Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet186/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Papaverin gidroxlorid 
(Papaverini hydrpchloridum). Spazmolitik la’sir
ko‘rsatadi. Silliq muskulaturaga bevosita ta’sir qilganda me’da-ichak yo‘llari silliq
muskulaturasining tonusini pasaytiradi va qisqarish qobiliyatini kamaytiradi.
Pilorospazm, spastik kolitlarda kukun, tabletka va suppozitoriylarda 0,02-0,04 g
dan, shuningdek 1-2% li eritmasi 1-2 ml dan teri ostiga qo‘llaniladi.





Me’da-ichak yo‘llarining motorikasini kuchaytiradigan vositalar.
Me’da-ichak yo‘llarining silliq muskulaturasi tonusini oshiradigan dori
moddalaridir. Me’da va ichak muskulaturasining ulardagi harakat funksiyasining
kamayishi bilan o‘tadigan atoniyasida (tonusining pasayishi) qo‘llaniladi.
Ularga antixolinesteraz vositalar (prozerin), shuningdek M-xolinomimetiklar
(atseklidin) kiradi.
Prozerin 
(Proserinum). Xolinesteraza fermentini susaytiradi, natijada atsetilxolin
ta’siri cho‘ziladi. Bu nerv-mushak o‘tkazuvchanligi yaxshilanishiga va me’da-ichak
yo‘llari silliq muskulaturasi tonusining oshishiga olib keladi.
Me’da-ichak yo‘llaridagi operatsiyalar, infeksion kasalliklar va markaziy nerv
sistcmasi kasalliklari natijasida vujudga kelgan ichak atoniyasiga davo qilishda
qo‘llaniladi.
Teri ostiga 1 ml dan 0,05% li eritmasini kuniga 1-2 marta 25-30 kun mobaynida
tayinlanadi. Ba’zan kursni 3-4 haftalik tanaffusdan keyin takrorlanadi.
Atseklidin 
(Accclidinum). A ro‘yxatida. Organizmning M-xolinoreaktiv
sistemasiga quvvatlaydigan ta’sir qiladi. Uning ta’siri ostida ichak tonusi oshadi va uning
qisqarishlari kuchayadi.
Me’da va ichak atoniyasida 1-2 ml dan 0,2% li eritmasi kuniga 2-3 marta
tayinlanadi. Shuningdek me’da-ichak yo‘llarini rentgenologik tekshirishda qo‘llaniladi.
Retseptga misol. 
Rp.:.Sol. Proserini 0,05% - 1 ml
D.t.d. N. 6 in ampuli.
S. 1 ml dan kuniga 1-2 marta teri ostiga.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling