi, xarakterlari, kiyinishi bilan bir-biriga o‘xshamasligi, har bir inson o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga va ichki xislatlarga ega bo‘lishi haqida fikr yuritildi. Kalit so‘zlar: lug‘at ustida ishlash, matn, obraz, asar qahramonlari, matn ustida ishlash, portret, badiiy asar, obrazlarning portreti. Boshlang‘ich sinf darsliklarida berilgan badiiy asarlarda qahramonlar va per- sonajlarning portreti ham bayon qilib boriladi. Badiiy asarlarda voqealar rivoji bilan bog‘liq ravishda unda qatnashuvchi obrazlarning tashqi ko‘rinishi ham aks ettiriladi. Yozuvchilar badiiy asarda olg‘a surgan g‘oyalarini amalga oshirishda unda qatnashuvchilarning tashqi ko‘rinishini tasvirlashdan ham foydalanishadi. Odatda, ijobiy obrazlarning tashqi ko‘rinishi yoqimli tarzda tasvirlanadi. Kishilarn- ing yuz, quloq, ko‘z, burun va gavda tuzilishini tasvirlash o‘quvchida ma’lum bir obrazga nafrat uyg‘otsa, ba’zilariga nisbatan katta hurmat va cheksiz muhabbat uyg‘otadi. Chunki odatiy hollarda insonning ichki his-tuyg‘ulari va kechinmalari ularning ko‘z qarashida, yuz tuzilishida, qo‘l harakatida, imo-ishoralarida ham o‘z ifodasini topadi. Bo‘riboy Axmedovning “Elim deb, yurtim deb yashagan inson” asari parchasi- ni o‘qish davomida buyuk bobomiz Amir Temurning portreti tasvirlangan o‘rinlar- ni o‘qish orqali unga o‘quvchilarning mehr-muhabbati uyg‘otiladi. Matnning butun mazmunida Amir Temurning faoliyati, kurashi va g‘alabasi, o‘z eli va yurti manfaa- ti yo‘lida olib borgan ezgu ishlari bayoniga tashqi ko‘rinishi (portreti) tasviri ham qo‘shilib, buyuk inson to‘g‘risida har tomonlama bilimga ega bo‘lish imkoniyati- ni tug‘diradi. O‘quvchining unga nisbatan muhabbatini uyg‘otadi. Buyuk bobomiz Amir Temuruzoq o‘lkalarda, jang-u jadallarda, o‘z Vatani, eli va xalqi deb kurashdi. Bu yo‘lda ba’zan juda og‘ir voqealarni boshidan kechirganda ham, hech ikkilanmay ozodlik va erk yo‘lida ishonch bilan o‘ta tadbirkorlik ishlatib olg‘a boraveradi. O‘z Download 191.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling