3-ma’ruza tabiiy yuqori molekulyar (oligo va poli ) birikmalar disaxaridlar


Download 95.51 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi95.51 Kb.
#1626637
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza

Polisaxaridlar
Polisaxaridlar-yuqori molekulyar shakar (qand)ga o’xshamaydigan uglevodlar bo’lib, tarkibida o’ntadan to yuz mingtagacha monosaxaridlar (odatda geksozalar) qoldiqlarini saqlagan, glikozid bog’lar orqali bog’langan birikmalardir.
Muhim tabiiy vakillari: kraxmal, glikogen va selluloza. Bular tabiiy polimerlar (yuqori molekulyar birikmalar) bo’lib, ularning monomerlari glukozalardir. Ularning umumiy yempirik formulasi (C6H10O5)n.
Kraxmal
Issiq suvda kolloid yeritma hosil qiladigan, sovuq suvda yerimaydigan, hidsiz, ta’msiz oq rangli amorf kukun. Kraxmal molekulasi α-D-glukopiranoza (α-glukoza) qoldiqlaridan tashkil topgan bo’lib, u bir jinsli modda yemas. Kraxmal: amiloza va amilopektin fraksiyadan tashkil topgan:

Shuning uchun kraxmal ham chiziqli, ham tarmoqlangan tuzilishga yega. Amiloza va amilopektin miqdorlari orasidagi nisbat turli o’simliklarda turlicha bo’lib, o’rtacha amiloza 20-30%, amilopektin 70-80% ni tashkil yetadi.


Amiloza
Amiloza molekulasi-juda uzun, tarmoqlanmagan (chiziqli) zanjirli polimer bo’lib, α-glukoza qoldiqlari (bir-biri bilan 1- va 4-uglerod atomlarining birikishidan hosil bo’lgan) dan iborat: Amilozaning o’rtacha molekulyar massasi 600 dan 500 minggacha oraliqda bo’ladi. Amiloza suvda yeriydi.
Amilopektin
Amilopektin molekulasi amiloza molekulasidan farq qilib kuchli tarmoqlangan. Amilopektin suvda yerimaydi.
Amilopektin molekulasida (bir-biri bilan nafaqat 1,4-bog’lar bilan balki, 1,6-bog’lar bilan ham bog’langan) glukoza qoldiqlari soni ko’proq bo’lib, uning o’rtacha molekulyar massasi 100 mingdan 1 mln gacha bo’ladi. Amilopektin yod bilan binafsha rang beradi.
Kraxmal qandolatchilik (konditer) da, yetil spirti, n-butil spirti, aseton, limon kislota, gliserin va boshqalar ishlab chiqarishda muhim xom-ashyo hisoblanadi. Tibbiyotda to’ldirgich (maz va sepiladigan dorilar ishlab chiqarishda), yelimlovchi modda sifatida ishlatiladi.

Download 95.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling