Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magniy sulf’at
- Atropin sulfat
Degidroxolat kislota
(Acidum dehydrochloricum). Sin: xologon . Tabletkalarda 0,2 g dan chiqariladi. O‘t kislotalari gruppasiga kiradi, jigarning o‘t hosil qilishini quvvatlaydi, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarini dezinfeksiya qiladi, diurezni kuchaytiradi. Xoletsistit, xolangitlarda qo‘llaniladi. Ichishga bir qabulga 0,25-0,5 g dan tayinlanadi. Oksafenamid (Oxaphenamidum). Sinonimi: Driol. Farmakologik ta’siri. O‘t (safro) hosil bo‘lishi va chiqishini kuchaytiradi. O‘t yo‘llari spazmlarini kamaytiradi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Ishlatiladigan o‘rni. Surunkali xolestistitlar, xolangitlar, o‘t-tosh kasalligi va boshqalarda o‘t haydovchi vosita tariqasida qo‘llaniladi. Ishlalish usuli va dozalari. 15-20 lain davomida ovqatdan oldin 0,25-0,5 g dan kuniga 3 mahal ichiladi, zarur bo‘lsa davo kursi uzaytiriladi va takrorlanadi. Nojo‘ya la’siri. Ba’zida ich surishiga sabab bo‘ladi. Chiqariladigan shakli. 0,25 g li tabletkalar, o‘rovida 50 dona. Saqlash sharllari. Yorug‘ tushmaydigan joyda saqlanadi. Yaroqlilik muddati 4 yil. Xolosas (Cholosasum). Na’matak mevalaridan suvda olinib, quyuqlashtirilgan ckstrakl va qanddan tayyorlangan sharbat. Ishiatilishi. Xoletsistit va gepatitda bir osh qoshiqdan (bolalarga 1z4-1z2 osh qoshiqdan) kuniga 2-3 mahal ichiriladi. Chiqariladigan shakli. Flakonlarda 300 ml dan chiqariladi. Saqlash shartlari. Yorug‘ tushmaydigan, salqin joyda saqlanadi. Yaroqlilik muddati 3 yil. Liv-52 (Liv-52). Bir qancha o‘simliklar shirasi va qaynatmalaridan tayyorlangan omuxta preparat. Farmakologik ta’siri. Jigar funksiyasi izdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi va buni bartaraf etadi, organizm o‘sishini jonlantirib, ishtahani ochadi. Ishladstiladigan o‘rni. Virusli va toksik gepatitlar, jigar sirrozi, surunkali gepatitda jigar funksiyasining buzilishi, bolalarda jigar funksiyasining izdan chiqishi va boshqa jigar kasalliklari. Bu preparat ishtahani ochib, ovqat hazmini ham yaxshilaydi, ichaklarda yel yurishishiga yordam beradi. Ishlatish usuli va dozalari. Ichiladi. Katta yoshli odamlarga 2-3 tabletkadan, bolalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta berib turiladi. Nojo‘ya ta’siri. Yo‘q. fshlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari. Aniqlangan emas. Chiqariladigan shakli. 100 donadan o‘ralgan tabletkalar. Saqlash shartlari. Yorug‘ tushmaydigan, salqin, quruq joyda saqlanadi. Yaroqlilik muddati 3 yil. Hindistondan olinadi. Magniy sulf’at (Magnesii sulfas). Uning o‘t haydovchi ta’siri shu bilan izohlanadiki, o‘n ikki barmoq ichakka lushganda u ichak shiJliq pardasi retseptorlarini ta’sirlantiradi va o‘tning ichakka tushishini reflektor kuchaytiradi. O‘t haydovchi sifatida yarim stakan suvga 30 g dan, duodenal zondlash uchun duodenal zond orqali kiritiladigan 50 ml dan 25 % li eritmasi yoki 100 ml dan 10 % li iliq eritmasi tayinlanadi. Ba’zan magniy sulfatning ertalabki soatlarda nahorga 1-2 osh qoshiqdan 20-25 % li eritmasi tayinlanadi. Atropin sulfat (Atropini sulfas). O‘t yo‘llari va o‘t pufagi silliq muskulaturasini bo‘shashliradi, o‘tning o‘n ikki barmoq ichakka ajralishni engillashtiradi, o‘t pufagining bo‘shalishiga imkon beradi. 0,1 % li eritmasi 1 ml dan parenterai yoki 0,1 % li eritmasi 5-8 tomchidan ichishga xoletsistitlarda, o‘t-tosh kasalliklarida tayinlanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling