Annotatsiya: Ushbu maqola devon va uning qoidalari haqida hamda bunda Alisher Navoiyning “Badoe’ ul-bidoya” devoni debochasida keltirilgan ma’lumotlari haqida ayrim mulohazalarga bag‘ishlanadi. Kalit so‘zlar
Download 20.83 Kb.
|
Quysinova Shahnoza magistr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Samarqand davlat universiteti 2-kurs magistranti Quysinova Shahnoza Alisher Navoiyning devon tartib berishda mezonlari Annotatsiya: Ushbu maqola devon va uning qoidalari haqida hamda bunda Alisher Navoiyning “Badoe’ ul-bidoya” devoni debochasida keltirilgan ma’lumotlari haqida ayrim mulohazalarga bag‘ishlanadi. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, “Badoe’ ul- bidoya”, devon, aruz, arab alifbosi, Lutfiy. O‘zbek adabiyoti tarixidagi mumtoz asarlar boy xazinadir. Bu xazinani o‘rganish, tadqiq va talqin etish, yoshlar ma’naviy dunyosining milliylik va insonparvarlik zaminida shakllanishiga g‘oyat kuchli ta’sir ko‘rsatadigan vositadir.Ayni paytda o‘zbek mumtoz adabiyoti va o‘zbek milliy ma’naviyatining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini anglash yo‘lida ochqich - kalit vazifasini bajaradigan Navoiy ijodini o‘rganish orqali yoshlarda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirishda muhim omildir. Turkiy xalqlarning “shams ul-millat”i bo‘lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o ‘zining hassos she’riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san’atkoridir. Navoiyning maktabdosh do‘sti, hukmdor Husayn Boyqaro o‘zining “Risola” sida hazrat Navoiyning turkiy tildagi ijodi, xususan, she’riyati hamda “Xamsa” asariga yuksak baho berib, buyuk shoirni “so‘z mulkining kishvaristoni, sohibqironi” deb ulug‘laydi. Alisher Navoiy haqidagi ma’lumotlar 15-asrdan keyingi tazkira, tarixiy va badiiy asarlarda ham keltirib o‘tiladi. Xususan, Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” tazkirasi Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi asosida yaratilgan bo‘lib, tazkiraning birinchi bob, to‘rtinchi faslida “Amir Haydar Alisherning muqaddas yodi” sarlavhasi ostida buyuk shoirning “Xamsa”si va turkiy g‘azallarining umumiy hajmi, forsiy tildagi she’rlaridan parcha keltiriladi.Ya’ni Hasanxo‘ja Nisoriy hazrat Navoiyni tushida ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lganligini va Navoiyning “Bizning ash’orimizdan biror narsa yod bilurmisan?” – degan savoliga javoban quyidagi maqta’ni o‘qiganini aytadi: Ey Navoiy, sen kimu mehrob-u masjid istamak, Qaydakim, xo‘blar ayog‘in qo‘ysa, sen boshingni qo‘y! “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiritilgan she’rlar orasida mazkur maqta’ bilan yakunlanuvchi she’r uchramaydi. Aslida Navoiy qalamiga mansub ko‘pgina she’rlari ilk devon va keyingi devonlarda takrorlangan. Nisbatan oldingi devonlariga qaraganda kullliyot yirik va mukammal. O‘z davridanoq juda mashhur bo‘lgan ushbu asarni Qo‘qon xoni Muhammadalixon 1838-yilda 300 nusxada ko‘chirtirib, xonlikning turli shaharlariga jo‘natgan. Yuqorida ta’kidlaganimiz “Xazoyin ul-maoniy” nisbatan mukammal va hajman yirik, bunday deyishimizga asos Alisher Navoiy Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan keyin uning topshirig‘i bilan o‘zining birinchi rasmiy devoni “Badoe’ ul-bidoya” ga tartib bergani, uning debochasida devon yozish qoidalari haqida aytib o‘tganidir. Quyida devon nima va uni yozish qoidasi haqida fikrlashamiz; Devon - Sharq adabiyotida she’riy to‘plam. Devonda biror shoir she’rlari qofiya yoki radiflariga ko‘ra arab alifbosi tartibida ( qofiyalanib keluvchi so‘zlarning oxirgi harflari asosida ) joylashtiriladi. Sharqda devon tuzish shoirning yetuklik belgisi bo‘lgan, shoirlar o‘z devonlarining mazmunan va shaklan rang-barang bo‘lishiga e’tibor berganlar. Devon tuzish 10-11-asrlardan boshlangan, uning shakllanish davri Shayx Sa’diy zamonasiga to‘g‘ri keladi.O‘zbek adabiyoti tarixida devon tuzish Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy kabi shoirlar ijodi bilan bog‘liq. Alisher Navoiy Sharq adabiyoti tarixida mukammal devon tartib bergan mualliflardan. Devon shoirning o‘zi tomonidan, shuningdek, boshqalar tomonidan ham tuziladi. Navoiy g‘azallarining ilk devoni noma’lum kotib tomonidan tuzilgan (1465). Unda 15-asr adabiyotidagi deyarli barcha she’r shakllarini ko‘rish mumkin. Keyinroq devon tuzish ishiga Bobur, Nodira, Ogahiy, Avaz O‘tar va boshqa shoirlar ham samarali hissa qo‘shganlar. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida Habibiy, Sobir Abdulla va boshqalar devon tuzganlar. Ularda g‘azallar hozirgi o‘zbek alifbosi tartibida joylashtirilgan. Alisher Navoiy o‘zining “Badoe’ ul-bidoya’’ devoni debochasida “… xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortug‘roq, o‘ksukrakkim o‘zlari jame’ qilib erdilar, bag‘oyat mashhur bo‘lub erdi”, - deb yozadi. Devon uni nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov tomonidan shartli ravishda “Ilk devon” deb nomlangan bo‘lib, 391ta g‘azal, 41ta ruboiy, 1ta mustazod, 1ta muxammas-jami 434ta she’rdan tashkil topgan. “Badoe’ ul-bidoya” (“Badiiylikning boshlanishi”) devonini Navoiy do‘sti Temuriyzoda Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan keyin uning topshirig‘i bilan 1470-80- yillarda tartib beradi. Devonning Alisher Navoiy hayotlik davrida (1480, 1482 va 1486-yillarda) ko‘chirilgan nusxalari Parij Milliy kutubxonasida (1480-yil, inv. 746), Britaniya muzeyida ( 1482-yil, inv. 401) va Toshkent shahrida ( 1486-yil, inv. 216, asos nusxa) saqlanadi. Devon mazkur nusxalar asosida filologiya fanlari nomzodlari Sh.Sharipov va M. Rahmatullayevlar tomonidan nashrga tayyorlangan (MAT, 1-jild). Shoir bu devoni uchun maxsus debocha ham yozib, unda devon tartib berish masalalariga to‘xtaladi va quyidagi xususiyatlarni alohida ko‘rsatib o‘tadi: 1. “ Avval budurkim, har kishikim devon tartib qilibdurur, o‘ttiz ikki harfdinki, xaloyiq iboratida voqedurur va ulus kitobatida shoyi’, to‘rt harfg‘a taarruz qilmaydururlar…(Ya’ni, birinchisi kishi devon tartib berar ekan, xalq kitobatida mashhur bo ‘lgan arab alifbosidagi o‘ttiz ikki harf tartibida g‘azalni joylashtirishi, to‘rt harfni inkor etmasdan bajarishlari kerak). 2. Yana bukim, har harf g‘azaliyotining avval bitigan g‘azal bila o‘zga g‘azallar orasida uslub xaysiyatidin tafovut rioyat qilmaydurlar. Muqarrardurkim, har amrda bir lahza haq subhonahu va taolo hamdidin yo rasul alayhissalom na’tidin, yo bu ikki ishga dalolat qilurdek bir amrdin g‘ofil bo‘lmamog‘liq avlodur…(Yana shuki, joylashtirishda keyingi g‘azal oldin bitilgan g‘azal bilan orasida uslub jihatidan tafovut rioya qilmasin, aniqki, har devon Haq subhonahu va taolo hamdidan va Rasul alayhissalom na’tidan yoki ikkisining o‘rnini bosgulik amrdan g‘ofil bo‘lmaslik kerak). 3.Yana bir bukim, go‘yiyo ba’zi el ash’or tahsilidin va devon takmilidin g‘araz majoziy husnu jamol tavsifi va maqsud zohiriy xattu xol ta’rifidin o‘zga nima anglamaydururlar. Devon topilg‘aykim, anda ma’rifatomiz bir g‘azal topilmag‘ay va g‘azal bo‘lg‘aykim, anda ma’vizatangiz bir bayt bo‘lmag‘ay…( Tag‘in buki, ba’zi she’r tahlilidan va devon komil qilishdan maqsad majoziy husn-u jamolning tavsifi va zohiriy hol ta’rifidan o‘zgani anglamaydurlar.Shunday devonlar borki, unda ma’rifatomuz bir bayt topilmaydi va g‘azallar borki, pand-nasihat, o‘git ruhi bo‘lgan bayt uchramaydi). 4.Yana bukim, soyir davovinda rasmiy g‘azal uslubidinkim, shoyi’durur, tajovuz qilib, maxsus nav’larda so‘z arusining jilvasig‘a namoyish va jamolig‘a oroyish bermaydururlar. Va agar ahyonan matlaye maxsus nav’da voqi’ bo‘lg‘on bo‘lsa, hamul matla’ uslubi bila itmom xil’atin va anjom kisvatin kiydurmaydururlar, balki tuganguncha agar bir bayt mazmuni visol bahorida guloroyliq qilsa, yana biri firoq xazonida xornamoyliq qilibdurur… Ul jihatdin sa’y qilindikim, har mazmunda matlaye voqi’ bo‘lsa, aksar andog‘ bo‘lg‘aykim, maqta’gacha surat xaysiyatidin muvofiq va ma’ni jonibidin mutobiq tushkay”. ( Yana biri, devonlar sayrida rasmiy uslubi tarqalgan, imkondan oshib maxsus nav’larda so‘z kelinchagining jilvasini namoyish va jamoliga oroyish bermaydurlar, gar matla’ bir mavzuda voqelansa, hamul matla’ uslubi bilan tugash choponini va libosini kiydirmaydilar, balki tugaguncha bir bayti visol bahorida guloroylik qilsa, yana firoq xazonida g‘amzadalik qiladi. Bu jihatdan harakat qilish kerakki, matla’dagi mazmun maqta’gacha saqlanmog‘ i kerak). 5.Yana masnaviy bila qasoyiddin boshqakim, inshoolloh, alar dog‘i har qaysi boshqa mujallad bo‘lg‘ay, har nav’ she’rdin, masalan, ruhafzo muxammaslar, barcha xamsaziynat; va ravonoso musaddaslar, barcha sittaziynat; va mufid ruboiyot, barcha latofatomuz; va nofi’ muqattaot, barcha manfaatangiz; va dilpazir mustazodlar, barchaning vasfi zoyidul-had; va benazir fardlar, barcha lutfu ravonlikda mufrad; va nomiy muammolar, barchasi ot yoshurmoqda sotir; va kiromiy lug‘zlar, barchaning mabtunlug‘i zohir; va musalsal tarji’lar, barcha marg‘ub; va mu’tadil tuyug‘lar, barcha turkiy uslub bu abyot zaylida muxayyal va bu ash’or xaylida muzayyal bo‘ldi. Va g‘araz bu fihrastdinkim, bu zebo uzorig‘a yozildi, va maqsad bu debochadankim, bu ra’no ruxsorig‘a bitildi, ul erdikim, chun salotindin qay birikim binoe qo‘yubdururlar mann’ va ayvone chekibtururlar rafi’, ul bino ravoqida va ul ayvon toqida o‘z ismlarin tahrir va alqoblarin tanqir qilibdururlarkim, to ul ayvon toqi bo‘lg‘ay, ul ism anda boqiy bo‘lg‘ay: Download 20.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling