Annotatsiya: Ushbu maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlaridan lapar janrining oʻziga xos jihatlari,bolalar folklor qoʻshiqlaridan lapar janrining oʻrni ilmiy tahlil etilgan Kalit soʻzlar


Download 12.64 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi12.64 Kb.
#1531679
  1   2
Bog'liq
Maqola


Bolalar folklor qoʻshiqlari rivojida lapar janri.
Xasanova Sevinch Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi.

Annotatsiya:Ushbu maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlaridan lapar janrining oʻziga xos jihatlari,bolalar folklor qoʻshiqlaridan lapar janrining oʻrni ilmiy tahlil etilgan

Kalit soʻzlar:Folklor,janr,qoʻshiq,lapar,bolalar folklori.

Аннотация:В данной статье,проведен научный анализ специфики жанра лапара из жанров фольклора,роли жанра лапара и детских фольклорирных песнях.

Ключевые слова:Фольклор,жанр,песня,сказка.

Abstract:This article provides a scientific analysis of the specifics of the lapar genre frome folklore genres,the role of the lapar genre in children's folklore songs.

Keywords:Folklore,genre,song,fairy tale,children's folklore.

Bolalar folklor qoʻshiqlari rivojida lapar janri ham oʻziga xos ahamiyat kasb etadi.Laparlar shunchalik ommalashgan janrki,u turli davrlarda keksa va yoshlar tomonidan birdek ijro etilgan.Bu jarayonda zavqqa toʻlgan tinglovchilar chapak chalib unga joʻr boʻlishgan.Laparlarning shoʻx va raqs joʻrligida ijro etilishi,zavqbaxsh,hazilomuz kuy usulida yaratilganligi,odatda bir,ikki va ba'zan koʻpchilik tomonidan aytishuv tarzida ijro etib kelingan holatlarini bolalar ijrosidagi koʻrinishlariga ham duch kelishimiz mumkin.
Lapar qoʻshiqlari sevimli janr sifati xalq orasida iqtidorli kishilar tomonidan yaratib kelingan.Bugungi kunda juda koʻplab xalq lapar qoʻshiqlari notaga olingan,taniqli folklor dastalari repertuaridan keng joy olgan va xor ijrosida moslashtirilgan.Bunga misol sifatida "Omon yor","Ililla yor","Olmacha anor","Qorasoch","Bilak uzuk","Jahu-jahu","Andijonga boray dedim","Nima nima nima deysiz" kabi mashhur qoʻshiqlarni keltirib oʻtish mumkin Ba'zi laparlar hajviy,hazil-mutoyiba mazmunida boʻlib,ularni kattalar bilan birga yosh bolalar ham sevib kuylashadi.Bularga misol tariqasida "Dangasa","Qilpillama","Oyijon","Jon burgam,Azamat burgam","Osmondagi oy","Oʻzbekiston diyorim" kabi laparlarni nomini koʻrsatib oʻtish mumkin.
Katta yoshli kishilar ijrosiga muljallangan laparlar koʻpincha an'anaviy "boshlama" band bilan boshlangan.Undan keyin yigitlar va qizlar oʻrtasida galma-gal turli mavzu va mazmundagi toʻrtliklar aytilgan.Ularda muayyan mavzuni izchil davom ettirish,savollarga aynan mavzu boʻyicha javob qaytarish shart boʻlmagan.Lapar ijrosi paytida har bir tomon oʻzi bilgan toʻrtlikni tez sur'atda ijro etib hozirjavoblikni namoyish etish va ijroni uzilib qilmasligiga harakat qilgan.Shuning uchun ham ommaviy ijro etilgan xalq laparlarining aksariyati "terma"xarakteriga ega.Masalan "Oq olma,qizil olma"toʻplamiga kirgan koʻpchilik laparlar buning yorqin misoli boʻla oladi.
Xalq laparlarida hajviy laparlar ham keng oʻrin tutadi.Kishilarning tabiiy nuqsonlaridan tortib,ishyoqmaslik,dangasalik,andishasizlik,turlichalik kabi illatlar ustidan kulinadi.Bunday laparlar asarning ijtimoiy-gʻoyaviy vazifasini oshirib,katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.Musiqa darslarida xalq laparlarida foydalanishda ularga faqat bir tomonlama ya'ni oʻquvchilarga oʻrgatish va kuylattirish nuqtai-nazaridan yondashish emas,balki ulardan darsning musiqa tinglash faoliyatida foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbek musiqashunosligida lapar janri ancha keng oʻrganilgan.Bu fikrni afsuski bolalar folklori bilan bevosita bogʻliq laparlar xususida e'tirof etish qiyin.Demak,bu masala musiqashunoslik yoʻnlaishida oʻz yechimini kutayotgan muammolar desak aslo xato boʻlmaydi.
Respublikada oʻtkazilayotgan turli darajadagi xalq qoʻshiqchiligiga oid tanlovlar,aytaylik,allalar,toʻy marosimi qoʻshiqlari koʻrik tanlovi,xususan,YUNESKO tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan "Boysun bahori" xalqaro qoʻshiq koʻrik-tanlovi bu sohadagi jonlanishni yanada kuchaytirmoqda.Natijada qisqa muddatda koʻplab folklor-etnografik dastalar paydo boʻldi.Ulardan Boysunning "Shalola",Urgutning "Besh qarsak",Buxoroning "Mohi sitora","Nozanin" va boshqa qator folkor-etnografik dastalari nafaqat mamlakatimizda,balki uning sarhadlaridan tashqarida ham e'tirofga sazovor boʻlishdi.
Rost,ularning repertuarini,asosan,an'anaviy xalq qoʻshiq va termalar tashkil etsa-da,zamonga hamqadamliklarini ifodalovchi zamonaviy qoʻshiqlarini ham yaratib ijro etayotganlari koʻzga tashlanib turibdi.E'tiborlisi shundaki,folklor-etnografik dastalar guruhida bolalar ham boʻlib ular yoshlariga munosib qoʻshiqlar kuylanmoqda.
Folklorshunos O.Safarov ta'kidlaganidek:qoʻshiqlarning "shunday namunalar borki,ommabop ijroga muljallangan:bular aksaran toʻrtlik shaklidagi namunalardir.Yana shunday namunalar borki,ijrosi professional mahoratni talab qiladi".Shu xususiyatiga koʻra xalq orasida qoʻshiq ijrochilari qoʻshiqchi,xalfa,satang goʻyanda,ashulakash,laparchi,oʻlanchi tarzida farqlanadi.Qoʻshiqchi koʻpincha toʻrtliklarni ijro etsa-da,aslida nisbatan kengroq ma'noda,umuman,qoʻshiq ijrosi va ijodkori boʻlsa,goʻyanda,asosan,yigʻi-yoʻqlovlarni kuylashga ixtisoslashgan qoʻshiqchilardir.Ashulakash yoki ashulachi koʻpincha maqom tarkibidagi qoʻshiqlarni yoki katta ashula deyilguvchi joʻrsiz ijro etiladigan qoʻshiqni kuylay oladiganlardir.Laparchi raqsga tushgan holda qoʻshiq aytuvchi boʻlsa,oʻlanchi toʻy marosimi qoʻshiqlarini ijro etuvchidir.Xalfa Xorazmda keng tarqalgan ayollar qoʻshiqchiligi boʻlib,ular ham toʻy,ham aza qoʻshiqrini baravar ijro etaveradilar.Satang Namanganda xalq qoʻshiqlarini doira joʻrligida ijro etuvchi ayollardir.Buxoroda bunday xonanda ayollar sozanda deyiladi.
Shuni ham aytish kerakki,bolalar folklor qoʻshiqchilik san'atidagi ijroning,soʻz va ohangning rang-barangligi,mazmunan oz boʻlsada farqlanib turganligining asosiy sabablaridan biri xalq qoʻshiqlarining turli joylarida turlicha ijro etib kelganligidandir.Chunonchi,Fargʻona vodiysidagi yor-yor ijrosi Buxorodagi yor-yor bularning har ikkalasidan farq qiladi.Bu farq yor-yor ohangidagina emas,hatto naqoratida ham seziladi.Fargʻona va Toshkent vohasida "yor-yor" naqorati ommaviyroqdir.Katta qoʻshiq deyilguvchi joʻrsiz ijro etiladigan qoʻshiq,asosan,Fargʻona vodiysi va Toshkent atroflarida uchrasada,Oʻzbekistonning boshqa joylari uchun xos emas.Fargʻona qoʻshiq ijrochiligida dutor va doira joʻrligi nisbatan faol boʻlsa,Buxoroda tanbur va doira,Xorazmda esa tor,garmon hamda doira shunday mavqega ega.Ijrodagi bu xildagi farqlarni bolalar folklor qoʻshiqlari ijrosida ham uchratamiz.Masalan,bolalar oʻrtasida keng tarqalgan xalq qoʻshiqlari sirasida ramazon aytimlari alohida ajralib turadi.Ramazon qoʻshiqlari barcha musulmon mamlakatlari xalq musiqa merosida mavjud boʻlib boʻlib,turlicha kuylansada,mazmuni jihatdan bir-biriga mos keladi va bolalar tomonidan aytiladi.

Download 12.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling