M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Savol va topsbiriqlar
1. Araiash radiatsion shikastlanish deganda nimani tushunasiz? 2. ARSH ning tasniflni keltiring. 3. ARSH kechishining klinik davrlarini aytib bering. 4. Nur kasalligining turli bosqichlarida jarohat kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting. 5. Nur kasalligida suyak to'qimasi regeneratsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib o'ting. 6. ARSH da birinchi tibbiy va vrachgacha yordam hajmi nima? 7. ARSH da birinchi vrachlik yordami hajmi qanday bo'lishi loz- im? 8. RM bilan zararlangan jarohatlarni davolashning o‘ziga xos xu- susiyatlarini sanab o'ting. 15 Mashg‘uIotning maqsadi. Tibbiyot evakuatsiya bosqichlarida L ZM bilan zararlangan jarohatlami davolash va ulaming kechishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini o’rganish. 0‘quv savollari. Ten rezorbtiv xususiyatli ZM (zahar modda) bilan zararlangan jarohatlaming kechishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Jarroh- lik ishlovi vaqtining jarohat kechishiga ta’siri. Iprit, lyuizit, oq fosfor bilan zararlangan jarohatlarga jarrohlik ishlovi berish. Fosfororganik ZM ning jarohatga tushgandagi ta’siri. Zarin bilan zararlangan jarohatlarda birinchi tibbiy yordam, vrachgacha va birinchi vrachlik yordamini ko'rsatish, BrTP (Brigada tibbiy punkti) va ATO (Armiya tibbiy otrya- di) da kombinatsiyalashgan kimyoviy shikastlanganlami davolash. Mashg‘ulot olib borish tartibi. Mashg’ulotlar maxsus jihozlangan laboratoriyalarda, o‘quv xonalarida va klinikaning bog‘lov xonalarida olib boriladi. Talabalarga jarayonning turli bosqichlaridagi bemorlar ko'rsatiladi. 0‘quv xonasida kombinatsiyalashgan kimyoviy shikast- lanish mavzusida savol-javoblar o'tkaziladi. Bog'lov xonasida bemorlar ko’riladi. 0‘quv qo'llanmalar: jadvallar, ZM ni aniqlovchi indikator trub- kalar, kimyoviy razvetka pribori, individual paket, kimyoviy moddalarga qarshi vositali sumkalar. Mashg’ulot tarkibi Dushman jang maydonida kimyoviy qurol qo‘llashi mumkin. Mu- taxassislaming fikriga ko‘ra, bu qurol nafaqat taktik masalalami yechish uchun, balki strategik maqsadlarda ham qo‘llanilishi mumkin. Har bir shaxs zarur bo'lganda ZM qo'llanilganda to'liq yordam ko'rsata bilishi kerak. ZM tasnifi: a) nerv-paralitik: zarin, vi-gazlar; b) umumiy zaharlovchi: sinil kislota, xloratsin; d) bo‘g‘uvchilan fosgen; e) terini o'yuvchi: iprit, lyuizit; 0 psixomimetklar: BZ; g) qo‘zg‘atuvchilar: A) lakrimatorlar (ko'zni yoshlantiruvchilar) ^ CS, xlortsian; B) sternitlar (nafas yoMlari shilliq qavatlari qo‘zg‘atuvchilari) — adamsit. ZM ning shikastlovchi ta’siri bo'yicha tasnifi: 1) steril ta’sirli — dushmanning tirik kuchini tezda yo‘q qilish maqsadida; 2) vaqtinchalik safdan chiqarUvchi - dtisihmanning jaifigdagi qo- 16 biliyatini vaqtinchalik yo‘qotish maqsadida. Ammo har bir ZM ning toksik effekti uning dozasiga bog‘liqdir. Shikastlovchi ta’siri davomiyligiga ko‘ra ZM ning tasnifi: 1. Turg'un ZM. 2. Turg‘un bo'Imagan ZM — ta’sir samaradorligi jssiq vaqtda kuchayadi. Ta’sir davomiyligi 1—2 soat. Ularga sinil kislotasi, xlor- sian, fosgen va boshqalar kiradi. Aralash kimyoviy shikastlanish turlari: 1. Faqat jarohat yoki kuyish yuzasi zararlangani. 2. Jarohat yoki kuyish yuzasi bilan birga teri, nafas a’zolari, me’da ichak tizimi va ko‘zlar zararlangan. 3. Jarohat yoki kuyish yuzasi zararlanmagan, ammo boshqa a’zo va sistemalarda zararlanish bor. Terini o’yuvchi ZM tasnifi. Terini o’yuvchi ZM ga teri va shilliq qavatlari yarali nekrotik shikastlovchilar, organizmga umumiy rezorbtiv ta’sir ko’rsatuvchilar ham kiradi. Bu guruhdan Birinchi jahon uru- shida iprit qo'llanilgan. Iprit hozirgi kunda ham armiya zaxiralarida saqlanmoqda. Bu guruhga uchxloretilamin, lyuizit ham kiradi. Iprit — rangsiz yog'simon suyuqlik bo‘lib, sarimsoq yoki xantal hidi keiadi. Suvdan og'ir bo‘lib, unda yomon eriydi. Degazlovchi vositalar ta’sirida tez parchalanadi. Bug‘, aerozol, suyuq tomchi holida ta’sir ko’rsatadi. Shikastlanishning birinchi belgilari bevesita ZM bilan kontaktda bo‘lgan sohalarda paydo bo’ladi. Iprit universal zahar bo'lib, hujayra oqsillar bilan reaksiyaga ki- rishib, ulami denaturatsiyalaydi. Bundan tashqari iprit hujayra miqyo- sidagi turli bioximik sistemalami ham buzadi. Iprit bilan shikastlan- gandan keyingi trofik o'zgarishlar, reaktivlikning barcha turlarining pasayishi aynan shular bilan tushuntiriladi. Ipritning umumiy rezorbtiv ta’siri simptomlari: ko'ngil aynashi, qusish, tana haroratining ko'tarilishi, gematologik o'zgarishlar. Marka- ziy nerv sistemasi tormozlanishi va vegetativ nerv sistemasining para- simpatik bo‘limlarining ta’sirlanishi xosdir. Bu bradikardiya, yurak ritmining buzilishi, ich ketishi bilan namoyon bo'ladi. Keyinchalik ipritli kaxeksiya rivojlanadi. Ipritning mahalliy ta’siridagi shikastlanishi. Teri shikastlanganda erit- rematoz, bullyoz, nekrotik deriatilar, keyinchalik qiyin davolanadigan yiringli nekrotik yaralar hosil bo’ladi. Yuqori nafas yo‘Harming shikast- lanishi kataral rinolaringotraxeitga, o‘pka shikastlanishi bronxopnevmoni- yaga olib keiadi. Ko‘z shikastlanishi kon’yunktivit, keratokon’yuktivit bilan, oshqozon ichak trakti shikastlanishi gastrit, gastroenterit bilan 17 namoyon bo'ladi. Terming katta sohasi suyuq iprit bilan shikastlangan bo‘lsa, rezorbtiv sindrom rivojlanishi mumkin. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling