mazmunini tashkil qiladi.
MAVZU: FARMAKOLOGIYA FANINING MOHIYATI VA UNING BOSHQA
TIBBIYOT –BIOLOGIK FANLAR BILAN ALOQASI. FARMAKOLOGIYA
FANINING RIVOJLANISH TARIXI.
Reja:
1. Farmakologiya fani to’g’risida
tushuncha, uning vazifalari va yo’nalishlari.
2. Farmakalogiya fanining rivojlanishi tarixi.
3. Yangi dori moddalarining yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etilishi.
4. Farmakologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Tayanch iboralar:
Farmakologiya
-dorilar to’g’risidagi ta’limot
Instinct
-refleks
Eksperimenta
l-ilmiy tajriba
Potologik
-kasallik
Metabolism
-organizmda dorilarning o’zgarishi
Farmakalogiya-
dori dori moddalarining inson va hayvon organizmiga ta’sirini
o’rganuvchi fandir.
Farmakalogiya-
grekcha so’zdan olingan bo’lib, (Pharmakon-dori, logos-
ta’limot)-dorilar to’g’risidagi ta’limot ma’nosini bildiradi.
Farmakalogiya tibbiyot amaliyotining hamma sohalarida nihoyat katta ahamiyatga
ega. Uning maqsadi va vazifalari quyidagilar:
1.
Har xil kimyoviy birikmalarning inson va hayvonlar organizmiga ta’sirini o’rganish,
shu tufayli organlar faoliyatida bo’ladigan o’zgarishlarni tadbiq etish.
2.
Yangi
dori moddalarini yaratish, o’rganish va ularni tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish.
3.
Dori moddlari bilan bemorlarni davolash va kasallikning oldini olish.
Farmakologiya fanining rivojlanish jarayoni uning har xil yo’nalishlariga va
tarmoqlarga bo’linishiga olib keladi. Uning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
1.
Klinik farmakologiya
2.
Farmakoterapiya
3.
Molekulyar farmakalogiya
4.
Bioximik farmakologiya
5.
Veterinar farmakologiya
Farmakologiya fanining rivojlanish va tarixi insoniyat tarixi kabi qadimiydir. Bu
esa ibtidoiy jamoa davridan boshlangan.
Dastlab odamlar o’simliklardan, hayvon mahsulotlaridan
ishlov bermasdan
foydalanganlar. Bu davr farmakologiyaning shaxsiy tajribaga asoslangan (empirik) davri
deb ataladi. Quldorlik davridan boshlab dori shakllari vujudga kelgan. Bu davr diniy davr
deb ham atladi, chunki din ahllari dori ta’siriga ilohiy talqin berganlar. Shuning uchun bu
davr “emperiko - mistik” davr deb ham atalgan.
Feodalizm davrida ilm-fan xuddi madaniyat kabi inqirozga uchradi.Davolash
usullari, soxta tabiblar, tovlamachilar qo’liga o’tdi. Dorilar ta’siri sayyoralar harakati
bilan bog’liq
deb-tushuntirildi, munojjimlik avj oldi. Bu davr farmakologiya rivojining
diniy sxolastik davri deb ataladi.
Farmakologiya fan sifatida XVIII-XIX- asrlarda shakllana boshladi. Bu shakllanishda
quyidagi olimlarning hissasi kattadir: