Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Damlamalar va qaynatmalar – Infusa et Decocta


Download 0.79 Mb.
bet17/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Damlamalar va qaynatmalar – Infusa et Decocta 
Damlama - Infusum (bosh kelishik birlikda)
Infusi (qaratqich kelishik birlikda)
Qaynatma – Decoctium (bosh kelishik birlikda)
Decocti (qaratqich kelishik, birlikda)
Damlama va qaynatmalar suyuq dori shakllaridan bo`lib, dorivor o`simliklar yoki
qiyomlardan tayyorlanadi. Ularning afzalliklari kukun dorilarga nisbatan osonroq qabul
qilinishi bo`lib, kamchiliklari esa juda kam saqlanishlaridir (faqatgina 3-4 kun)
Damlamalar o`z tarkibidagi ta`sirga ega moddalarni oson ajratadigan o`simlik
ashyolaridan, ya`ni o`simliklarning yumshoq qismlaridan: poyasi, bargi, guli va
boshqalaridan tayyorlanadi.
Qaynatmalar aksincha o`simliklarning qattiq qismlaridan: ildizi, ildiz poyasi,
tugunagi, po`stlog`i va boshqa qismlaridan tayyorlanadi.
Damlama tayyorlash uchun o`simlmk ashyosi maydalanadi, maxsus g`alvirdan
o`tkazib kerakli miqdori tarozida (yeki qoshiqlar bi-lan) tortib olinadi va oldindan
qizitilgan (15 daqiqa qaynayotgan suvga solib qo`yilgan) chinni, sirlangan yoki
zanglamaydigan po`latdan yasalgan idishga joylashtirib, ustidan dorinomada
ko`rsatmlgan miqdorda qaynagan suvdan quyiladi va 15 daqiqaga suv qam-momchasida
saqlanadi. Damlama olingandan keyin 45 daqiqa davomida sovitiladi. Keyin dokadai
o`tkaziladi va kerakli miqdorgacha suv qo`shiladi.
Qaynatma qaynayotgan suv hammomchasida, tez-tez aralashtirib turib, 30 daqiqa
davomida sovitiladi, dokadan o`tkaziladi va kerakli mikdorgacha suv qo`shiladi.


Dorixonadan damlama va qaynatmalar tayyor bo`lgan zaxoti chiqari-ladi va


etiketkasida "salqin joyda saqlansin", "ichishdan oldin chay-qatilsin" kabi yozuvlar
yoziladi.
Damlama va qaynatmalar dorinomada mikdorlarga bo`linmagan xrlda, 
qisqartirib yoziladi:
Rp: ________________________6,0 - 180,0
D.S 10 osh qoshikda kuniga uch marta.
* * *
Rp: ________________________10,0 - 180,0
D.S. 1 osh qoshikdan kuniga 5-6 marta
* * *

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling