3-ma’ruza tabiiy yuqori molekulyar (oligo va poli ) birikmalar disaxaridlar


Odam va hayvon organizmida kraxmalning o’zgarishi


Download 95.51 Kb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi95.51 Kb.
#1626637
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza

Odam va hayvon organizmida kraxmalning o’zgarishi

Sellyuloza
O’simlik hujayrasining asosiy tarkibiy qismi, o’simliklarda (yog’ochlik qismining 60% igacha) sintez qilinadi. Paxta va qog’ozda 90% gacha selluloza bo’ladi.
Toza selluloza-oq tolasimon modda, hidsiz va ta’msiz, suvda va organik yerituvchilarda yerimaydi. U faqatgina Shveysar reaktivida (mis (II) gidroksidining konsentrlangan ammiakli yeritmasida) yeriydi.
sellyuloza molekulasi-β-1,4-glikozid bog’lari hisobiga bog’langan β-glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan uzun zanjirdan iborat chiziqli tuzilishli molekula.
Kraxmal va sellulozalarning xossalari va tuzilishi orasidagi farqlar:
1. Kraxmal α-glukoza qoldiqlaridan, selluloza yesa β-glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan;
2. Kraxmal bir necha minglab glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan (Mr = 1 mln gacha);
sellyuloza 40 minggacha glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan (Mr = 20 mln gacha);
3. Kraxmal α-1,4 va α-1,6-glikozid bog’laridan, selluloza β-1,4-glikozid bog’laridan hosil bo’lgan;
4. Kraxmal ham chiziqli ham tarmoqlangan tuzilishga, selluloza yesa faqat chiziqli tuzilishga yega;
5. Kraxmal makromolekulasi zich (tig’iz) shaklga yega bo’lib, ular orasida deyarli vodorod bog’lanish hosil bo’lmaydi.
sellyulozada molekulalar orasida kuchli (mustahkam) vodorod bog’lanish hosil bo’ladi. Shuning uchun selluloza kraxmal kabi suvda, spirtlarda , yefirlarda yerimaydi va bo’kmaydi.
6. Kraxmal inson va hayvon organizmlarida ozuqa mahsuloti vazifasini o’taydi. sellyuloza yesa oziqlik vazifasini bajarmaydi.
Sellyulozaning kimyoviy xossalari
1. Gidrolizlanishi. Mineral kislotalar ishtirokida uzoq vaqt qizdirilganda yoki fermentlar ta’sirida selluloza bosqichma-bosqich gidrolizlanadi:

2. Murakkab yefirlarning hosil bo’lishi. sellyulozaning har bir tuzilish zvenosi (tarkibiy qismi, bo’g’ini) uchtadan yerkin gidroksil guruh saqlaydi: [C6H7O2(OH)3]n.
Shuning uchun selluloza ko’p atomli spirtlarga xos reaksiyalarga kirishadi:

Reaksiya natijasida mono-, di-, trinitratlar hosil bo’ladi.



Download 95.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling