Annotatsiya Ushbu kurs ishida jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning vositalari, Shikastlanganda, baxtsiz hodisa sodir bo`lganda va jarohatlanganda


Birinchi yordam koʻrsatish algoritmi quyidagicha


Download 58.3 Kb.
bet8/9
Sana09.06.2023
Hajmi58.3 Kb.
#1471957
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shikastlanganda birinchi tibbiy yordam

Birinchi yordam koʻrsatish algoritmi quyidagicha:
Bemorga “nima boʻldi?” savolini bering. Albatta siz bunday holatda ahmoqona koʻrinishingiz mumkin, ammo aynan shu savol yordamida bemor nafas olyaptimi yoki yoʻqmi, bilib olishingiz mumkin. Aynan, mana shu holat orqali keyingi taktikangizni belgilab olasiz.
Agar bemor umuman nafas olmayotgan boʻlsa unga “kuchliroq yoʻtal, yana yoʻtal, qani boʻlaqol” degan buyruqni bering – yaʼni bemorni hushini yoʻqotmaslik uchun, uni stimmulash uchun har qanday soʻz bilan himoya reflekslarini “uygʻoting”. Koʻpincha mana shu chora tadbirlar yordamida kichik oʻlchamdagi yot jismlar nafas yoʻllaridan chiqib ketish uchun yetarli boʻladi.
Agar yot jism 30 soniya davomida chiqib ketmasa yoki bemor xuruj boshlangan vaqtning oʻzida nafas olmaganligini sezsangiz Xeymlix usulini qoʻllash kerak boʻladi.
Bu usulni bajarish texnikasi quyidagicha:
Shikastlanuvchining orqa tomonida turing;
Uni ikki qoʻllaringiz bilan quchoqlang, oʻng qoʻlingizni musht qilib chap qoʻlingiz bilan uni kuchli ushlab oling, qoʻllarni qorinning yuqori sohasiga qoʻying. Yoʻnalish – yuqoriga va oʻzingizga torting. Nafas olish sezilsa – bu yot jismning nafas yoʻllaridan chiqib ketganligidan dalolat beradi.
yoshdan kichik boʻlgan bolalar nafas yoʻllariga yot jism tushganda birinchi yordam koʻrsatish: bolani qorin sohasi bilan bir qoʻlingizga oling, yuzi (boshi) sizning kaftingizda boʻladi, bolaning boshi tanasiga nisbatan pastroqda boʻladi. Soʻngra ikki kurak oraligʻi sohasiga ikkinchi qoʻlingiz kafti bilan 5 marotaba kuchli sirpanuvchi harakat bilan uriladi. Ikkinchi bosqich – bola yuzini yuqoriga qaratgan holda ikknchi qoʻlingizga oling, soʻngra soʻrgʻichlardan bir barmoq pastki sohaga, toʻsh ustiga 5 marotaba turtki beriladi. Amallarni bajarayotganda kuchli harakatlar qilmang, aks holda bolakay qovurgʻalarini sindirib qoʻyishingiz mumkin. Agar yot jism bola ogʻiz-halqum sohasida paydo boʻlsa, u koʻrinib turgan boʻlsa – uni barmoqlar yordamida olib tashlash zarur. Agar yot jism chiqmagan boʻlsa yuqoridagi chora tadbirlar qayta amalga oshirilari, yoki yurak urishi toʻxtagan boʻlsa darhol oʻpka-yurak reanimatsiyasi bajariladi.
1-8 yoshgacha boʻlgan bolalarda Xeymlix usuli bajarilishi: bolani oyoqlaringizni bukkan holda son ustiga qoʻying. Qolgan amallar yuqoridagi tartib boʻyicha bajariladi.
Nafas yoʻllariga yot jism tushganda inson hayoliga keladigan birinchi amal – bemor yelkasiga urish. Yuqorida keltirilganidek bemor orqa sohasiga kuchli urish zarur, ammo shunchaki yuqoridan emas va juda kuchli emas. Xavf shundaki yot jism gravitatsiya qoidasiga koʻra yuqoridan pastga harakat qiladi, natijada yot jism yanada pastroqqa, traxeobronx shoxlariga tushishi va nafas yoʻllarini toʻliq berkitib qoʻyishi mumkin. Bunday vaziyatda birinchi yordam faqatgina – traxeotomiyadir, hattoki tibbiy malakaga ega boʻlgan mutaxassis yoningizda boʻlsa ham bemor hayotini saqlab qolish katta soʻroq ostida turadi. Va soʻngi eng tipik boʻlgan xató – vahima qilish. Vahimaga tushish vaziyatni toʻgʻri baholash va birinchi yordam koʻrsatishga toʻsqinlik qiladi. Vahima hissini oldindan mulyaj yoki qoʻgʻirchoqlarda mashq qilish orqali bartaraf etish mumkin. Shu yoʻl bilan miyangiz kritik holatda yordam koʻrsatish algoritmini tuzadi va qoʻllaringiz oʻz-oʻzidan amallarni toʻgʻri bajarishga moslashadi, bu esa biror bir inson yoki oʻz qadrdonlaringiz hayotini saqlanib qolishga sababchi boʻlishingizga olib keladi.


Xulosa
Xalqimiz tinchligi va sog‘lig‘ini, kerak bo'lsa, G ‘zbekiston kelajagini muhofaza qilish bugungi kunda har bir rahbar xodimdan. Har bir fuqarodan fidoyilik, jonkuyarlik va halol-u pokizalikni talab etadi. Chunki Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mustaqiUigimizning iqtisodiy rivoji va fuqarolarimizning tinch-osoyishta hayotiga XXI asrda tahdid solishi mumkin bo'lgan muammolar, diniy ekstremizm, terrorizm xavfi bilan bir qatorda tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarni bartaraf etish majmuyi eng ustuvor vazifadir. Insonlar hayotini saqlash, ularga bunday vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordamning bekam-u ko‘st kechikmay ko‘rsatilishi fuqaro muhofazasi davlat tizimining asosini tashkil qilishi kerak. Kritik vaziyatlarda hayot va oiim muammosi tug‘ilgan paytda ko‘rsatilishi shart bo‘lgan dastlabki yordamning sifati va darajasi hal qiluvchi boiishi mumkin. Ushbu o‘quv qoilanmanmg maqsadi tibbiyot instituti va tibbiyot kolleji talabalariga favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini o‘rgatish, fuqaro muhofazasi davlat tizimi tuzilishi vazifalari, favqulodda tabiiy, texnogen xususiyatli holatlaming oldini olish, bashorat qilish va oqibatlarini bartaraf etish, vazifalar ko‘lamini imkon qadar yoritishga va tibbiy xizmat tuzilmalarini bosqichma-bosqich tashkiliy tuzilishini, ishlash tartibini, ularni tibbiy, texnik va xo‘jalik ta’minoti bilan tanishtirishga yordam beradi. Shuningdek, o‘quv qo'llanmada favqulodda vaziyatlarda kechiktirib boimaydigan vazifalarni aniq va kechikmasdan bajarish kerak boiganda tabiiy, texnogen hamda harbiy holat sharoitlarida qutqarish tartiblarini yoritishga yondashilgan. 0‘quv qo‘llanmada yoritilgan mavzular 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tibbiyot institutlari, kollejlari talabalarini favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi bo'yicha o‘qitish dasturiga amal qilgan holda yozilgan. Qollanmada keltirilgan mavzular ketma-ketligi o‘quv dasturiga mos holda yoritilgan bo‘lib, talabalarga favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish kursi doirasida mustaqil ravishda bilimlarni egallashga imkon beradi.


Download 58.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling