Raqamli iqtisodiyotda hisob to’lov tizimida to’lovlarni amalga oshirishning zamonaviy shakllari
Download 316.71 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaqola
RAQAMLI IQTISODIYOTDA HISOB TO’LOV TIZIMIDA TO’LOVLARNI AMALGA OSHIRISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Moliya va Buxgalteriya hisobi fakultiteti 2-kurs BN-91 guruh talabasi Mamadaliyev Xolmurod Shuxrat o’g’li ANNOTATSIYA:O’zbekistondagi hisob to’lov tizimida to’lovlarning amalga oshirishning zamonaviy turlari va ularga misollar. Hisob to’lov tizimidagi muvaffaqiyatlar. KALIT SO’ZLAR:Benefitsiar, valyutalash sanasi, kliring, to’lov to’lov vositasi, electronpullar, to’lov subagent. АННОТАЦИЯ:Современные виды платежей в расчетной системе Узбекистана и их примеры. Успех в платежной системе аккаунта. ANNOTATION:Modern types of payments in the account payment system in Uzbekistan and their examples. Success in the account payment system. O’zbekistondagi hisob to’lov tizimida hozirda ko’plab yangiliklar olib borilmoqda.Hozirga kelib biz hisob to’lov tizimidan bank kartochkalar kirib kelishini misol qilsak, Oʻzbekiston Respublikasida plastik kartalar Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 26 maydagi « VISA" debet va kredit kartochkalarini muomalaga chiqarishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 268-son qaroriga muvofiq TIF Milliy banki tomonidan muomalaga chiqarila boshlandi. Dastavval TIF Milliy banki va Asaka banklari oʻrtasida yagona plastik kartalar tizimi yaratildi. Bank plastik kartochkalari statistikasiga qaraydigan bo’lsak, hozirgi vaqtda 12940 ta bankomat va infokiosklar mavjud. O’zbekistonda hisob to’lov tuzilmasi rivojlanib bormoqda va bu aholi qulayligi uchun xizmat qilmoqda. Xususan 2022-yil 1-yanvar holatiga ko’ra o’rnatilgan to’lov terminallari soni 433384 dona, muomaladagi bank kartalari 27 mln 105 ming 785 dona, masofaviy bank xizmatidan foydalanuvchilar soni 20 mln 239 ming 751 nafarni tashkil etmoqda. Albatta bu bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni va to’lov xizmatlari ko’payib borayapti: 2022-yil davomida banklararo to’lov tizimi orqali 2 785 trln 651 mlrd so’mdan ortiq to’lovlar amalga oshirilgan bo’lib, bu 2021-yilga nisbatan 47 % ga ortadi.Bu markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan depozit operatsiyalari, bank kartalari tizimi bo’yicha o’tkazilgan kliring amaliyotlari hajmi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy faolligi oshganligi bilan izohlanadi, shuningdek markaziy bankning Hisob-kitob kliring tizimi orqali 36 trln so’mlik to’lovlari amalga oshirildi, 2020 yildagi ko’rsatkichdan 44 foizga oshdi, ya’ni hisob to’lovlarni online amalga oshirish hajmi ortib bormoqda va bu kliring tizimi foydalanuvchilari sonini ko’payishidan dalolat beradi. Biz hisob to’lov tizimidagi qulayliklardan foydali maqsadlarda foydalanamiz. Online to’lov tizimlarini amalga oshirishda ko’plab qulayliklar bor. Chunki biz uyimizdan chiqmagan holda electron masofaviy to’lovlarni amalga oshirishimiz mumkin. Masalan kommunal xizmatlarga to’lov qilmoqchi bo’lsak hozirda click yoki har bir bankning o’zining programmalari bor, shunaqa to’lov tizimlaridan soniyalar ichida osonlik bilan to’lovni amalga oshirishimiz mumkin. Bizga hozirda davlatimizning mas’ul hodimlari tomonidan visa kartalari orqali boshqa chet el davlatlariga pul o’tkazma amaliyotlarini amalga oshirish yo’lga qo’yilgan. Biz hohlagan chet eldagi do’stimizdan pul qabul qilishimiz va yuborishimiz mumkin. Avvalgi davrlardagidek chet elga pul yuborish uchun bankka borib, soatlab navbatda turishimiz kerak bo’lmaydi. Hozirda biz plastik kartalarimizni 1% va undan kam foiz ulushlarida naqd pul qilishimiz mumkin. Hozirda foizi past online to’lovlarni amalga oshirish uchun apelsin programmasi orqali humo kartasidan humo kartasiga foizsiz amalga oshirish mumkin va humodan uzkardga 0.4% ulush olinadi. Bunaqa programmalarni ko’paytirishmiz zarur. Ya’ni mening fikrimcha biz Islom Moliyasiga o’tishimiz juda yaxshi natijalar ko’rsatadi bizga. Hozirda biz foydalanayotgan to’lov tizimlarida foiz ulushi bor, foiz Islomda xarom deyilgan. Shu sababli biz Apelsinga o’xshagan programmalarni mutasaddilardan ishlab chiqishini so’raymiz. Tovarlar va xizmatlarni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar to‘lovlarning bank kartalaridan foydalangan holda qabul qilinishini ta’minlashi shart.To‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi o‘z bank hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatadigan to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchining masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimidan foydalanishga yoki boshqa to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchining xizmatlaridan foydalanishga, basharti to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchida bunday foydalanishning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lsa, axborot xavfsizligi va to‘lov xizmatlaridan barcha yetkazib beruvchilar teng foydalanishini ta’minlashga doir talablarga rioya etgan holda haqli bo‘ladi.To’lov tizimini amalga oshirar ekanmiz, bunda biz O’zbekiston Respublikasining “To’lovlar va to’lov tizimlari” to’g’risidagi qonunga muvofiq amalga oshirishimiz darkor:toʻlov tizimining ishlash tartib-taomillari, shu jumladan toʻlov tizimida toʻlovlarni amalga oshirish, toʻlov xabarnomalari formatlarining qoʻllanilish tartibi, toʻlov tizimining ish jadvali va toʻlov tizimidagi tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi toʻlov tizimi operatori koʻrsatayotgan xizmatlarning va toʻlov tizimida amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi, toʻlov tizimida ishtirok etish shartlari va boshqalari. O’zbekistondagi hisob to’lov tizimlarining zamonaviy shakllariga banklarning electron ilovalarini misol qilsak bo’ladi. Ularning ko’p turlari mavjud bo’lib, hozir quyidagi hisob to’lov turlarini ko’rishimiz mumkin: Bank hisobvaragʻidanfoydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish. va amalga oshirish; naqd pul mablagʻlarini bank hisobvaraqlariga, shu jumladan uchinchi shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun qabul qilish; toʻlovchi tomonidan bank hisobvaragʻini ochmagan holda toʻlovni amalga oshirish uchun naqd pul mablagʻlarini qabul qilish; elektron pullarni chiqarish va qoplash; bank kartalarini chiqarish, elektron pullarni va bank kartalarini realizatsiya qilish. O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga asosan to‘lov hujjati qog‘ozda tuzilgan yoki elektron shaklda shakllantirilgan hujjat bo‘lib, to‘lov uning asosida yoki yordamida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lovlarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi: to‘lov topshiriqnomasi; to‘lov talabnomasi; inkasso topshiriqnomasi; memorial order; akkreditivga ariza; kirim va chiqim kassa to‘lov hujjatlari. To‘lov hujjatlarining shakllari, majburiy rekvizitlari va ularning mazmuniga doir boshqa talablar, elektron to‘lov vositalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom yangi tahrirda ishlab chiqilgan holda Adliya vazirligida 2020 yilning 13 aprelida 3229-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi.Unga ko‘ra: Download 316.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling