Kraxmal kleysterini tayyorlash va kraxmalning yod bilan reaksiyalari


Download 184.87 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi184.87 Kb.
#1244829
Bog'liq
K20.1 Yoldosheva Durdona

Kraxmal kleysterini tayyorlash va kraxmalning yod bilan reaksiyalari

TvChDPU Fizika va Kimyo fakulteti Kimyo 20/1 guruh talabasi Yo’ldosheva Durdonaning Maktabda kimyo laboratoriyasi tashkil etish fanidan tayyorlagan slaydi


Kraxmal. Kraxmal, shuningdek selluloza (keyinroqqa q.) uglerodlarning uchinchi gruppasiga — polisaxaridlarga kiradi.
Bu moddaning molekular massasi aniq topilmagan, lekin uning juda kattaligi ma’lum va har xil namunalarida turlicha boMishi (100000 gacha) mumkin. Shu sababli boshqa polisaxaridlar singari kraxmalning formulasi ham (С6Н |0О5)и tarzida ifodalanadi. Har qaysi polisaxarid uchun n ning qiymati turlicha boladi.
Kraxmal ta’msiz, oq kukun bo'lib, sovuq suvda erimaydi. Qaynoq suvda kleyster hosil qiladi.
Kraxmal tabiatda keng tarqalgan. U turli xil o‘simliklar uchun zaxira oziq ashyo hisoblanadi va ularda kraxmal donachalari holida bo‘ladi. Quyidagi boshoqli o‘simliklar donlarida kraxmal eng ko‘p bo'ladi: guruch (8 6 % gacha), bug‘doy (75% gacha), jo ‘xori (72% gacha), shuningdek kartoshka tugunaklari (24% gacha). Kartoshka tugunaklarida kraxmal donlari hujayra shirasida suzib yuradi, boshoqlilarda esa ular kleykovina deyiladigan oqsil modda vositasida bir-biriga zich yopishgan bo‘ladi. Kraxmal fotosintez mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
Barcha murakkab uglevodorodlar singari kraxmal ham fermentlar ta’sir ettirilganda yoki kislotalar bilan qizdirilganda (vodorod ionlari katalizator b^'lib xizmat qiladi) gidrolizlanadi. Bunda dastlab eruvchan kraxmal, so‘ngra unchalik murakkab bo‘lmaydigan moddalar — dekstrinlar hosil bo‘ladi. Gidrolizning oxirgi mahsuloti glukoza hisoblanadi. Reaksiyaning umumiy tenglamasini shunday ifodalash mumkin:
(C6Hl0O6)„ + «H2O -» « C 6H12O6
Kraxmalning gidrolizlanishi uning muhim kimyoviy xossasidir. Kraxmal „kumush ko‘zgu“ reaksiyasini bermaydi, lekin uning gidrolizlanish mahsulotlari shunday reaksiya beradi. Kraxmal makromolekulalari siklik a-glukozaning ko‘p molekulalaridan tarkib topgan: Shunga asosan kraxmalning hosil bo‘lish jarayonini shunday tasvirlash mumkin:
Kraxmalning eng xarakterli sifat reaksiyasi yod bilan bo‘yalishidir. Bu juda ham sezuvchan reaksiya bo‘lib, yodning eritmadagi konsentratsiyasi 1:500000 ga etsa ham kraxmal bilan ko‘k rang beradi. Yod bilan bo‘yalgan kraxmal (yoki kraxmal kleystri) qizdirilsa, ko‘k rang yo‘qoladi, sovutilganda esa yangidan ko‘k rang hosil bo‘ladi.
(C6H10O5)n + nI2 --- (C6H10O5I2)n

Kraxmal birmuncha oson gidrolizlanadi: H2SO4,t (C6H10O5)n + n H2O ----------- n C6H12O6 kraxmal glukoza Kraxmal gidrolizi sharoitga ko’ra bosqichli sodir bo’lishi mumkin, bunda turli oraliq mahsulotlar hosil bo’ladi: (C6H10O5)n --- (C6H10O5)m ---- x C12H22O11 ---- C12H22O11 kraxmal dekstrinlar maltoza saxaroza


Kraxmal turli-tuman maqsadlarlda ishlatiladi. U odamlar ovqatidagi —non, krupa, kartoshkadagi asosiy uglevod hisoblanadi. Anchagina miqdori qayta ishlanib, qandolatchilikda foydalaniladigan dekstrinlar, patoka va glukozaga aylantiriladi. Kartoshkadagi va boshoqlilar donidagi kraxmaldan etil spirt olinadi. Kraxmaldan yelimlovchi vosita sifatida foydalaniladi. Gazlamalarga pardoz berishda, kiyim-kechakni kraxmallashda ishlatiladi. Tibbiyotda kraxmal asosida malham dorilar, sepki dorilar va b. tayyorlanadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!


Download 184.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling