Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Asosan ingkhka ichakka ta’sir qladigan surgi moddalar


Download 0.79 Mb.
bet188/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Asosan ingkhka ichakka ta’sir qladigan surgi moddalar.
Kanakunjut moyi 
(Oleum Ricini). Flakonlarda va jelatin kapsulalarda 1,0 ml dan
chiqariladi.
Ingichka ichakda parchalanadi. Parchalanish mahsulotlahri ichak shilliq
pardasining sezuvchan nerv oxirlarini ta’sirlantiradi. Natijada ingichka ichak
peristaltikasi kuchayadi, bu yug‘on ichak peristaltikasini reflektor kuchaytiradi.
Surgining ta’siri 5-6 soatdan keyin boshlanadi.
Asosan tasodifiy (o‘tkir) qabziyatlarda qo‘llaniladi. Xronik qabziyatlarda yaroqsiz,
chunki kanakunjut moyini uzoq vaqt qo‘llanish ishtahani pasaytiradi va hazmning
buzilishiga sabab bo‘ladi. Zaharlanishlarda va gijjalarni haydashda tayinlanmaydi,
chunki ichakda zaharlar va antigelmint vositalarning so‘rilishiga imkon beradi.
Bir qabulga 15-30 ml dan tayinlanadi. Kapsulalar yarim soat ichida qabul qilinadi.
Bachadon silliq muskulaturasining qisqarishini reflektor kuchaytiradi. Ba’zan
akusherlik praktikasida 40- 50 ml dan xinin va pituitrin bilan birga tug‘ruqni
yengillashtirish uchun ichishga qo‘llaniladi. Yaralar, kuyishlarga davo qilishda
malhamlari va suyuqliklari sirtdan qo‘llaniladi.
Asosan yo‘g‘on ichakka ta’sir qiladigan surgi moddalar. 
Bu gruppaga
o‘simliklardan olinadigan (antraglikozidlar) va ayrim sintetik moddalar (fenolftalein)
kiradi.
Antraglikozidlar ichilganda asta-sekim parchalanib, molekulaning ta’sir etadigan
qandsiz qismi - aglikonni ajratadi. Aglikonning yetarli miqdorda to‘planishi juda sekin
boradi, shuning uchun antraglikozidlar ta’siri organizmga kiritilgandan 8-10 soat o‘tgach
yuzaga chiqadi. Bu vaqt ichida ular yo‘g‘on ichakka tushadi va ichak shilliq pardasining
sezuvchan retseptoriarini ta’sirlantirib, yo‘g‘on ichak peristaltikasini reflektor
kuchaytiradi.
Antraglikozidlar rovoch va tog‘jumrutda bo‘ladi. Rovoch va torjumrul preparatlari
noto‘g‘ri ovqatlanishdan vujudga keladigan xronik qabziyatlarda, me’da-ichak
yo‘llarining boshqa kasalliklarida qo‘llaniladi. Ingichka ichakda so‘rilish protsessini
buzmaydi va hazmning buzilishiga sabab bo‘lmaydi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling