Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet182/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Retseptga misol 
Rp.: Magnesii oxydi 0,5
D.t.d. N. 20 in tab.
S. 1-2 tabletkadan Jig‘ildon qaynaganda.

O’T HAYDOVCHI VOSITALAR 
Bu gruppaga Jigarda o‘t suyuqligi hosil bo‘lishini pag‘batlantiradigan va lining
o‘n ikki barmoq ichakka chiqishiga imkon beradigan dori moddalari kiradi. O‘t suyuqligi
ovqat hazm qilish protsessida katta rol o‘ynaydi. LI yog‘larni cmulsiyalaydi, ularning
parchalanishiga va so‘rilishiga, shuningdek A va К vitaminlarining o‘zlashtirilishiga
imkon beradi. O‘t hosil qilish stimulyatori hisoblanadi. Tushadigan o‘tning bar bir
portsiyasi keyingi o‘t hosil bo‘lishiga imkon beradi. O‘t qondan xolesterin chiqarilishini
idora qiladi. Ichak tonusini oshiradi va qisqarishini kuchaytiradi. O‘t bilan organizmdan
toksinli moddalar chiqariladi. Jigarda o‘t hosil bo‘lishi va uning o‘n ikki barmoq ichakka
chiqishi markaziy nerv sistemasi tomonidan idora qilinadi. Jigarda o‘t yetarlicha hosil
bo‘lmaganda hazm buzilishlari kuzatiladi, uning o‘n ikki barmoq ichakka chiqishi
buzilganda esa o‘t suyuqligi o‘t pufagida dimlanib qoladi. O‘n ikki barmoq ichakka
umumiy o‘t yo‘li va o‘t puiagining Oddi sfmkteri (mushak jomi) orqali tushadi.
O‘t pufagida va yo‘llarida toshlar bo‘lganda, ulardagi yallig‘lanish protsesslarida
Oddi sfinkteri spaslik qisqarishi mumkin va bu o‘ng qovurg‘alar ostida og‘riq va
hazmning buzilishini qo‘zg‘atadi, chunki o‘t ichakka tushmaydi. Og‘riqlarda Oddi
sfinkteri spazmini yo‘qotuvchi M-xolinoblokatorlar va spazmolitiklar (atropin, platifillin,
papaverin), analgeziya qiladigan moddalar (promedol, omnopon) bilan birga tayinlanadi.
O‘t haydovchi dorilar ikki gruppaga: o‘t hosil bo‘lishiga imkon beradigan
(Cholesecretica) va o‘tning o‘n ikki barmoq ichakka chiqarilishiga imkon beradigan
(Cholagoga) moddalarga bo‘linadi. Birinchi gruppaga quruq o‘t va o‘t kislotalari
saqlagan dori moddalar (alloxol,degidroxolat kislota, xolenzim va b.), shuningdek
o‘simliklardan olinadigan preparatlar - xolosas, makkajo‘xori guli, bo‘znoch va qalampir
yalpiz barglari va boshqalar kiradi. O‘t va o‘t kislotalari saqlaydigan preparatlar
o‘rinbosar preparatlar saqlanadi. Yo‘g‘on ichakda so‘rilib, ular o‘t sekretsiyasini
kuchaytiradi. Bunda uning yopishqoqligi kamayadi va oqib chiqishi tezlashadi. O‘simlik
preparatlari ichak shilliq pardasining sezuvchan nerv retseptorlarini o‘zidagi efir moylari,
alifatik moylar, glikozidlar bilan ta’sirlanishi natijasida o‘t haydovchi va spazmolitik
ta’sir qiladi.
Ikkinchi gruppaga spazmolitiklar - papaverin, magniy sulfat, xolinoblokatorlar -
Oddi sfinkterini bo‘shashtiradigan atropin, platifillin kiradi.
O‘t haydaydigan vositalar xoletsistit, xronik gepatil, o‘t-tosh kasalligi, olangitda
qo‘llaniladi, diagnostika maqsadida o‘t chiqaruvchi yo‘llar va оt pufagini tekshirishda
ishlatiladi.
Alloxol
(Allocholum). Tabletkalarda chiqarilib, ular quraq hayvonot o‘ti, qichitqi
o‘tning quruq ekstrakti, aktivlangan ko‘mir, sarimsoq piyozning quruq ekstraktini
saqlaydi.
Hazmni kuchaytiradi, o‘t sekretsiyasini quvvatlaydi, ichakda chirish va bijg‘ish
protsesslarini kamaytiradi. Alloxol ta’siri ostida bemorlarning umumiy axvoli
yaxshilanadi, o‘ng qovurg‘alar ostida og‘riq va dispepsiya hodisalari kamayadi.


Xronik gcpatitlar, xoletsistitlarda qo‘llaniladi. 2 tabletkadan kuniga 3 marta


ovqaidan kcyin ichishga tayinlanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling