3-ma’ruza tabiiy yuqori molekulyar (oligo va poli ) birikmalar disaxaridlar


Download 95.51 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi95.51 Kb.
#1626637
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza


3-MA’RUZA
TABIIY YUQORI MOLEKULYAR (OLIGO VA POLI ) BIRIKMALAR
Disaxaridlar
Disaxaridlar –ikkita monosaxaridning kondensasiyalanish mahsuloti.
Tabiiy muhim vakillari: saxaroza, maltoza, laktoza va sellubioza. Ularning hammasi ham bir xil yempirik formulaga yega, ya’ni C12H22O11, shuning uchun ular izomerlar hisoblanadi.
Tuzilishi
1. Disaxaridlar molekulasi bitta monosaxaridning ikkita qoldig’idan yoki ikkita har xil monosaxarid qoldiqlaridan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
2. Monosaxarid qoldiqlari orasida hosil bo’ladigan bog’ ikki tur bo’lishi mumkin:
a) monosaxaridlarning har biridan bittadan poluasetal gidroksillari ishtirok yetadi. Masalan; Saxaroza α-glukoza (olti a’zoli, piranoza shaklida) va β-fruktoza qoldiqlaridan (glukozaning glikozid gidroksili hisobiga bog’langan ) iborat:

b) Bitta monosaxaridning poluasetal gidroksili bilan ikkinchi monosaxaridning spirt gidroksili orasida bog’ hosil bo’ladi.
Masalan; maltoza, laktoza va sellobioza molekulalarining hosil bo’lishi.
Maltoza molekulasi 2 ta (piranoza shaklidagi) α-glukoza (bir-biri bilan 1- va 4-uglerod atomlari orqali bog’langan) qoldiqlaridan, sellobioza 2 ta β-glukoza qoldiqlaridan, laktoza yesa piranoza shaklidagi β-galaktoza va β-glukoza (1- va 4-uglerod atomlari orqali bog’langan) qoldiqlaridan tashkil topgan:






Tabiatda tarqalishi
Yeng ko’p tarqalgan disaxarid-saxarozadir. Inson ozuqasining asosiy manbai saxarozadir. Oq qand bu saxarozadir.
Sutning tarkibida 2% dan 8% gacha laktoza bo’ladi. U sut zardobidan olinadi. Maltoza yesa boshoqli g’alla o’simliklarining unib chiqqan urug’larida bo’ladi. Shuningdek u kraxmalning fermentativ gidrolizlanishidan ham hosil bo’ladi.

Download 95.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling