Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet189/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Rovoch ildizi kukuni 
(Pulvis radicis Rhei). Kukun va tabletkalarda 0,5 g dan
chiqariladi.
Antraglikozidlardan tashqari, rovochda burishtiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan
lanoglikozidlar bo‘ladi. Shunga ko‘ra rovoch preparatlari kichik dozalarda (0,05-0,3 g)
burushtiruvchi eilekt beradi va ichak peristaltikasini sekinlashtiradi. Surgi ta’siri 0,5-2,0
g dozalarda yuzaga chiqadi. Ichishga tabletkalarda 0,5 g dan kechqurun uxlashdan oldin
layinlanadi.
Rovoch tarkibidagi moddalar siydik, ter va sut bezlari orqali ajralib, siydik, ter,
sutni sariq rangga bo‘yaydi.
Sintetik surgi dorilarga izafenin va fenolftalein kiradi.




Fenolftalein 
(Phenolphthaleinum). Kukun va tabletkada 0,1 g dan katta yoshdagi
odamlarga va 0,05 g dan bolalarga tayinlanadi. Ichishga 0,1-0,2 g dan kuniga 1-2 marta
tayinlanadi.
Uzoq qo‘llanish tavsiya etilmaydi, chunki fenolftalein organizmda to‘planadi va
buyraklarni ta’sirlantiradi.
Meditsina praktikasida surgi dorilar sifatida shuningdek ichakdagi moddalarni
yumshatadigan va moylaydigan moddalar (vazelin moyi) va unda bo‘kadigan moddaJar
(dengiz karami) qo‘llaniladi.
Senadeksin 
(Senadexinum). Bu preparatda sanoning ta’sir qiluvchi jami
moddalari bor, uning tarkibiga kalsiy tuzlari ko‘rinishidagi 20% li A va В sennozidlar
kiradi.
Farmakologik ta’siri. Surgi ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlatiladigan o‘rni. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan qabziyatlarda katta yoshli
odmaJarga tayinlanadi.
Ishlatish usuli va dozalari. Kechasi yotishdan oldin, odatda, 1 tabletkadan ichiladi.
Ta’siri sezilmasa, bir necha kundan keyin 1 martalik dozasini 2-3 tabJetkagacha oshirish
mumkin.
Preparat ichilganida siydik sarg‘ish-jigar rang yoki qizg‘ish-binafsha rang tusiga
kiradi.
Nojo‘ya ta’siri. Surgi ta’siri qorinda sanchiqqa o‘xshab tutadigan og‘riq bilan
davom etishi mumkin. Katta dozalari ich ketar yoki meteorizmga sabab bo‘la oladi.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan monelikJari. Spastik kolit, appenditsit, ichak
tutiJishi, homiladorlik, shuningdek emizuklik (laktatsiya) davri.
Chiqariladigan shakJi. 10 va 20 donadan o‘ralgan tabletkalar ko‘rinishida
chiqariladi.
10 va 25 donadan o‘ralgan 0,07 g li antrasennin ham chiqariladi, Hindistondan
"Senade" deb ataladigan tabletka olinadi, o‘rovida 50 dona bo‘ladi.
Saqlash shartlari. Harorati 15° С dan yuqori bo‘lmagan quruq joyda saqlanadi.
Yaroqlilik muddali. Senadeksin va senade 3 yil, antrosennin 2 yil.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling