Drajelar (tushum kelishi birlikda) Draje-miqdorga bulingan, qavatlash yo`li bilan
hosil qilingan, yumaloq shakldagi dori moddalaridir.
Drajelar 0,2-1,0 og`irlikda bo`lib tabletkalar kabi dori moddasi va qo`shimcha
moddalardan iborat bo`ladi.
Juda mayda yumaloq, silindr va noto`g`ri shakldagi
zarrachalar (donachalar) granulalar (Sgapi!aye - tushum kelishik birlikda) deb aytiladi.
Draje va granulalarning sifati ham har yili suvda eritish yo`li bilan tekshirilib ko`riladi.
Drajelar suvda 15 daqiqa ichida granulalar esa 3 daqiqa ichida erib ketishlari kerak.
Drajelarga dorinomalar quyidagicha yozib beriladi.
Rp: Drage Dicolini № 30
D.S Bir drajedan kuniga 2 marta.
* * *
Rp: Diazalini 0,05
D.t.d. № 20 in dragee
S.
Bir drajedan kunmga
2 marta.
* * *
Hab dorilar - Pilyulalzr (Pilualae)
Hab dori -
Piluala
(bosh kelishik birlikda)
Pilualae
(tushum kelishigi birlikda)
Hab dorilar - mikdorlarga bo`lingan
yumaloq shaklda, bir xil yumshoq-likdagi
plastik massadan tayerlangan qattiqdori shakllaridir. Ular-ning og`irligi 0,1 dan 0,5 g
gacha bo`ladi. 0,5 g dan katta og`irlikdagi hab dorilar bolyus - (VoN-katta hab dori) deb
aytiladi,
Hab dorilar ham asosiy dori va qo`shimcha moddalardan iborat bo`ladi. Qo`shimcha
moddalar sifatida asosan indiferent xususiyatga ega bo`lgan o`simlik
kukunlari va
qiyomlaridan foydalaniladi. Hab dorilar uzoq vaqt saqlashga mo`ljallanib chiqariladi. Har
oy ularni sifatini suvda eritish yo`li bilan tekshirib ko`riladi. Hab dorilar 50 ml suvga
solib qo`yilganda 1 soat ichida erib ketishi kerak. Hab dorilar 30,60 yoki 90 tadan yozib
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: