Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Retseptga misol
Rp.: Magnesii oxydi 0,5 D.t.d. N. 20 in tab. S. 1-2 tabletkadan Jig‘ildon qaynaganda. O’T HAYDOVCHI VOSITALAR Bu gruppaga Jigarda o‘t suyuqligi hosil bo‘lishini pag‘batlantiradigan va lining o‘n ikki barmoq ichakka chiqishiga imkon beradigan dori moddalari kiradi. O‘t suyuqligi ovqat hazm qilish protsessida katta rol o‘ynaydi. LI yog‘larni cmulsiyalaydi, ularning parchalanishiga va so‘rilishiga, shuningdek A va К vitaminlarining o‘zlashtirilishiga imkon beradi. O‘t hosil qilish stimulyatori hisoblanadi. Tushadigan o‘tning bar bir portsiyasi keyingi o‘t hosil bo‘lishiga imkon beradi. O‘t qondan xolesterin chiqarilishini idora qiladi. Ichak tonusini oshiradi va qisqarishini kuchaytiradi. O‘t bilan organizmdan toksinli moddalar chiqariladi. Jigarda o‘t hosil bo‘lishi va uning o‘n ikki barmoq ichakka chiqishi markaziy nerv sistemasi tomonidan idora qilinadi. Jigarda o‘t yetarlicha hosil bo‘lmaganda hazm buzilishlari kuzatiladi, uning o‘n ikki barmoq ichakka chiqishi buzilganda esa o‘t suyuqligi o‘t pufagida dimlanib qoladi. O‘n ikki barmoq ichakka umumiy o‘t yo‘li va o‘t puiagining Oddi sfmkteri (mushak jomi) orqali tushadi. O‘t pufagida va yo‘llarida toshlar bo‘lganda, ulardagi yallig‘lanish protsesslarida Oddi sfinkteri spaslik qisqarishi mumkin va bu o‘ng qovurg‘alar ostida og‘riq va hazmning buzilishini qo‘zg‘atadi, chunki o‘t ichakka tushmaydi. Og‘riqlarda Oddi sfinkteri spazmini yo‘qotuvchi M-xolinoblokatorlar va spazmolitiklar (atropin, platifillin, papaverin), analgeziya qiladigan moddalar (promedol, omnopon) bilan birga tayinlanadi. O‘t haydovchi dorilar ikki gruppaga: o‘t hosil bo‘lishiga imkon beradigan (Cholesecretica) va o‘tning o‘n ikki barmoq ichakka chiqarilishiga imkon beradigan (Cholagoga) moddalarga bo‘linadi. Birinchi gruppaga quruq o‘t va o‘t kislotalari saqlagan dori moddalar (alloxol,degidroxolat kislota, xolenzim va b.), shuningdek o‘simliklardan olinadigan preparatlar - xolosas, makkajo‘xori guli, bo‘znoch va qalampir yalpiz barglari va boshqalar kiradi. O‘t va o‘t kislotalari saqlaydigan preparatlar o‘rinbosar preparatlar saqlanadi. Yo‘g‘on ichakda so‘rilib, ular o‘t sekretsiyasini kuchaytiradi. Bunda uning yopishqoqligi kamayadi va oqib chiqishi tezlashadi. O‘simlik preparatlari ichak shilliq pardasining sezuvchan nerv retseptorlarini o‘zidagi efir moylari, alifatik moylar, glikozidlar bilan ta’sirlanishi natijasida o‘t haydovchi va spazmolitik ta’sir qiladi. Ikkinchi gruppaga spazmolitiklar - papaverin, magniy sulfat, xolinoblokatorlar - Oddi sfinkterini bo‘shashtiradigan atropin, platifillin kiradi. O‘t haydaydigan vositalar xoletsistit, xronik gepatil, o‘t-tosh kasalligi, olangitda qo‘llaniladi, diagnostika maqsadida o‘t chiqaruvchi yo‘llar va оt pufagini tekshirishda ishlatiladi. Alloxol (Allocholum). Tabletkalarda chiqarilib, ular quraq hayvonot o‘ti, qichitqi o‘tning quruq ekstrakti, aktivlangan ko‘mir, sarimsoq piyozning quruq ekstraktini saqlaydi. Hazmni kuchaytiradi, o‘t sekretsiyasini quvvatlaydi, ichakda chirish va bijg‘ish protsesslarini kamaytiradi. Alloxol ta’siri ostida bemorlarning umumiy axvoli yaxshilanadi, o‘ng qovurg‘alar ostida og‘riq va dispepsiya hodisalari kamayadi. Xronik gcpatitlar, xoletsistitlarda qo‘llaniladi. 2 tabletkadan kuniga 3 marta ovqaidan kcyin ichishga tayinlanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling