Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet60/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Metisalon
chechak virusiga qarshi ta`sir kiladi, viruslarning tuzilishiga kerakli oqsil
hosil bo`lishiga to`sqinlik qilishi mumkin. Qorachechakning oldini oladi, asosan
chechakka qarshi emlanganda terida kolgan asoratlarni davolashda qo`llanadi. Metisalon
ichish uchun tayinlanadi.
Biologik moddalar qatoriga interferon kiritiladi. 1957 yilda gripp virusi bilan
jarohatlangan hujayralarda viruslarning ko`payishiga to`sqishshk qiladigan alohida oqsil
hosil bo`lishi va uningtashqi muhitga ajralishi aniqlangan. Bu jarayon ikkita yoki bir
necha viruslar interferensiyasi o`rganilgapda aniqlangan. Bunda birinchi virus hujayraga
kirib, boshka viruslarga yo`l qo`ymaydi. Hujayralarda ajraladigan modda nomi interferon
deb atalgan.
Organizmda intsrferon qanchalik ko`p bo`lsa, u grippdan, virusli kasalliklardan
shunchalik ko`proq himoyalangan hisoblanadi. Interferon faqat bir xil virusgа emas,


ko`pchilik viruslarga karshi ta`sir ko`rsatadi, shuning uchun interferon doirasi keng, uni


viruslarga qarshi antibiotik deb ham atash mumkin.
Interferonni
faqat viruslar emas, boshqa mikroorganizmlar, ularning endotoksinlari
qam hosil qilishi mumkin. Interferon fakat viruslarga emas, boshqa infeksiyalar —
traxoma, bezgak, rikketsiyalar, toksoplazmoz paydo qiluvchi hujayradagi mikroorga-
nizmlarga ham qarshi ta`sir ko`rsatadi.
Interferon
modda sifatida virusli infeksiyani boshidal o`tkazgan odamlar
leykotsitlaridan olinadi, ampulalarda amorf holatda ishlab chiqariladi. Qo`llash oldidan
izotonik eritma bilan suyultirib, burunga tomiziladi.
Interferon gripp, gsrpetik keratit, dermatit, virusli gepa-titiing oldini olish uchun
qo`llanadi. Interferop virusli infeksiyani davolashda ham qo`llanadi. Davolashni juda tez,
grippning birinchi alomatlari ko`ringanda boshlash kerak.
Interferonning viruslarga, umuman hujayrali mikroorga-nizmlarga qarshi ta`siri bu
moddaning orga!!izm himoya kuchlarini oshirishi bilan ham bog`liq.
Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, interferon onkogen viruslarga ham qarshi ta`sir
ko`rsatadi, bunda normal va o`smali hujayralarning o`sishi, bo`linishi kamayadi.
Interferon qo`llanganda nojo`ya ta`sirlar kam ko`rinadi. Tomizilgan joy qizaradi,
og`riq paydo bo`lishi mumkin, ba`zan allergik jarayenlar ham uchraydi.
Hozirgi kunda organizmda endogen interferon hosil bo`lishini oshiradigan moddalar
izlanmoqda. Ma`lumotlarta ko`ra, polimer modda — polivinilpirrolidon gripp
eiidemiyasi vaqtida qo`llab ko`rildi, natijalar ijobiy bo`ldi. Lekin bari bir viruslarga,
ayniqsa griip virusiga qarshi moddalarni izlash, o`rganish va qo`llanish1'a tavsiya qilish
hozirgi kun tibbiyotining katta muammolaridan biridir.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling