Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Meda shirasi sekretsiyasi pasayganda qo‘llanadigan vositalar


Download 0.79 Mb.
bet180/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Meda shirasi sekretsiyasi pasayganda qo‘llanadigan vositalar.
Natural me’da shirasi 
(Succus gastricus naturalis). Xlorid kislota, pepsin va
boshqa fermentlar saqlaydi. Sog‘lom itlar va boshqa uy hayvonlaridan soxta
ovqatlantirish vaqtida fistula usuli bilan olinadi.
Flakonlarda 100 va 150 ml dan chiqariladi.
Ichishga 1-2 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta ovqat vaqtida tayinlanadi.
Suyultirilgan xlorid kislota 
(Acidum hydrocloricum dilutum) В ro‘yxatida.
Flakonlarda 15 va 30 ml dan chiqariladi.
Xlorid kislota me’da tubining qoplama hujayralaridan ajraladi va doimo me’da
shirasida bo‘ladi. U me’da shirasi fermentlari faoliyatini aklivlashtiradi; me’da osti bezi
sekretsiyasini kuchaytiradi, o‘t suyuqligining un ikki barmoq ichakka tushishiga imkon
beradi va mikrobga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Gipatsid gastrit, axiliya, dispepsiyaga davo qilish uchun qo‘llaniladi.
Ichishga 10-15 tomchidan (yarim stakan suvda) kuniga 2 - 3 marta ovqat vaqtida,
shuningdek miksturalarda pepsin bilan birga tayinlanadi.
Pepsin 
(Pepsinum). Kukunda chiqariladi hazm buzilishlarida: kislotalik pasaygan
gastritlarda,dispepsiyalarda qo‘llaniladi. Ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida 0,2 - 0,5 g
dan kuniga 2 - 3 marta yoki miksturalarda xlorid kislota bilan ichishga tayinlanadi.
Me’da shirasining kislotaligi pasayishi bilan o‘tadigan me’da-ichak yo‘llari
kasalliklarida shuningdek
abomin 
(Abominum),
atsidin-pepsin 
(Acidin pepsinum)


tabletkalari, hazm fermentlarini saqlagan preparatlar - festal va panzinorm forte


qo‘llaniladi.
Retseptlarga misollar
.
Rp.: Succi gastrici naturalis 150 ml
D.S. 1 osli qoshiqdan kuniga 3 marta ovqat vaqtida
Rp.: Acidi hydrochlorici diluti 15 ml
D.S. 10 - 15 tomchidan yarim stakan suvda ovqat vaqtida.
Rp.: Sol. Acidi hydrochlorici diluti 2% - 200 ml
Pepsini 2.0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan ovqatdan oldin.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling