Milliy tadqiqot universiteti qarshi irrigatsiya agrotexnologiyalar instituti


Download 2.03 Mb.
bet1/7
Sana19.09.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1681061
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR TA’LIM VAZIRLIGI
1
 
“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI
QARSHI IRRIGATSIYA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
“Asosiy yo’llarni joylashtirish loyihasini tuzish va joylashtirishi iqtisodiy asoslash” mavzusida
T A Q D I M O T
fan o’qituvchisi:
A.A.Tursunov
Har qarich yer – davlatning, demakki, xalqimizning bebaho boyligi hisoblanadi.
SH. Mirziyoyev
Yer tuzish bo`yicha loyiha tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
  • maxsus ruhsat olmasdan yer tuzish loyihalarining amalga oshirilishini nazorat etish, nazorat natijalarini har xil darajadagi ma`muriyatlarga etkazish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash bo`yicha takliflar qilish;
  • yerlarni sug’orish va melioratsiyalash, qishloq xo`jalik korxonalarini va xo`jaliklardagi ichki yo`llarni joylashtirish, noqishloq xo`jalik maqsadlariga yer ajratish loyihalaridagi o`zgarishlarni kelishish;
  • eskirgan yer tuzish loyihalari va chizmalarini qayta ishlash yoki takomillashtirish bo`yicha takliflar qilish.

  • .

Tuman yer tuzish chizmasi asosiy loyiha oldi hujjati hisoblanadi va tuman yer resurslaridan foydalanish va uni muhofaza etishning kelajakdagi (10-15 yildan kam bo`lmagan davrdagi) eng samarali yo`llarini aniqlaydi. U tuman agrosanoat majmuasi va boshqa tarmoqlarini, yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar tizimini rivojlanishtirishning asosiy yo`llarini ko`rsatib beradi.
Loyiha — bu inshootlar, mexanizmlar, binolar, ilg’or
texnologiyalar va boshqalarni yaratish, amalga oshirishning hisob-kitoblari, yo’llari va chizmalari keltirilgan hujjatlar
to’plamidir.

Yer tuzish loyihasi - yer tuzish ishlarini bajarish natijalariga asosan yerga egalik qiluvchi xoʻjalikning amalda va istiqbolda yerdan foydalanish darajasini aniqlab beruvchi hujjat. Yer tuzish loyihasi 4 qismdan: tushuntirish xati, hisob jadvallari, loyiha chizmalari, xuquqiy xujjatlar majmuasidan iborat. Tushuntirish xatida Yer tuzishni loyihalashda bajarilishi koʻzda tutilgan tadbirlarni asoslash nuqtai nazari va yer tuzish manbai (obyekt)ning tabiiy-iqtisodiy sharoitlari bayon etiladi. Yer tuzishni loyihalashning hisob qismi zarur jadval va loyiha yechimlari boʻyicha hisoblash qaydnomalaridan iborat. Barcha hisob-kitob ishlari oʻz navbatida tushuntirish xatida asoslab beriladi. Loyiha chizmalarida qabul qilingan shartli belgilarga asoslangan, loyihalanayotgan joy tafsilotining amaldagi va istiqboldagi holatlari koʻrsatiladi.



Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling