Annotatsiya. Mazkur maqolada Buyuk Turk xoqonligining g‘arbiy qismi bo'lgan G'arbiy Turk xoqonligi davrida xoqonlar va mahalliy sulolalar tomonidan zarb etilgan tangalar haqida so'z yuritildi


Download 17.99 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi17.99 Kb.
#1547680
1   2   3
Bog'liq
TANGALARДокумент Microsoft Word (2)

Adabiyotlar tahlili. G’arbiy Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyoda zarb qilingan tanga pullarni o’rganishda G’.Boboyorov, M.E.Masson, E.Rtveladze, O.I.Smirnova, Ye.V.Zeymal, M.Is’hoqov va L.Baratova kabi tadqiqotchi olimlarning xizmatlari beqiyos. G’aybulla Boboyorov muallifligida yozilgan “G’arbiy Turk xoqonligi ilk tangalari”, Qadimgi turkcha unvonli Toxariston tangalari” nomli kitoblar va “Tun Yabg’u – xoqon” nomli risolalar orqali G’arbiy Turk xoqonligi davri tangalarini keng miqiyosda chuqur tadqiq qilindi. > XumOyuN: Shuningdek, I.Yusupova “O’rta asr numizmatik materiallarining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini o’rganishdagi ahamiyati” va M.Is’hoqov, I.Xudaynazarov “Yordamchi tarixiy fanlar” kabi o’quv-qullanmalar ham chuqur tadqiqotlar natijasida yozilgan.
Tadqiqot metadologiyasi. Maqolani yozish davomida ilmiy adabiyotlar tahlili, taqqoslash, qiyoslash, analiz, umumlashtirish va birlashtirish, tarixiylik metodlaridan foydalanildi.

Muhokama va natijalar. G'arbiy Turk xoqonligi hududlari Tun yabg'u xoqon (618-630) davrida O'rta Osiyo bilan birgalikda sharqiy Turkiston, shimoliy Hindiston, Afg'oniston, Xuroson, shimoliy Kavkaz, shimoliy Qora dengiz bo'ylarini ham o'z ichiga olgan yirik saltanatga aylanadi. Xoqonlik tangalari "xoqon", "xotun", "jabg'u", "yabg'u", "jabg'u-xoqon", "tegin", "tutuq", tarxon" kabi o'nlab turkiy unvonlar bilan zarb etilgani aniqlangan[1]. Shuningdek Turk xoqonligi davrida hokimliklar xoqon xonadoni vakillari bo'lib ular yuqoridagi unvonlar bilan tangalar zarb etirish huquqiga ega bo’lishgan.
Chochda tanga zarb etish to'rtinchi asrdan oldinroq boshlanib, ilk o'rta asrlarda choch tangalari nusxalari nixoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Chochda tanga zarb etadigan bir qancha ustaxonalar markazlari mavjud bo’lib ularda tanga zarb qilish uslublari turlicha va xilma-xil bo’lgan. Chochda VI-VII asrlarda bir necha xilda ko'plab tangalar zarb qilingan. Ularda So'g'd yozuvlari, tamg'alari, podshoning boshi yoki rafiqalarining rasmi ifodalanar edi. Tanga pullar xilining ko'pligi Chochda pul savdosini juda ham rivojlanganligini ko'rsatadi[2] . Toshkent vohasidan topilgan, VI-VII asrlarga oid tangalar yaxshi saqlangan. Mis tangalardagi so'g'diy yozuvlarda – “Tardu xoqon”, “jabg'u xoqon tangasi” va “Tun jabg'u xoqon tangasi” shaklida o'qib chiqilishi ilk bor g'arbiy Turk xoqonligi hukmdorlari o'z nomidan tanga zarb qildirganlar, degan fikrga asos beradi. Jumladan, Tun yabg'u xoqon (618-630) tomonidan zarb qilingan, ushbu turdagi tangalarning uchta asosiy tipi:
630- yildan keyingi davrlarda g'arbiy Turk xoqonligi Xitoyning Tan sulolasi ta'siri ostiga tushib qoladi, bu davrdan boshlab 690- yilgacha yani, Tan imperiyasi ta'siridan va qaramligidan ozod bo'lgunga qadar O'rta Osiyoning Xitoy bilan aloqalarning kuchayishi natijasida O'rta Osiyoning ayrim hududlarida Xitoy namunasidagi tangalar zarb etila boshlandi. Ko'p asrlar davomida Xitoyda mis (yoki bronzadan) ishlangan, o'rtasida kvadrat tarzidagi o'yiqli tangalar yagona pul vazifasini bajargan. Ular zarb etilmagan balki, metalni quyma tarzida ishlangan. Shunday xitoy tangalariga oxshash (xitoy ierogliflarisiz) o'rtasi o'yiq quyma tangalar So'g'dda, Buxoro vohasida, Farg'onada, Yettisuvda va Amudaryo bo'yi viloyatlarida chiqarilgan. Bundan tashqari VII-VIII asrlarda Chochda zarb qilingan, mis tanga o'rtasi kvadrat teshikli, xitoy tangalariga taqlidan ishlangan. Tanganing aversidan - “Ilohiy xoqon” jumlalari o'rin olgan. Tanga G'arbiy Turk xoqonligi 650-yillar oxirida Tan imperiyasiga qaram bo'lgan muddatda zarb qilina boshlangan. Bu tanganing hajmi 2,0 sm, og'irligi 1,5 gr[4] .
Tangalarning o'rtasida to'rtburchak teshiklarning bo'lishiga bir qancha sabablar bor : Masalan, tangalarga yengillik yaratib, olib yurishga (arqon va iplarga tuzib) qulaylik yaratadi, shuningdek tanga qo'yilgan metallni tejashga zamin yaratish bilan bir qatorda, oziga hos davr belgisi vazifasini o'taydi.
Yaqinda Samarqand muzey kolleksiyasidan V-VI asrlarga oid Farg'onaning tangasini topishga muvaffaq bo'lindi. Qadimiy yozuvi bo'lgan bu yodgorlik o'sha davr xalqlarining tilini o'rganishimizda yakka-yu yagona yodgorlik hisoblanadi. Keyinchalik VII-VIII asrlarda Farg'onada to'rtburchak shaklidagi teshikka ega bo'lgan So'g'd yozuvi tushirilgan tangalar chiqarilgan[5].
G`arbiy Turk xoqonligi davrida Samarqand hukmdor (ixshid)lariga Turk xoqonlari tomonidan ,,emitent” huquqi berilgan. Samarqand hukmdorlari VII asrning ikkinchi yarimidan boshlab zarb etgan tanga pullari, Choch hukmdorlari zarb etgan tanga pullar singari o’rtasi kvadrat o’yiq teshiklarga ega bo’lgan. Bundan ko’rinadiki VII asr ikkinchi yarimidan Samarqand hukmdorlariga ham, Tan imperiyasi tasiri bo’lgan.
VII asr ikkinchi choragidan Samarqand podsholari Sug’d yozuvi bitilgan mis tangalarni zarb qilganlar. Mazkur tangalarda kichik hokimlar o’z unvon va ismlarini, shuningdek tanga zarb etilgan joy ko’rsatib o’tganlar. Masalan: Panch (Panjikent) yoki Seyiston va hokazo[6].
Samarqand hokimlarining chiqargan tangasidan qo'shni Ustrushona (Jizzax va O'ratepada) viloyatida VI-VIII asrlarda zarb qilingan tangalar tubdan farq qilgan. Ularda to'rtburchak shaklidagi teshiklar bo'lmay balki, hukmdorning rasmi va So'g'd yozuvida hukmdorlarning nomi va unvoni hamda tamg'asi ifodalangan[7] .
G'arbiy Turk xoqonligi hududlardan Buyuk Ipak yo'lining markaziy shaharlari joylashganligi ham, xoqonlar bilan bir qatorda mahalliy hokimlar ixshidlar, tudunlar, xudodlar, dehqonlar va malikshohlarga o'z tanga pullarini zarb ettirish uchun turtki bergan.
Turk xoqonligi tangalarining o'ziga xos xususiyatlariga, tangalardagi turkiy unvonlar So'g'd tilida yozilganligi, xoqon va xotunlarning yonma-yon tasvirlanganligi, yabg'u va jabg'ularning muhr va tamg'alari tasviri, suvoriy tasvirlarga ega ekanligi kiradi.
Shuningdek, VI-VIII asrlarda Chochda zarb etilgan tangalarda, otliq hukmdor yеlkasiga o'q-yoy osgan holatdagi; to'g'riga yuzlangan hukmdor va malika-xotun tasviri aks etgan; so'l tomonga yuzlangan ikki o'rkanchli tuya tasviri aks etgan; o'ngga yuzlangan bars (qoplon) tasviri aks etgan; otliq hukmdor va uning oldida qo'lida ashyo (qut-baraka ramzi) tutgan (iloha Umay timsolidagi) malika-xotun tasviri; taxtda o'tirgan hukmdor tasviri, boshining chap tomonida yarim oy va uning ostida sakkiz qirrali yulduz tasvirlari o'rin olgan[8]. Bu tasvirlar orqali G’ariy Turk xoqonligi davri diniy etiqodlaridagi totemlarning ahamiyati va xoqonlarni hokimiyatda mutloq monarxiya bo’lganligini bilishimiz mumkin.


Download 17.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling