Me’da-ichak yo‘llarining motorikasini kuchaytiradigan vositalar.
Me’da-ichak yo‘llarining silliq muskulaturasi tonusini oshiradigan dori
moddalaridir. Me’da va ichak muskulaturasining ulardagi
harakat funksiyasining
kamayishi bilan o‘tadigan atoniyasida (tonusining pasayishi) qo‘llaniladi.
Ularga antixolinesteraz vositalar (prozerin), shuningdek M-xolinomimetiklar
(atseklidin) kiradi.
Prozerin
(Proserinum). Xolinesteraza
fermentini susaytiradi, natijada atsetilxolin
ta’siri cho‘ziladi. Bu nerv-mushak o‘tkazuvchanligi yaxshilanishiga va me’da-ichak
yo‘llari silliq muskulaturasi tonusining oshishiga olib keladi.
Me’da-ichak yo‘llaridagi
operatsiyalar, infeksion kasalliklar va markaziy nerv
sistcmasi kasalliklari natijasida vujudga kelgan ichak
atoniyasiga davo qilishda
qo‘llaniladi.
Teri ostiga 1 ml dan 0,05% li eritmasini kuniga 1-2 marta 25-30 kun mobaynida
tayinlanadi. Ba’zan kursni 3-4 haftalik tanaffusdan keyin takrorlanadi.
Atseklidin
(Accclidinum). A ro‘yxatida. Organizmning M-xolinoreaktiv
sistemasiga quvvatlaydigan ta’sir qiladi. Uning ta’siri ostida ichak tonusi oshadi va uning
qisqarishlari kuchayadi.
Me’da va ichak atoniyasida 1-2 ml dan 0,2% li eritmasi kuniga 2-3
marta
tayinlanadi. Shuningdek me’da-ichak yo‘llarini rentgenologik tekshirishda qo‘llaniladi.
Retseptga misol.
Rp.:.Sol. Proserini 0,05% - 1 ml
D.t.d. N. 6 in ampuli.
S. 1 ml dan kuniga 1-2 marta teri ostiga.
Do'stlaringiz bilan baham: