Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Hab dorilarga dorinomalar quyidagicha yoziladi


Download 0.79 Mb.
bet9/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Hab dorilarga dorinomalar quyidagicha yoziladi:
Rp: Acidi arsenicosi anhydrici 0.03
Extr.et pulv. Rad.
Glycyrrhiza aa 3.0
M.F pilulae № 30
D.S. Bir hab doridan kuniga 3 marta
* * * 
Yig`ma yoki choylar - Species
Species
(bosh kelishik birlikda)
Speciee
(tushum kelishik birlikda)
Yig`malar (choylar) o`simlik xom ashyolaridan (poya. ildiz, barg, gul, urug`)
maydalash, qirqish yo`llari bilan yoki butun holatda tayyorlangan qattiq dori shakllaridir.
Ular tarkibiga ba`zi paytlarda tuzlar, efir moylari va boshqa moddalar qo`shiladi.
Yig`malar tashqi yoki ichki qo`llash uchun ishlatiladi. Ularning quyidag`i turlari tafovut
etiladi:
1. Yara va jarohatlarga ko`yish (bosish) uchun yig`malar
2. Tindirma va damlamalar tayyorlash uchun yig`malar.
3. Tutatish (chekish) uchun tayyorlangan yig`malar. Yig`malar dorinomalarda
quyidagicha yozib beriladi.


Rp:
Species


antiastmaticae 50,0
D.S. 1/2 choy qoshiq yig`mani tutatib kuniga 2 mahal tutunini nafas orqali tortish
uchun
* * * 
Kukun dorilar - Pulveres
Kukun dori - Pulvis (bosh kelishik, birlik sonda) Pulveris (qaratqich kelishik birlik
sonda). Kukun dorilar sepiluvchan xossaga ega bo`lgan, sirtga ishlatish, ichish yoki eritib
in`eksiya qilish uchun beriladigan qattiq dori shakllaridir. Kukunlar boshqa qattiq dori
shakllari kabi qabul qilish uchun qulay, yaxshi saqlanadigan, oson joydan-joyga
o`tkaziladigan bo`lishadi. Bu preparatlar nisbatan oson dozalanishi mum-kin.
Kukun dorilar sintetik yo`l bilan olingan, mikroorganizmlarning faoliyatida hosil
bo`lgan, o`simliklardan, hayvonlardan olinadigan moddalardir. Quritishdan keyin
materiallar dorixona tegirmonchalarida maydalanadi va g`alvirdan o`tkaziladi. Bunda har
xil katta-kichiklikdagi kukun dorilari hosil qilinadi: yirik (grossus) mayda (subtils) va
juda mayda (subtilissimus).
Kukun dorilarni quyidagi xillari tafovut etiladi.
1. Oddiy kukun dorilar – Pulveres simplics. Bular bigga dori mod-dasidan tashkil
topgan bo`ladi.
2. Murakkab kukun dorilar - Pulveres compositi Bular ikki va undan ko`p
moddalardan iborat bo`ladi.
3. Taqsimlangan kukun dorilar - Pulveres dividi Bular alohida-alohida mikdorlarga
bo`lingan bo`lishadi. (0,1 dan 1,0 gacha). .
4. Taqsimlangan kukun dorilar - Pulveres individi Bular 50,0-100,0 va hokazo
miqdorda yozilib shisha idish, quticha yoki qog`oz xaltachalarga solib beriladi va
keyinchalik bir choy qoshiq, bir chimdim, bir necha kristal va hokazo yo`llar bilan
dozalanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling