3-ma’ruza tabiiy yuqori molekulyar (oligo va poli ) birikmalar disaxaridlar


Download 95.51 Kb.
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi95.51 Kb.
#1626637
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza

NUKLEIN KISLOTALAR
Nuklein kislotalar-monomer zvenosi mononukleotiddan tarkib topgan tabiiy yuqori molekulyar birikmalar.
Nuklein kislotalar polinukleotidlar hisoblanadi. Nuklein kislotalarni birinchi marta F. Misher 1868 yilda hujayra yadrosidan ajratib olgan. Nuklein kislotalarning nisbiy molekulyar massasi 104 dan 1010 gacha bo’ladi.
Nuklein kislotalar to’liq gidrolizlanganda pirimidin va purin asoslari, monosaxaridlar (riboza yoki dezoksiriboza) va fosfat kislota hosil bo’ladi.
Agar nukleotiddan fosfat kislota ajralib chiqsa, nuklein asoslari va monosaxariddan iborat nukleozid (N glikozid) hosil bo’ladi. Ribonuklein kislotalar (RNK) tarkibiga riboza, dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) tarkibiga dezoksiriboza kiradi. Glikozid bog’i riboza (yoki dezoksiriboza)dagi anomer C-1 uglerod atomi bilan pirimidin asoslaridagi N-1 va purin asoslaridagi N-9 atomlari orasida hosil bo’ladi. Bunda har doim β-glikozid bog’i hosil bo’ladi. Nuklein kislotalar tarkibiga pirimidin asoslari keto-shaklda kiradi.
Nukleotidlar tarkibiga kiruvchi uglevodlar 5 ta uglerod atomini (pentozalar) saqlaydi. Bu β-riboza C5H10O5 va β-dezoksiriboza C5H10O4 larning siklik shakllari:

β-dezoksiriboza β-ribozaga nisbatan bitta vodorod atomini kam saqlaydi.
Nuklein kislotalar ko’p asosli kislotalar hisoblanadi, chunki ularning molekulasi tarkibida ortofosfat kislota (H3PO4) qoldiqlari bor.
1) Nuklein kislotalar fosfat kislota qoldig’i hisobiga kislotali xossalarni namoyon qiladi. Shuning uchun ular asosli oksidlar, asoslar va natriy gidrokarbonat bilan reaksiyaga kirishadi:
RH2PO4 + Ag2O = RAg2PO4 + H2O
RH2PO4 + 2NaHCO3 = RNa2PO4 + 2CO2 + H2O
2) Nukleotidlar (nuklein kislotalar) ishqoriy va kislotali muhitlarda gidrolizlanadilar. Ishqoriy muhitda qisman (chala) gidrolizlanadi. Ya’ni gidroliz natijasida fosfat kislota qoldig’i va nukleozidlar hosil bo’ladi:
RH2PO4 + 3NaOH → Na3PO4 + ROH (nukleozid) + 2H2O
Kislotali muhitda yesa quyidagi sxema bo’yicha to’liq gidrolizlanadi:
Nukleotid + 2H2O H3PO4 + monosaxarid + azotli asos

Download 95.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling