Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarni o‘rga


Download 191.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi191.49 Kb.
#1542610
1   2   3   4
1-jadval 
Amir Temur portreti

Portret elementlari
So‘zlar
1.
Bo‘yi
Keng
2.
Qomati
Yo‘g‘on
3
Kallasi
Sersoqol
4.
Peshonasi
Yo‘g‘on
5.
Yuzi
Katta
6.
Qo‘l-oyog‘i
Oq-qizil
7.
Yelkasi
Semiz
8.
Barmoqlari
Kelishgan
9.
Poychasi
Qalin
10.
Soqoli
Baland
11.
Qoshlari
Keng
12.
Ovozi
Baquvvat
13.
O‘ng qo‘li va oyog‘i
Tik
14.
Qaddi-qomati
Zaxmdor


Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion 
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
290
O‘quvchilar ko‘rgazmali vositada berilgan portret elementlari va unga mos so‘zni 
ikki qator qilib ko‘chirishadi. Natijada, bolalarning daftarlarida quyidagicha yozuv 
paydo bo‘ladi. Topshiriqni bajarish uchun matndan foydalanishga ruxsat beriladi. 
Bo‘yi baland. Barmoqlari yo‘g‘on. 
Qomati tik. Poychasi semiz. 
Kallasi katta. Soqoli sersoqol. 
Peshonasi keng Qoshlari qalin. 
Yuzi oq-qizil. Ovozi yo‘g‘on. 
Qo‘l-oyog‘i baquvvat. O‘ng qo‘li va oyog‘i zaxmdor. 
Yelkasi keng. Qaddi-qomati kelishgan
Bolalar yuqoridagi topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan keyin Amir Temurning 
ko‘rinishi berilgan o‘rinni matndan qayta o‘qiydilar va uning tashqi ko‘rinishini 
og‘zaki tasvirlab berishga tayyorgarlik ko‘radilar. Matnda Amir Temurning tashqi 
ko‘rinishini tasvirlashda nechta rang ishlatilganligini aniqlash va har bir rang qaysi 
so‘z bilan tugatilganligiga e’tibor berish topshiriladi. O‘quvchilar to‘rt rang orqali 
ulug‘ bobomizning tashqi ko‘rinishi bayon qilganligini va bu gaplar “edi” so‘zi bi-
lan tugaganligini aytadilar. Shundan keyin o‘qituvchi tomonidan kishining tashqi 
ko‘rinishi bayon qilinar ekan, bu gaplar ko‘proq ichki fe’l-atvori bilan birga bayon 
qilinishini tushuntiradi. Ushbu matnda bobomizning tashqi ko‘rinishi eng yaxshi 
fazilatlari bilan qo‘shib tasvirlanganini bayon qiladi va xattaxtaga quyidagi gaplarni 
yozib qo‘yadi: “U yolg‘onni yoqtirmaydigan, yutuqlardan shodlanib ketmaydigan 
odam edi. Qo‘rqmas, shijoatli, botir va mard kishilarni yoqtirardi”. Bu gapni o‘quv-
chilar xo‘r bo‘lib o‘qishadi va daftarlariga ko‘chirib olishadi. Bunday mashg‘ulotlar 
o‘quvchilarning portret tasviri yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 
Shu tariqa portret tasviri orqali ko‘z, soch, yuz, soqol tasvirlari ham ko‘rgazma-
li vositalar bilan o‘quvchilarga tushuntiriladi va Amir Temur bobomizning tashqi 
ko‘rinishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
Yoshlarni jonajon O‘zbekistonimizga sodiq insonlar qilib tarbiyalash hamda ular-
ga bugungi taraqqiyot talablari asosida bilim berish barcha xalq ta’limi xodimlari, 
maktab o‘qituvchilarining amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Biz bugungi kun 
o‘qituvchilari o‘z fikrini dadil himoya qiladigan va ijodiy fikrlashga qodir bo‘lgan 
avlodni tarbiyalab yetishtirishimiz kerak. Bu vazifani ro‘yobga chiqarish uchun, 
birinchi navbatda, o‘zimiz bugungi kun ilm-fan yutuqlarini o‘rganib, hayot bilan 
hamohang qadam tashlashimiz, o‘quvchining ko‘proq bilim olishi uchun xilma-xil 
samarali uslublarni izlab topib, dars jarayoniga tatbiq qilishimiz zarur. Shundagina 
yosh avlodning jonajon O‘zbekistonimizning munosib farzandlari bo‘lib yetishishi-
ga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. 

Download 191.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling