Vatanpavarlik - Vatanparvarlik tantanavor xitoblar va umumiy gaplardan iborat emas, balki u vatanga qizgin muhabbat hissi bilan ortiqcha dabdabalarsiz o‘z fikrini bildirish, faqat ezgulikda hayratlanmay, balki muqarrar har qaerda, har qanday vatanda ham bo‘ladigan yovuzlikni jinidan battar yomon ko‘rish demakdir.
- Vatanparvarlik — nomusli va nazokatli tuyg‘udir... Muqaddas so‘zlarni ehtiyot qil, vatanga muhabbat xususida duch kelgan joyda og‘iz ko‘pirtirma. Yaxshisi — uning farovonligi va qudrati yo‘lida indamaygina mehnat qil.
- Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.
Bizning Vatanimiz - –O’zbekiston. O’zbekiston O’rta Osiyoning bir qismidir. O’rta Osiy esa Markaziy Osiyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. O’rta Osiyoda tog’lar , cho’llar,daryolar juda ko’p.U o’simlik dunyosiga ham boydir.Markaziy Osiyoning iqlimi cho’l iqlimi bo’lib , bu yerda doim qattiq shamollar esib turadi. Ular ko’pdan-ko’p qum va to’g’lardan to’zonlarni uchirib,chang bo’ronlar tarzida hamma yoqqa tarqatadi.Bo’ronlar paytida butun-butun karvonlar o’z soqchilari bilan yo’q bo’lib ketar ,stansiyalar vayron bo’lar,quduqlar toshga to’lardi.
- Vatan tuyg’usi insonga ona allasi, bobolar o’giti, ota ibrati, oila tarbiyasi, ustoz-murabbiylar ta’limi bilan singadi. Kishi bu tuyg’u vositasida o’z atrofidagi odamlarni, narsa-hodisalar mohiyatini bilishga intiladi. Vatan tuyg’usi og’ir damlarda kishiga kuch-quvvat beradi, o’z xalqini sharaflashga, ajdodlar an’anasiga sodiq bo’lishga davat etadi. Oddiy fuqarolar ham qaysidir ma’noda chet davlatga bormoqchi bo’lsa, o’zi bilan birga Vatanini eslatib turadigan biror-bir narsani olib oladi. Qadimda bayroq, gerb, madhiya kabi davlat ramzlari bo’lmagan. Shuning uchun ota-bobolarimiz uzoq o’lkalarga ketayotganlarida bir siqim yurt tuprog’ini rumolchaga tugib olganlar. Ana shu tuproq orqali Vatanning hidini tuyganlar.
- Vatan – inson uchun bebaho boylik. Vataning borligi odamda ulkan gurur-iftixor baxsh etadi. Chunki insonning eng pokiza va muqaddas tuygulari o’zi tug’ilgan, voyaga yetgan zamin – Vatani bog’rida uyg’onadi, kamolga yetadi. Kishi qadrdon yurtida o’zini ozod va erkin his qiladi. Vatan haqida gapirish, Vatan haqida fikr yuritish ham sharafli, ham mas’uliyatlidir. Chunki Vatanni eslar ekanmiz, odam o’zini buyuk bir mamlakatga, buyuk bir xalqga, buyuk bir tarix va buyuk bir kelajakka daxldor ekanini anglaydi. Bundan qalbi quvonchga, faxru-g’ururga to’ladi. Ayni paytda ana shu buyuk mamlakat, ana shu paytda ana shu buyuk mamlakat, ana shu buyuk xalq, ana shu buyuk tarix va kelajakka munosib bo’lish sharti ham borki, bu – yuksak mas’uliyatdir.
Vatan - Arabcha vatan-ona yurt – kishilarning yashab turgan joyi, hududi, ijtimoiy muhitu-mamlakatidir. Vatan bir-birini taqoza etuvchi tashqi muhit va ichki kuch kechinmalar hamda tushuncha hamda tushunchalarni o’z ichiga oladi. Vatanning o’zi qanchalik bebaho bo’lsa, uni anglash tuyg’usi, uning mehr-muhabbati ham shunchalik bebahodir. Vatan tuyg’usi-insonning doyimiy ehtiyoji, abadiy hamrohidir. Bu tuyg’u qanchalik mukammal bo’lsa, inson shunchalik barkamil bo’lib ulg’ayadi.
Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov - “Vatan tuyg’usi, vatan tushunchasi biz uchun sajdsgohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug’ bo’lmag’i kerak”- deb ta’kidlagan. O’z Vatanini bilgan odam o’zga yurtlarni, butun dunyoni bilgisi keladi. Chunki u o’z yurtini yagona olamning ajralmas bir bo’lagi deb tushunadi. Vatanni bilish-dunyoni bilish, o’zlikni anglash, har bir insonning butun bashariyat bilan qnchalik bog’liq, alogador ekanini tushinish yo’li hamdir.
Aynan shuning uchun ham ajdodlarimiz qadimdan yetti pushti – yetti ota-bobosini bilishni bilishni farz deb hisoblaganlar. “Vatan tuygusi” yuksak fazilatlarni, avvala vatanparvarlik asoslarini shakllantirishga xizmat qiladi. - Aynan shuning uchun ham ajdodlarimiz qadimdan yetti pushti – yetti ota-bobosini bilishni bilishni farz deb hisoblaganlar. “Vatan tuygusi” yuksak fazilatlarni, avvala vatanparvarlik asoslarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Vatanparvarlik asoslari esa ikki qisimdan tashkil topadi: - Birinchisi – ona yurt bilan bog’liq his-tuyg’ular, ikkinchi – Vatan haqidagi bilim va tushinchalardir. Vatan so’zi qanchalik muqaddas bo’lsa, vatandosh, degan soz ham shunchalik sharaflidir. Xalqimiz qadimda tug’ilgan joyni ota makon deb atagan. Inson qayerda yashamasin, ota makonini unutmaydi. Chunki Vatanga bo’lgan muhabbat asli ana shu joydan boshlanadi. Vatan, avvalo, aniq bir joy, yani nomi, davlat, xalqi, yeri va osmoni, tabiyati, tarixan shakllangan chegaralari, timsollariga ega bo’lgan ma’lum bir hudud, ya’ni mamlakatdir
Bizning yurtimizning – ko’pmillatli O’zbekiston xalqidir. Vatan tudhinchasi aniq joy bilan bog’liq bo’lgani uchun uning hududida o’ziga xos qadriyatlar, betakror ma’naviyat egasi bo’lgan xalq shakllanadi. Vatan shu xalqning mehnati, yaratuvchilik salohiyati tufayli rivojlanadi. Bizning buyuk ajdodlarimiz ham doimo Vatanga muhabbat tuygusi bilan yashgan - Bizning yurtimizning – ko’pmillatli O’zbekiston xalqidir. Vatan tudhinchasi aniq joy bilan bog’liq bo’lgani uchun uning hududida o’ziga xos qadriyatlar, betakror ma’naviyat egasi bo’lgan xalq shakllanadi. Vatan shu xalqning mehnati, yaratuvchilik salohiyati tufayli rivojlanadi. Bizning buyuk ajdodlarimiz ham doimo Vatanga muhabbat tuygusi bilan yashgan
Milliy g’urur-iftixorimiz bo’lgan To’maris, Dhiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Amir Temur, Bobur Mirzo kabi vatanparvar ajdodlarimizning qohramonliklari zamirida ana shu tuyg’u mujassam!
Do'stlaringiz bilan baham: |