Annotatsiya: Ushbu maqola devon va uning qoidalari haqida hamda bunda Alisher Navoiyning “Badoe’ ul-bidoya” devoni debochasida keltirilgan ma’lumotlari haqida ayrim mulohazalarga bag‘ishlanadi. Kalit so‘zlar


Download 20.83 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi20.83 Kb.
#1040763
1   2   3
Bog'liq
Quysinova Shahnoza magistr

Kim qilsa imorateki, maqdur o‘lg‘ay,
Chun ismi kitobasida mastur o‘lg‘ay
Ne choqqacha ul binoki ma’mur o‘lg‘ay,
Ul ism ulus tiliga mazkur o‘lg‘ay.
Alisher Navoiy bu o‘rinda devonni g‘azallar bilan boshlash, g‘azallarni 28 ta harf emas, balki 32 harf (ﭺ -chim , je-ﮋ, ﮒ-gof, va ﻼ-lom-alifni ham qo‘shgan holda) bilan tugallash zarurligi, devonga dastavval Allohga hamd yoki Payg‘ambarga na’t mavzusidagi g‘azallarni joylashtirish, g‘azallariga doir baytlar kiritish, g‘azal matla’sida keltirilgan fikrni maqta’gacha rivojlantirib borish va albatta, devonga janr jihatdan rang-barang she’rlarni kiritishni nazarda tutadi. Alisher Navoiy qasida devon tarkibida emas balki, alohida muqova, jild bo‘lmog‘ini aytib o‘tgan. Ya’ni masnaviy bilan qasidalar boshqakim, ular alohida tom bo‘lg‘ay.Devonda turli navdagi she’rlar masalan, barcha jon bag‘ishlovchi muxammaslar besh ziynatli va jon kabi musaddaslar olti ziynatli; barcha nafli ruboiylar latofatli va nafli qit’alar manfaatlidir. Va barcha yoqimli mustazodlar vasfi ziyoda; tengsiz fardlar lutfda tanho va barcha nomiy muammolar nom yashirmoqda usta; va aziz lug‘zlar barchaning maftunligi oshkor; va bir-biriga zanjir kabi ulangan tarjibandlar bari sevimli; va mo‘tadil tuyuqlar barchasi turkiy uslub ila adabiyotda faraz va she’rda voqe’ bo‘ldi. Maqsad shuki, yoqimli , chiroyli bitmoq. Debocha shuning uchun yozildikim: kishi saltanatda bino qurar ekan, uning peshtoqida ismini yozadi. Qachonki binoga qalbini bag ‘ishlasa, shunda uning ismi boqiy bo‘ladi.
Alisher Navoiyning mazkur devoni aynan yuqoridagi qonun-qoidalarga amal qilingan holda tartib berilgan bo‘lib, unda 11janrga oid jami 1046ta she’r mavjud. Devonga she’rlar quyidagi tartibda joylashtirilgan: g‘azal - 777ta, mustazod - 3 ta, muxammas - 5ta, musaddas - 2ta, tarji’band - 3ta, qita’- 46ta, ruboiy - 85ta, lug‘z - 10ta, muammo – 52ta, tuyuq -10ta, fard - 53ta.
Alisher Navoiygacha tuzilgan devonlarda ko‘ramiz: O‘z davrining “Malik ul-kalom”i bo‘lgan Mavlono Lutfiy devon tartib bergan ijodkorlardan. [A.Navoiy, “Majolis un-nafois”]. Alisher Navoiy Lutfiyning insonparvarligi, yuksak darajadagi donishmandligini alohida hurmat qilgan. Ayni paytda, o‘z ustozining she’rlaridagi tabiiylik, shu tabiiylik zamiridagi zukkolik, shuningdek, tasavvufiy g‘azallardagi teran talqinlarni yuqori baholagan. Mavlono Lutfiyning bizgacha devoni va bir necha asarlari yetib kelgan. Ijodkor devoni kattagina hajmni tashkil qilib, unda shoirning umri davomida yaratgan qasida, g’azal, ruboiy, tuyuq, fard, qit’a kabi lirik asarlari jamlangan. Devon an’anaga ko‘ra hamd, na’t, Shohruh Mirzo nomiga yozilgan qasida bilan boshlanadi. Devonning shoir dastxatidan iborat asl nusxasi bizgacha yetib kelgan emas. Biroq devonning turli davrlarda turli kotiblar tomonidan ko‘chirilgan nusxalarini dunyo kutubxonalarida ko‘plab uchratish mumkin. Shoir she’rlari muxtasar hollarda ham ko‘chirilib bayozlarga kiritilgan. Lutfiy haqida Zaki Validiy, Kuprulzoda va xususan, bizga zamondosh bo‘lgan turk va uyg‘ur olimlari bir qator muhim tadqiqotlarni yaratdilar.Lutfiy devonining Alloh sifatlarini qalamga olgan qayd (murojaat g‘azal) quyidagicha boshlanadi:
Ey ikki jahon birliging isbotina go‘yo,
Zarroti jahon mazharida kun kibi paydo.
Ham avvalu oxirsan-u, ham zohir-u botin,
Ham mabdayi ashyosan-u, ham hayyi tavono.
Bemisl qudrat egasi bo‘lgan Alloh insonni “olami kubro” (katta olam) deb atadi.Uni o‘z nuridan, ma’rifatidan bahramand etdi.
Yana esa shoir she’rida aytilganidek:
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg‘ali,
Ko‘zgudek qildi seni, o‘zini paydo qilg‘ali.
Shu bois inson zotining qalbi, deydi shoir, butun borligi bilan senga vobastadir.
Lutfiy ijodida mavzu ko‘lami keng. Shunday bo‘lsa-da, she’rlari bir qarashda mazmun jihatidan ham, mundarija jihatidan ham mo‘jazgina ko‘rinadi. Aslida esa ulardagi har bir ibora, talqin ba’zan bir g‘azalga siqqudek mazmunga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham bu asarlar umri boqiy, har bir davr kitobxoni uchun maftunkordir.Shoir devoni ijodkorning hayotlik yillaridayoq tartib berilgan. Bu voqea Lutfiyning 85 yoshida ro‘y berganligiga devonning “Sochingni Lutfiy qildi vasfu” so‘zlari bilan boshlanuvchi g‘azalidagi “Mutavval umrini oxir qilib, so‘z muxtasar qildi” misrasidagi “mutavval” so‘zi ishora qilib turadi. “Mutavval” so‘zi abjad hisobi bilan 85 raqamiga to‘g‘ri keladi.Lutfiy bu muddatdan keyin yana 10 yil umr ko‘rgan. Bu yillarda shoirning devoni keng tarqalib ulgurgan edi. Shu bois uning ilk devonidan keyin yuzaga kelgan talay lirik she’rlarini muxlis kotiblar bir butun holda shakllantirganlar. Hozir biz tanishib chiqadigan Lutfiy devoni Filologiya fanlari doktori , professor Sodir Erkinov tomonidan 2009-yilda nashr ettirilgan bo‘lib, devon tarkibiy jihatdan:1ta hamd g‘azal, 1ta na’t g‘azal, 1ta qasida, 325ta turli mavzudagi g‘azal, 45ta ruboiy, 17ta tuyuq, 9ta qit’a jami -399ta she’rdan iborat. Bundan tashqari Lutfiyning fors tilidagi asarlaridan namunalar va Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asaridan olingan Lutfiy va Jomiyning munosabatlaridan lavhalar ham berilgan. Lutfiy o‘z g‘azallaridan birida muxlislariga qarata: “Agar siz mening she’rlarim durlariga mehr bilan quloq tutsangiz, menga bo‘lgan tahsin va iltifotingiz shu bo‘lar edi”, deb yurak so‘zlarini izhor qiladi.

Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling