3-ma’ruza tabiiy yuqori molekulyar (oligo va poli ) birikmalar disaxaridlar


Download 95.51 Kb.
bet9/9
Sana19.06.2023
Hajmi95.51 Kb.
#1626637
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza

Adenin
Adenin

Riboza
Dezoksiriboza

Adenozin
Dezoksiadenozin

Adenozin-5-fosfat


Dezoksiadenozin-5-fosfat

5-Adenil kislota
5-Dezoksiadenil kislota

AMF


dAMF

Guanin


Guanin

Riboza


Dezoksiriboza

Guanozin


Dezoksiguanozin

Guanozin-5-fosfat
Dezokigunozin-5-fosfat

5--Guanil kislota
5-Dezoksiguanil kislota

GMF
dGMF

Sitozin


Sitozin

Riboza


Dezoksiriboza

Sitidin


Dezoksisitidin

Sitidin-5-fosfat
Dezoksisitin-5-fosfat

5-Sitidil kislota
5-Dezoksisitidil kislota

SMF
dSMF

Timin


Urasil

Dezoksiriboza


Riboza

Timidin


Uridin

Timidin-5-fosfat
Uridin-5-fosfat

5-Timidil kislota
5-Uridil kislota



dTMF


UMF

* Agar nukleozidning yeterifikasiyasida uglevod qoldig’ining 3-uglerod atomi ishtirok yesa, nukleotid nomidagi “5” “3” ga almashadi.
Ye’tibor bering! Purinli nukleozidlarni nomlashda –ozin, pirimidinli nukleotidlarni nomlashda –idin qo’shimchasi qo’shiladi. Nukleotidlarning nomlanishida 5I sifri (raqami) fosfat kislota qoldig’i pentozaning 5-uglerod atomi bilan bog’langanligini ko’rsatadi (pentozalardagi uglerod atomlari shtrix bilan, geterosiklik azotli asoslarda shtrixsiz belgilanadi).
Nuklein kislotalar 2 xil bo’ladi:




Dezoksiribonuklein kislota (DNK)

Ribonuklein kislota (RNK)

Tuzilishidagi farqlar

1. dezoksiriboza qoldig’ini saqlaydi

1. riboza qoldig’ini saqlaydi

2. Azot asoslari: (A, G, C, T) qoldig’ini saqlaydi

2. Azot asoslari (A, G, C, U) qoldig’ini saqlaydi

3. ikki zanjirli molekulalardan tuzilgan

3. Ko’p hollarda bir zanjirli molekulalardan tuzilgan

Tirik organizmlardagi roli

o’zida genetik informasiya saqlaydi va keyingi avlodga o’tkazadi

Genetik informasiyani nusxalaydi, oqsillar sintezida ishtirok yetadi

Nuklein kislotalar oqsillar kabi birlamchi tuzilishli (ya’ni nukleoitd zanjirida nukleozid qoldiqlari aniq ketma-ketlikda) va uch o’lchamli (fazoviy) tuzilishli bo’ladi.
DNK molekulalarining fazoviy (uch o’lchamli) tuzilishi (DNK ning ikkilamchi tuzilishi)
DNK molekulasining fazoviy tuzilishini 1953-yilda ingliz olimlari D. Uoson va F. Kriklar taklif qilganlar. Bunga ko’ra DNK molekulasi ikkita spiralsimon buralgan uzun polidezoksiribonukleotid zanjirlaridan iborat:

DNK ning qo’sh spirali DNK qo’sh spiralining reduplikasiyasi
Har ikkala zanjirning geterohalqali asoslari spiralning ichki qismida joylashgan bo’lib, ular vodorod bog’lanishlar yordamida bir spiralni ikkinchi spiral oldida ushlab turadi. Vodorod bog’lanish ma’lum (muayyan) asoslar orasida hosil bo’ladi: A = T yoki A = U (2 ta vodorod bog’lanish bilan bog’langan); G ≡ C (uchta vodorod bog’lanish bilan bog’langan)lar orasida hosil bo’lib, bu asoslar jufti komplementar (bir-birini to’ldirib turuvchi) juftlar deyiladi:



Nuklein kislotalarning biologik ahamiyati
DNK-tirik organizmlarda asosiy molekula bo’lib hisoblanadi. U genetik informasiyani o’zida saqlaydi va avloddan-avlodga yetkazib beradi. DNK molekulalarida organizmdagi barcha oqsillar tarkibi kodlangan holda yozilgan bo’ladi. Oqsil tarkibiga kiruvchi har bir aminokislota DNK dagi o’zining kodiga mos keladi. DNK genetik informasiyalarning barchasini o’zida saqlaydi ammo oqsillar sintezida bevosita ishtirok yetmaydi. Oqsil sintezi va DNK o’rtasida vositachi vazifasini RNK bajaradi. Genetik informasiya asosida oqsil sintezi jarayonini sxematik ravishda 2 bosqichga bo’lish mumkin: 1) informasiyaning o’qilishi (transkripsiya) va 2) oqsil sintezi (translasiya):
DNK RNK Oqsil
Hujayra tarkibiga turli xil funksiyalarni bajaruvchi 3 xil turdagi RNK lar kiradi.

  1. Informasion yoki matrisali RNK (mRNK) bo’lib ular genetik informasiyani xromosoma tarkibidagi DNK dan o’qib ribosomalarga yetkazib beradi, ribosomalarda yesa ma’lum ketma-ketlikdagi aminokislotalardan iborat oqsil sintez qilinadi.

  2. Transport ya’ni tashuvchi RNK (tRNK) bo’lib, ular aminokislotalarni ribosomalarga tashib beradi, u yerda yesa aminokislotalar bir-birlari bilan peptid bog’lari orqali bog’lanib, ma’lum ketma-ketlikdagi birikmalarni hosil qiladi.

  3. Ribosoma RNK (rRNK) lar ribosomalarda oqsil sintez bo’lishida bevosita ishtirok yetadi.

RNK ning barcha turlari DNK ning qo’sh spiralida sintez qilinadi.
Download 95.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling