M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ББК 54.5 ISBN: 978-9943-319-43-1
0‘ZBEKISTON SOG'LIQNl SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI M. KARIYEV, R. ALIMOV A. SAIDOV HARBIY-DALA JARROHLIGI Tibbiyot oliygohlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma TOSHKENT - 2007 54.5 Q60 Капуcv М. Harbiy-dala jarrohligi. Tibbiyot institutlari uchun o‘quv qo‘l./M. Kari- ycv, R. Alimov, A. Saidov; 0‘zbekiston Rcspublikasi sog'liqni saqlash vazirli- gi, Toshkent tibbiyot akademiyasi. - T.: «0‘zbekiston faylasuflari milliy jami- yati* nashriyoti, 2007. - 208 b. I. Alimov R. II. Saidov A. ББК 54.5 ISBN: 978-9943-319-43-1 © «0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati* nashriyoti, 2007. KIRISH Harbiy-dala jarrohligi zamonaviy jangovar shikastning patogene- zi, klinikasi va tashxis qo‘yish usullari hamda jarrohlik yordami va davolashni urush hududida o'rganadi. Jangovar shikastlarni jarrohlar qadim zamonlardan beri davolaydilar, biroq o'qotar qurollar paydo bo'lishi bilan ularning og'irlik darajasi va asoratlari ko‘paydi. O'q tegish natijasida orttirilgan jarohatlar tig' yoki nayza ta'sirida ort- tirilgan jarohatdan butkul farq qiladi, uiarni davolash ham o'ziga xos xususiyatga ega. O'q tegish oqibatida orttirilgan jarohatlarni samarali davolash dolzarbligi bo'yicha jarrohlikdagi eng ko'zga ko'ringan muammolar - qon ketishni to'xtatish, yara infeksiyasi bi- lan kurashish va og'riqsizlantirishdan iboratdir. Harbiy-dala jarrohligining asoschilaridan biri mashhur rus jarrohi va olimi Nikolay Ivanovich Pirogov hisoblanadi. N.I. Pirogov ama- liyotda tatbiq qilgan tibbiy saralash asoslari, dala sharoitida efirli narkoz va gipsli bog'lamlarni qo'llash, harbiy kuchlarda o‘z-o‘ziga va o'zaro yordam ko'rsatish tamoyillari va boshqalar shu vaqtgacha o'z ahamiyatini yo'qotgani yo‘q. Hozir yadro quroli kashf etilib, yadro urushi ehtimoli bo'lgan bir paytda, jangovar shikastlarning ko'rinishi o'zgacha bo'lishi tabiiy. Yadro urushida aralash shikastlar ko‘p bo'ladi. Kuyish jarohatlari aksariyat ko'pchilikni tashkil qilib, ntexanik shikastlar va nurlanish jarohatlari bilan birgalikda uchraydi. Zamonaviy tezotar qurollar ta’sirida o'q tegish natijasida orttirilgan jarohatlar 40-50 yil awalgi qurol ta’sirida orttirilgan jarohatdan butkul farq qiladi. Zamonaviy urushdagi yalpi jarohatlar tibbiyot xodimlari uchun katta qiyinchiliklar tug'diradi va ularga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bois harbiy-dala jarrohligi haqidagi adabiyotlar, xususan, tala- balar uchun mo'ljallangan darsliklar alohida o'rin egallaydi. Mazkur o'quv qo’llanma harbiy-dala jarrohligining o'zbek tilida- gi namunalaridan biri. Qo’lianmada harbiy-dala jarrohligiga taalluqli bo'lgan zamonaviy jangovar shikastlar to'g'risida ma’lumotlar, tibbiy saralash asoslari va yaradorlarga tibbiy ko'chirish bosqichlarida yor- dam ko'rsatish tamoyillari keng o'rin oigan. Bundan tashqari, alohi- da boblarda travmatik shok, og'riqsizlantirish, termik va nurli kuyish kabi savollar yoritilgan. O'quv qo’llanma O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan yozilgan. 3 Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling