Annotatsiya: Ushbu maqola devon va uning qoidalari haqida hamda bunda Alisher Navoiyning “Badoe’ ul-bidoya” devoni debochasida keltirilgan ma’lumotlari haqida ayrim mulohazalarga bag‘ishlanadi. Kalit so‘zlar


Download 20.83 Kb.
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi20.83 Kb.
#1040763
1   2   3
Bog'liq
Quysinova Shahnoza magistr

Lutfiyning nazmi duriga solsangiz shohim quloq,
G‘oyati tahsinu anvoi’ inoyatdur manga.
Shoir she’riyati avlodlar ardog‘idadir. Lutfiyning tahlilga tortganimiz devoni nisbatan to‘liq va yangi nashri edi. Shunday bo‘lsa-da, Navoiy mezonlariga taqqoslaganimizda birmuncha kamchiliklarga ega ekanligini yuqorida ko ‘rib o‘tdik.
Alisher Navoiyning “Badoe’ ul-bidoya” devonining o‘zigacha bo‘lgan davrda yaratilgan devonlardan farqi nisbatan va tugal ekanligida ya’ni:

  • Devonga maxsus debocha yozilgan;

  • Devonga 32 harf bilan tugallangan g‘azallar kiritilgan;

  • Har bir harf bilan tugallangan g‘azallarni joylashtirishda avvalida hamd, so‘ng na’t va undan keyin esa boshqa mavzulardagilari joylashtirilgan;

  • G‘azallarning yakpora bo‘lishiga e’tibor berilgan;

  • Oshiqona g‘azallar tarkibiga mav’iza, pand va hikmatlar kiritilgan.

Devon quyidagi misra bilan boshlanadi;
Ashraqat min aksi shams il-ka’s anvor ul-hudo,
Yor aksin mayda ko‘r deb jomdin chiqdi sado.
Ushbu matla’ni tahlili Navoiyshunos olimlar tomonidan turlicha tahlilga tortilgan bo‘lib, quyidagicha: (mazmuni Quyosh kosasidan hidoyat nurlari yorishdi, jomdan “yorning aksini mayda ko‘r” degan sado chiqdi, yoki Ertalab chiqqan quyosh kosasining aksidan hidoyat nurlari porlab ko‘rindi va Xudoning jamolini uning tajallisida ko‘r, deb olamdan sado chiqdi). Bu uning zohiriy tahlili edi endi uning botiniy mazmunini ko‘ramiz: shoir baytning ilk so‘zi “Ashraqat” bilan Qur’oni karimdagi Zumar surasining 69-oyatiga ishora qilgan. Mazkur oyat: “Yer (mahshargoh) parvardigorning nuri bilan yorishur; kitob ( nomai a’mol hozirlab) qo‘yilur; payg‘ambarlar va guvohlar (farishtalar) keltiriladi va ularning o‘rtalarida zulm qilinmagan holda haqqoniy hukm qilinadi”.Ya’ni ushbu oyatda Qiyomat kuni mahshargohdagi ahvol tasvirlangan: mahshargohning faqat Alloh nuri bilan yoritilishi o‘sha kuni Quyosh bo‘lmasligidan dalolat bermoqda. Qur’oni karimning Takvir surasining 1-oyatida: “Quyosh o‘rab qo‘yilganda”, deb marhamat qilinadi.Demak, ilohiy Kalomning dalolatiga ko‘ra, Qiyomat kuni quyosh bo‘lmaydi. Ya’niki, Navoiy hazratlari: “Ey ma’rifat istovchilar, hali quyosh nurlari borligida, hali jom – quyoshdan may- ma’rifat nurlari yog ‘ilib turgan paytda, “Yer Parvardigorning nuri bilan yorishgunga qadar…” ma’rifatdan bahramand bo‘lib qolinglar. Vaqtni g‘animat bilinglar”, demoqchi.[N. Komilov, Bir g‘azal ma’nosi]
Va quyidagi fard bilan yakunlanadi;
Sel yo‘lida fano dashtida mujgonim emas,
Ko‘z alochuqlarining dud yegon o‘qlaridurur.
Ma’nosi: Bu foniy dunyo qiyinchiliklarida azob tortish, o‘tkinchi g ‘amlar ta’sirida bo‘lish, hattoki kiprikkacha o‘rtanish so ‘zlanadi. “Badoe’ ul - bidoya” dagi she’rlar keyinchalik “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan. Alisher Navoiy qalamiga mansub har bir she’r purma’nodir. Ushbu ijod namunalari nafaqat o‘z zamonasi uchun, balki bugun globallashgan texnika asri kishilari uchun ham ahamiyatli va dolzarbligini yo ‘qotgani yo‘q. Kishida ma’naviy, ongiy dunyosini boyitadi, nigohini ravshanlashtiradi. Hali tahlil qilinishi lozim bo‘lgan o‘nlab asarlari, she’rlari mavjud. Ana shunday buyuk daho ajdodlarimizga munosib voris bo‘lmoq burchimizdir.
LUG‘ATLAR
Taarruz- qarshilik qilmoq, tegish, tiqilish;
Shoyi’-yoyilgan, tarqalgan, mashhur bo’lgan;
Avlo – yaxshiroq, tuzukroq eng yaxshisi;
Rioyat- e’tiborga olmoq
Haysiyat – sabab, jihat, vosita, e’tiborga olmoq layoqat;
Ma’vitangiz- vaz-nasihat o‘git;
Tajovuz- o‘tish, chegaradan o‘tish;
Arus – kelin;
Soyir- sayr etuvchi;
Mujallad- jildlangan, muqovalangan, tom;
Ruhafzo- ruhlantiruvchi, jonlantiruvchi;
Dilpazir- ko‘ngilga yoquvchi , yoqimli;
Kiromiy- aziz, hurmatli;
Ravonoso- jon kabi, jonga o‘xshash;
Musalsal- bir-biriga zanjirga o‘xshab ulangan, keti uzilmas soch;
Muxayyal- xayol qilingan, faraz etilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Alisher Navoiy, MAT, 20jildlik.-t.:Fan, 1987-1988. 1-2-jildlar.
2.Yoqubjon Is’hoqov. Alisher Navoiyning ilk lirikasi: Filol. Fan. Nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissert.-T.:1963.
3.O‘zbek adabiyoti tarixi. Besh jildlik. 2-jild (15-asrning ikkinchi yarmi).-T.:Fan,1977.
4.Lutfiy, Devon ; G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, T-2012,
5.Dilnavoz Yusupova Navoiynoma, Devon va risola. Maqolasi. www.kh-davron.uz

Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling