Annotatsiya mundarija Kirish


Download 196.38 Kb.
bet3/3
Sana26.06.2020
Hajmi196.38 Kb.
#121832
1   2   3
Bog'liq
3 ni 3 ga ko'paytirish

Mavzunu mustahkamlash.

“Kim chaqqon?” o’yini o”tkaziladi. Misollarning javobini tez va chaqqon hisoblab topgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.


Namuna: 3*2=6




  1. Baholash Darsda faol qatnashganlar rag’batlantiriladi.



  1. Uyga vazifa berish.

  1. misol. Qo’shishga oid misollarni ko’paytirishga oid misollar bilan almashtiring. Namuna: 2+2+2+2+2=2*5=10

  2. misol.

24

70 - 46 + 27= 24+27=51

Darsimiz tugadi. Salomat bo’ling.

1.4. Ko’paytirishning hadlari bilan tanishtirish” mavzusi yuzasidan dars ishlanma

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu: Ko’paytirishning hadlari bilan tanishtirish.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ko’paytirish, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi

ko’paytuvchi, ko’paytma.

Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 minut

Mavzuning qisqacha ta’rifi: Ko’paytirishning hadlari, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi ko’paytuvchi, ko’paytmaning ma’nosi haqida bilim berish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Metod: Evristik, interfaol, muommoli izlanish metodlaridan foydalanish.

Shakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash, qiziqarli o’yin.

Jihoz: 2-sinf matematika darsligi, mavzu asosida tayyorlangan slayd, didaktik materiallar.

Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’zini-o’zi nazorat qilish.

Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:

Ta’limiy: Ko’paytirishning hadlari bilan tanishtirish, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi ko’paytuvchi, ko’paytmaning ma’nosi haqida bilim berish.

Tarbiyaviy: Har bir matematik muommolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Kutilayotgan natija:

Dars yakunida o’quvchilar ko’paytirishning hadlari, birinchi ko’paytuvchi, ikkinchi ko’paytuvchi, ko’paytmaning ma’nosi yuzasidan yangi bilimga ega bo’ladilar.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi Bajariladigan ish nomi Metod Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

O’quvchilar davomati aniqlanadi.

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.

Suhbat

2 daqiqa

2-bosqich

(Reflektsiya)

Ehtiyojlarni

aniqlash

Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan

qoidalar belgilanadi.

Dars shiori ishlab chiqiladi.

Munozara

2 daqiqa

3-bosqich

O’tilgan

mavzuni

mustahkamlash.

a) Uy vazifasini tekshirish.

b) O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

1.5. Mavzu: 3ni ko’paytirish va 3 ga bo’lish jadvali bo‘yicha misollar yechish

Maqsad:

Dars turi: noan’anaviy

Dars uslubi: savol- javob, klaster, muammoli vaziyat, krossvord, suhbat, tushuntirish, ko’rsatish.

Dars jihozi: tarqatma materiallar,ko’rgazmali qurollar, kompyuter, DVD moslamasi, televizor, darslik.

Darsning borishi:

t/r Dars bosqichlari Ajratilgan vaqt

1 Tashkiliy qism

2 Uy vazifani so’rash va baholash

3 Yangi mavzu bayoni

4 Mustahkamlash

5 Uyga vazifa berish va baholash

Ta’limiy: Tarbiyaviy: Rivojlantiruvchi 3ni ko’paytirish va 3ga bo’lishga doir masala va misollarni jadval orqali yechishni o’rgatish;

Har bir masalani ahillik,birdamlik,hamji hatlik,hozirjavoblik bilan bajarish fazilatini tarbiyalash;

Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

1.Tashkiliy qism:

a) salomlashish

b) davomatni aniqlash

d) ma’naviyat daqiqasi

O’qituvchi milliyligimiz haqida, Navro’z hamda bahor fasli olib boriladigan ishlar haqida suhbatlashiladi.

s) o’quvchilarni darsga hozirlash

2. Uy vazifani so’rash va baholash:

O’quvchilardan uy vazifani so’rash uchun ularning daftarlarida tayyorlab kelgan topshiriqlar tekshiriladi.

So’ngra ular o’rtasida “Qaynoq kartoshka” mashqi o’tkaziladi. Bunda o’quvchilarning 2 ga ko’paytirish va 2 ga bo’lish jadvalini o’zlashtirganligi tekshiriladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga tomon qaynoq kartoshkalarni uzatadi. O’quvchilar esa darrov ushlab javobini qaytaradi. Javob berolmagan o’quvchi kuyib qolib yutqazadi. Bu o’yinni kichik guruhlarda ingliz tilida ham o’tkazsa bo’ladi.

Masalan:- Two multiply two is?

- Four


- Two multiply five is?

- Ten


Yakunda guruhlar to’plagan ballar hisoblanadi. G’olib guruhga rag’bat sifatida beshyulduz beriladi.

3. Yangi mavzu bayoni:

Mavzu doskaga yoziladi. Bugungi dars bayoni misol va masalalar kompyuter moslamasi orqali slaydda namoish etiladi.

yulduzchalardan mosini oymomoga joylang!

*3 21 6 9 12 15

2-misol sabzavotlar ortiga yozilgan bo’lib o’quvchilar ularni o’z savatlariga joylaydilar.

3- masala slayd orqali ko’rgazmalar bilan namoish etiladi.

O’quvchilar ularni bajaradilar

27:3=9

O’quvchilar vazifani bajarguncha o’qituvchi guruhlarga topshiriqlar beradi. Ushbu topshiriqlarni bajarishda ular krossvorddan foydalanib “Assalom Navro’z” so’zini hosil qiladilar.

4. Mustahkamlash:

O’quvchilarning fikri umumlashtirilib, ularning amal hadlarining nomini qanchalik bilishlari tahlildan o’tkaziladi.

O’quvchilar “Tezda to’ldir” mashqidan foydalanib jadvalni to’ldiradilar.

Ko’paytuvchi 3 3 3 3 3 3 3

Ko’paytuvchi 3 4 5 6 7 8 9

Ko’paytma



5. Uyga vazifa berish va baholash:

O’quvchilarning darsga bo’lgan faolligi hamda mustaqil fikrlari inobatga olinib, rag’batlantiriladi. O’quvchilar bilimi baholanadi. O’quvchilarga uyga vazifa 5-6-misollarni yechib kelash topshirig’I beriladi.



X U L O SA VA TAVSIYALAR

Matematika o’qitishda tashkil etilgan sodda masalalarni yechish o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechshni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog`liq bo’lgan tomonlarini tushunishlariga imkon beradigan faoliyat turlaridan biridir.

Hozirgi paytda yangi axborot va pedagogik texnologiyalar rivojlangan bir paytda boshlang`ich sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan an`anaviy usulda o’qitish emas balki, o’quvchilarning o’qishga, bilim o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga

qaratilgan o’qitishning noan`anaviy shakllarini ta`lim jarayoniga tadbiq etishdek muhim vazifalar qo’yilgan.

Masala ustida og'zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik atamalar tiliga o'tkazish kerak va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv

(chizma, jadval) shaklida ifodalash kerak. Ikkinchi sinfda, matem atik model masalalar bilan tanishtirishda yoki murakkabroq masalalarni yechishda to'la predmet, ko'rsatmalilikdan (masalan, masala berilganlarining hammasi predmetlar bilan ko'rsatilganlik- dan) sekin asta to'la bo'lmagan ko'rsatmalilikka (masalan, masalaning hamma berilganlari to'la predmetlar bilan tasvirlanmagan- likka) o'tiladi, so'ngra shartli qisqacha yozishga (grafik tasvirlash- ga) o'tiladi.

Shuni nazarda tutish kerakki, hamma hollarda ham qisqacha yozishni bajarish bilan birga masala sharti analiz ham qilinadi. Qisqacha yozishning vazifasi

ana shundan iborat. Haqiqatdan, masalani qisqacha yozish o'quvchi xotirasiga

tayanch bo'lib, souli ma'lumotlarni tushunish va yaratish imkonini beradi, bu

ma'lu-motlarni masalada nima berilganligini va nimani izlash kerakligini aniqlashga yordam beradi Shunday qilib didaktik o’yinlardan matematika o’qitish jarayonida foydalanish o’quvchilarning matematik bilimlarini rivojlantirish usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birgalikda mukammal tashkil etilgan didaktik o’yinlar o’qitish samaradorligini oshirishning eng yaxshi ususllaridan biri sifatida bo’lishi ham mumkin. Shu sababli boshlang`ich ta`lim o’qitishning 2-sinflarida matematika fanidan ko’paytirish jadvalini misollar orqali yechishga oid didaktik o’yinlarni to’g`ri tashkil etish, undan oqilona foydalanish, o’yinning turli shakllarini tashkil etish va unda turli didaktik vositalardan imkon darajasida foydalanish ta`lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida qaralmog`i maqsadga muvofiqdir.



Tavsiyalar

      1. Boshlang‘ich sinflar ta‘lim jarayonida matematika darslarida 3 sonini ko‘paytirish va 3 soniga bo‘lish tushunchasini shakllantirish;

      2. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida sonli ifoda, harfiy ifodalarni o‘rgatish usullarini aniqlash;

      3. Boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilarini tenglamalar tuzib masalalar yechishga o‘rgatish metodikasini yoritish;

      4. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarni tengsizlik tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz T.: O’zbekiston 2017 yil

2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: O`zbekiston, 2000yil

3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har

bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak T.: O’zbekiston 2017 yil

II. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar:

1. Boboyev O.P., Shamsiyeva G.F. Matematikadan qo`shimcha masala, mashq va

misollar T.: Turon-Iqbol, 2017 yil

2. Jumayev E.E. Boshlang’ich matematika nazariyasi va metodikasi T.:Turon - Iqbol 2012 yil

3. Ahmedov M., Abdurahmonova N., Jumayev M. Matematika 1-sinf Turon–iqbol

T., 2017 yil

4. Abdurahmonova N. O`rinboyeva L. Matematika 2-sinf II-nashr Yangi yo`l Poligraf servis T., 2017 yil

5. Burxonov S., Xudoyorov O`., Norqulova Q. Matematika 3-sinf Sharq nashriyot

Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi T., 2017 yil

6. Bikbayeva N.U., Yangiboyeva E. Matematika 4-sinf O`qituvchi, 2015 yil

7. Mardanova F. I. Matematikadan test topshiriqlari 3-sinf. O`qituvchi, Toshkent

2016 yil

8. Bozorova.M.Q, Norpo‘latova. X.A, Olimov.Q.T Ta’limni faollashtiruvchi

metodlar. O‘quv qo‘llanma. Termiz 2011yil.

9. Bikbayeva N. U. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. .:

O’qituvchi, 1996 yil

10. Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi T.: 2005 yil

11. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G’. Boshlang’ich sinflarda matematikadan

fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi T.: TDPU 2005 yil

12. Jumayev M.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va

metodikasi (KHK uchun) T.: Ilm-Ziyo 2005 yil

13. A.A’zamov, B.Haydarov. Matematika sayyorasi Toshkent “O‘qituvchi” 1993 yil



  1. M.A.Mirzaahmedov, A.A. Raximqoriyev, Matematika 5- masalalar to‘plami, Toshkent, “O‘zbekiston ensiklopediyasi” 2007

  1. Yo. Saitov “Matematika va matematiklar haqida” Toshkent. “O‘qituvchi”1992






Download 196.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling