Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Ishtahaga ta’sir qiladigan vositalar


Download 0.79 Mb.
bet179/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Ishtahaga ta’sir qiladigan vositalar.
Ziravorlar. 
Achchiq tamli o‘simlik moddalari qadimdan ovqat hazm qilish
jarayonlarini yaxshilaydigan va ishtahani oshiradigan vositalar sifatida ma’lum
aniqlanishicha, ziravorlar og‘iz bo‘shlig‘iga tushib, tarn bilish retseptorlari oxirlarini
ta’sirlantiradi va me’da shirasi sekretsiyasini reflektor kuchaytiradi, taomdagi oziq
moddalarining birmuncha tez parchalanishiga, va ularning me’dadan ichakka o‘tishiga


iinkon beradi. Me’da shirasining jadal ajralishi o‘z navbatida me’da osti bezi shirasi


ajralishini yaxshilaydi.
Ziravorlar ta’siri I. P. Pavlov laboratoriyasida o‘rganilgan edi. Ziravorlarni itlar
me’dasiga (og‘iz bo‘shlig‘ini chetlab o‘tib) fistula yoki me’da zondi orqali bevosita
yuborilganda shira ajralib chiqishi ko‘paymagan. Buni ziravorlar ta’sirining reflektor
mexanizmi tasdiqlaydi.
Ziravorlar me’daning hazm bezlari sckreior faoliyati pasaygan va hazm
protsesslari buzilgan, ishtahasi pasayib ketgan bemorlarga tayinlanadi. Shu maqsadda
ermon nastoykasi cng ko‘p qo‘llaniladi.
Ermon nastoykasi 
(Tinctura Abzinthii). 15-20 tomchydan ovqatdan 20-30 minut
oldin tayinlanadi.
Hozirgi vaqtda ishtahani pasaytiradigan qator dori moddalar taklif qilingan. Bu
moddalar anoreksigen moddalar deyiladi. Ularning ta’sir mexanizmi aniqianmagan.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra anoreksigen vositalar uglevodlar almashinuviga ta’sir qiladi.
Ularni semizlikning ba’zi bir turlarida qo‘llaniladi.
Anoreksigen vositalarning tipik vakili dezopimon hisoblanadi.
Dczopimon 
(Desopimon). A ro‘yxatida. Tabletkalarda 0,025 g dan chiqariladi.
Anoreksigen ta’sir ko‘rsatadi va semizlikning har xil shakllarida qo‘llaniladi. Ichishga
0,25 g dan kuniga 1-3 marta ovqat vaqtida tayinlanadi.
Bemorlar uni yaxshi ko‘taradilar, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atmaydi va
arterial bosimni oz-moz oshiradi. Davolash vrach kuzatuvi ostida olib boriladi. Preparatni
kunning ikkinchi yarmida qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki uyqusizlikka sabab
bo‘lishi ehtimol.
Retseptga misol.
Rp.: Tineturae Absinthii 25 ml
D.S. 15-20 tomchidan kuniga 3 marta ovqatdan yarim soat oldin.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling