Annotatsiya Ushbu kurs ishida jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning vositalari, Shikastlanganda, baxtsiz hodisa sodir bo`lganda va jarohatlanganda


Nafas yoʻllariga yot jism tushishi belgilari va birinchi yordam koʻrsatish ketma-ketligi


Download 58.3 Kb.
bet7/9
Sana09.06.2023
Hajmi58.3 Kb.
#1471957
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shikastlanganda birinchi tibbiy yordam

2.3. Nafas yoʻllariga yot jism tushishi belgilari va birinchi yordam koʻrsatish ketma-ketligi


Bunday vaziyat koʻpincha bolalarda kuzatiladi. Bu albatta bolakaylar tabiatining oʻziga xosligiga bogʻliq – ular ovqatlanish vaqtida oʻyin oʻynashga beriluvchan, gapirishga harakat qiladi, yoʻtal yoki aksa urishlari mumkin. Bundan tashqari bolakaylar tashqi atrof jismlarni oʻrganishda ularning taʼmini, mazasini bilish orqali harakat qiladilar, kichik oʻlchamdagi jismlar tasodifan nafas yoʻllariga oʻtib ketishi mumkin. Bolalar ogʻiz boʻshligʻi va himoya reflekslarining toʻliq shakllanmaganligi tufayli bolalarda yot jism tushish ehtimoli yuqori hisoblanadi. 
Katta yoshdagi odamlar esa ovqatlanish vaqtida haddan ortiq koʻp taom isteʼmol qilishlari yoki suhbat qurishlari natijasida nafas yoʻllariga yot jism tushish mumkin. Bundan tashqari katta yoshdagilar spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan vaqtda nerv tizimi himoya reflekslari susayadi, natijada yot jism nafas yoʻllariga oʻtish ehtimoli ortadi.
Ushbu patologiyaning oʻziga xosligi shundaki, yot jism koʻpincha ovqatlanish vaqtida nafas yoʻllariga oʻtib keladi. Nafas yoʻllarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan belgilar 3 bosqichda yuzaga chiqadi:
Boshlangʻich bosqich. Toʻsatdan yuzaga keluvchi kuchli yoʻtal, koʻz yoshlanishi, yuz terisi qizarishi;
Belgilar kuchayish bosqichi. Yoʻtal yanada kuchli namoyon boʻladi, nafas olish deyarli roʻy bermaydi, ammo bemor nafas harakatlarini bajaradi, ogʻiz atrofida koʻkarish kuzatiladi;
Oxirgi bosqich. Nafas olish butkul toʻxtaydi, bemor hushini yoʻqotadi, qisqa vaqt ichida yurak ish faoliyati toʻxtaydi, klinik oʻlim holati kelib chiqadi.
Nafas yoʻllariga yot jism tushgan vaqtda bemor ahvoli quyidagicha boʻladi:
Bemor toʻsatdan gapirishdan toʻxtaydi, kulishi, baqirishi yoki yigʻlashi mumkin, qoʻllari bilan tomogʻini ushlab oladi;
Kuchli yoʻtal kuzatilib, bemor savollarga javob bermaydi;
Bemor nafas olganda xirillash eshitilishi yoki umuman nafas olishi eshitilmasligi mumkin;
Bemor ogʻzini katta ochsada nafas ololmaydi;
Bemor yuz terisi avvaliga qizaradi, soʻngra oqaradi, keyinchalik esa koʻk tus oladi, ayniqsa ogʻiz atrofida koʻkarish yaqqol namoyon boʻladi;
Bir necha soniyalar ichida bemor hushini yoʻqotadi;
Juda qisqa muddat ichida yurak urishi toʻxtaydi va klinik oʻlim sodir boʻladi.
Nafas yoʻllariga yot jism tushganligini bilgan odam birinchi yordam koʻrsatishda har bir soniyadan unumli foydalanadi. Chunki patologik holat qisqa muddat ichida yuzaga chiqadi va birinchi yordam koʻrsatish sifati bemor hayoti bilan baholanadi.

Download 58.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling