Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet59/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Viruslarga qarshi moddalar 
Viruslarga qarshi moddalarni yaratish ancha mas`uliyatli ish, bir iaytlar viruslarga
umuman dori moddalar bilan ta`sir qilib bo`lmaydi deb hisoblangan, chunki viruslar
makroorganizm hujayra-lari ichida o`sadi va ko`payadi. Yuborilganda dori moddalar
viruslarga qarshi tanlab ta`sir ko`rsatmasdan, ularning odam organizmi hujayralariga ham
zaharli ta`siri bo`ladi.
Hozirgi kunda viruslar ko`payishida dori moddalar ta`sir etishi mumkin bo`lgan
boskichlar topilgan. Ular shu boskichlarga ta`sir ko`rsatib, viruslarning ko`payishiga
to`sqinlik qiladi. Viruslarning ko`payishi ularda DNK (DNK saqlaydigan viruslar), RNK
(RNK saqlaydigan viruslar) hosil bo`lishiga bog`liq bo`ladi. DNK va RNK replikatsiyasi
alohida gyulimerazalar bilan amalga oshiriladi. Polimerazalar tuzilishi to`g`risidagi
ma`lumot vi-ruslar genomida kodlangan—muhrlangan bo`ladi.
Viruslarga qarshi moddalar har xil yo`nalishda ta`sir etadi. Bu moddalar viruslarning
hujayralarga o`tishiga, virusli genomiing ajralishiga, viruslarning o`ziga xos fermentlarini
— polimerazalar, nuklein kislotalar hosil bo`lishiga to`sqinlik qilishi hamda
makroorganizm xujayralarining viruslarga nisbatan chidamlilngi-ni oshirishi mumkin. Bu
moddalar ikki turga: bqrlogik moddalarga va sintetik moddalarga bo`linadi:
Sintetik moddalar: midantan, remantadin, idoksuridin, oksolin, metisazondir.
Midantan 
asosan RNK, saqlaydigan-viruslarga qarshi ta`sir ko`rsatadi, bu
modda viruslarning makroorganizm qujayralariga o`tishiga hamda virus genomining
hujayraga ajralishiga to`sqinluk qiladi. Me`da-ichakdan yaxshi so`riladi, buyrak orkali
chiqib ketadi. Asosan 2A grippning oldini olish uchun qo`llanadi. Markaziy nerv
sistemasi tomonidan nojo`ya ta`sirlar paydo qilishi mumkin;
Remantadin
kimyoviy jixatdan midantanga o`xshaydi, shu modda-ning unumi
hisoblanadi. Remantadinning viruslarga qarshi ta`siri midantanga nisbatan kuchliroq,
griipning A hamda B turiga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Grippni davolashda va epidemiya
vaqtida uning oldini olish uchun qo`llanadi. Bu modda kam zaharli, ba`zi holatlarda
oshqozon ogrishi mumkin. Jigar, buyrak, tireotoksikoz kasalliklarida, homiladorlikda
qo`llash man etiladi. Remantadinni 7 yoshgacha bo`lgan bolalarga qo`llash tavsiya
etilmaydi.
Oksolin
viruslarninghujayralarga o`tishiga to`sqinlik qiladi, teri, ko`z, burunning
virusli kasalliklarida qo`llanadi hamda grippning oldini olishda naf qiladi. Ko`zning
adenovirusli keratokon`yunktivitida tomchilar shaklida; teri, burun adenovirusida
malham sifatida qo`llanadi. Grippning oldini olish uchun ham malham shaklida burun
shilliq qavatiga qo`yiladi. Malham va tomchilar qo`yilgan joyni ta`sirlab, qichitishi
mumkin, bu holat tezda o`tib ketadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling